• Tayanch so„z va iboralar
  • Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi
  •   2-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
     


    16 
    2-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik 
    Reja: 
    1.Tilshunoslik va falsafa. Tilshunoslikda falsafa kategoriyalarining 
    voqelanishi.
    2.Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi va 
    vazifalari. 
    Tayanch so„z va iboralar: bilish, falsafa, nazariy falsafa, 
    I.Kant, falsafiy yo‟nalish, tadqiqot metodologiyasi, Vilgelm Gumboldt, 
    Gegel, kognitiv tilshunoslik.  
    1.Tilshunoslik 
    va 
    falsafa. 
    Tilshunoslikda 
    falsafa 
    kategoriyalarining voqelanishi. Ijtimoiy fanlar tarkibiga falsafa, 
    mantiq, iqtisodiy nazariya, pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyot kabi 
    bir qancha fanlar kiradi.Tilshunoslik ham ijtimoiy fanlar sistemasiga 
    mansub bo‗lib, bu sistema tarkibidagi barcha fanlar bilan muayyan 
    munosabatdadir. Shuningdek, tilshunoslik falsafa fani bilan uzviy 
    bog‗liqdir. Chunki falsafa insonning o‗z mohiyatini anglashi, borliqning 
    turli sohalariga oid hodisa va voqealar haqida ularning tub mohiyatini 
    ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demak. Falsafiy tafakkur 
    olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‗zaro bog‗liqlikda 
    va rivojlanishda o‗rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to‗laroq 
    bilishdir. Falsafaning markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi. 
    Til ham borliqdagi kishilarning aloqa vositasi sifatida inson bilimiga 
    beriladi. Shunday ekan, har qanday fan, jumladan, tilshunoslik ham 
    falsafa bilan uzviy bog‗lanadi.
    ―Falsafa‖ atamasi qadimgi yunon tilidagi ―filosofiya‖ sozidan 
    olingan bolib lugaviy ma‘noda ―donishmandlikni sevish” (―phileo‖- 
    sevaman, ―sopia” - donolik) degan mazmunni anglatadi. Bu so‗z dastlab 
    taxminan eramizdan oldingi VI asrda yashagan taniqli matematik olim 
    Pifagor tomonidan ishlatilgan va Yevropa madaniyatiga qadimgi yunon 
    faylasufi Aflotun (mil.avv.427-347 y.) asarlari orqali kirib kelgan. Abu 
    Nasr Forobiy ―Falsafaning ma‘nosi va kelib chiqishi haqida‖ nomli 
    asarida ―falsafa‖ atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. 


    17 
    Demak, ―falsafa‖ va ―filosofiya‖ atamalari bir xil ma‘noga ega bo‗lib, 
    uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Ular barcha ilm-
    amal sohalarini filosofiya deb atashgan va ―barcha fanlarning otasi‖ 
    sifatida e‘tirof etishgan.
    Tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib 
    chiqqan. Biroq barcha fanlar kabi tilshunoslik uchun ham u yoki bu 
    falsafiy yo‗nalish tadqiqot metodologiyasi bo‗lib xizmat qiladi. 
    Tilshunosning o‗z tadqiqoti yuzasidan qanday xulosaga kelishi, ilmiy 
    haqiqatni qay darajada obyektiv ochib berishi uning qanday falsafiy 
    yo‗nalishga asoslanishiga bog‗liq. Shuning uchun har bir tilshunos 
    muayyan falsafiy yo‗nalishga asoslanmog‗i lozim. 
    Masalan, G‗arbiy Yevropada umumiy tilshunoslikning otasi 
    hisoblanuvchi Vilgelm Gumboldt tadqiqotlari uchun I.Kant va Gegel 
    falsafasi metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. Mashhur nemis faylasufi 
    A.Gegelning ―Ruh fenomenologiyasi‖ asarida bayon qilingan mutloq 
    ruh haqidagi g‗oyasi ham V.Gumboldtga katta ta‘sir qildi. Gegelning 
    fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo‗lgan va bu ayniyat 
    dunyoning substansional (zotiy) asosini tashkil etgan. Tafakkur faqat 
    subyektiv inson faoliyatigina emas, balki obyektiv mohiyat, barcha 
    mavjudotning birlamchi manbai bo‗lgan. Tafakkur modda, tabiat holida 
    o‗zini ―begonalashtiradi‖, ―absolyut g‗oya‖ning oliy taraqqiyot bosqichi 
    ―absolyut ruh‖, ya‘ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi. Gegelning bu 
    g‗oyasi ta‘sirida V.Gumboldt tilning ―xalq ruhi‖ deb ifodalaydi.
    O‗zbek tilshunosligida qanday ta‘limot metodologik asos qilib 
    olingan? Bu savolga olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltiramiz: 
    ―Istiqlol qo‗lga kiritilgandan so‗ng milliy madaniyatimiz, milliy 
    an‘analarimiz, boy ma‘naviyatimizni tiklashga jiddiy e‘tibor berila 
    boshlandi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqotlarning kompasi vazifasini 
    bajaruvchi metodologik asosni ham qayta ko‗rib chiqish payti keldi. 
    Bizning mafkuramiz fikrlar xilma-xilligi, erkin fikrlashga keng yo‗l 
    ochgan mamlakatimiz istiqloliga xizmat qiladigan g‗oyalar tizimidan 
    iborat bo‗lishi kerak. Chunki fikrlar xilma-xilligi rivojlanish asosidir. 
    Shuning uchun birorta falsafiy sistema bizning yagona mafkuramiz 
    manbai bo‗lolmaydi. Ajdodlarimiz uchun ulkan kashfiyotlar qilish 


    18 
    imkoniyatini yaratib bergan va G‗arb fanining ravnaqi uchun ham jiddiy 
    ta‘sir ko‗rsatgan metodologiyani tiklash va undan o‗rinli foydalanish 
    payti keldi. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy 
    qo‗llagan tadqiqot metodologiyasi bilan Ovrupo olimlari tayangan 
    falsafiy asoslarning eng yaxshi jihatlaridan ijodiy foydalanish lozim‖.
    7
    Ularning umumiy jihatlari quyidagilar: 
    1) obyektga substansional (zotiy) yondashuv. Bunda umumiylik-
    xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasini hisobga 
    olish; 
    2) obyektning ziddiyatli tabiatini ochish. Har qaysi tadqiqot obyekti 
    ichki ziddiyatlardan iboratligini, ana shu ziddiyatlar obyektning uzluksiz 
    rivojlanishi asosi ekanini ko‗rsatish; 
    3) obyektning sistemaviy xususiyatini yoritish. Buning uchun har 
    qaysi obyekt muayyan katta butunlikning uzviy bir bo‗lagi ekani, ayni 
    paytda, u muayyan ichki unsurlarning o‗zaro munosabatidan tashkil 
    topgan yaxlitlik ekanini namoyon qilish; 
    4) shakl va mazmun dialektikasini e‘tiborga olish. Ularning o‗zaro 
    munosabatini yoritish; 
    5) teng qimmatli elementlar o‗rtasida va turli qimmatli birliklar 
    (butun bilan bo‗lak, tur bilan jins) o‗rtasidagi munosabat turlarini 
    yoritish va h.k. 
    2. Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi 

    Download 1,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      2-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish