• 1.“Madaniyat” tushunchasi. Madaniyat va inson.
  • -mavzu:Tilshunoslik va madaniyatshunoslik. Lingvokulturologiya




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
    6-mavzu:Tilshunoslik va madaniyatshunoslik. Lingvokulturologiya 
    Reja: 
    1. ―Madaniyat‖ tushunchasi. Jamiyat, madaniyat va inson.
    2.Til va milliy madaniyat mushtarakligi.
    3.Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fan 
    sifatida. 
    Tayanch so„z va iboralar: til, madaniyat, inson, jamiyat, tamaddun, 
    madaniyatlilik, olamning lisoniy manzarasi, muqobilsiz leksika va 
    lakunalar, mifologiyalashtirilgan til birliklari, maqol va matallar,
    frazeologik birliklar, o„xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metafora va 
    obrazlar, nutqiy muomala madaniyati
    1.“Madaniyat” tushunchasi. Madaniyat va inson.  Madaniyat –
    jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining 
    muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, 
    shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boyliklarda 
    ifodalanadi. ―Madaniyat‖ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik 
    madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‗zbek madaniyati), 
    shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‗ziga xos sohalari 
    (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni 
    izohlash uchun qo‗llaniladi. Tor ma‘noda ―madaniyat‖ termini 
    kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. 


    40 
    ―Madaniyat‖ arabcha madina (shahar) so‗zidan kelib chiqqan. 
    Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush
    ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‗chmanchi
    holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda
    o‗troq holda yashab, o‗ziga xos turmush tarziga ega bo‗lgan xalqlarga 
    nisbatan ishlatilgan.
    35
    ―Madaniyat‖ (arabcha ―madaniyat‖ – madinalik, shaharlik; ta‘lim-
    tarbiya ko‗rganlik) so‗zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi – Madina 
    shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta‘lim-tarbiyani 
    asosan Madinada olganlar.
    36
    O‗zbek tilida madaniyat so‗zi (arab. – sivilizatsiya) quyidagi 
    ma‘nolarda qo‗llaniladi: 1) jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, 
    ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida qo‗lga kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy 
    guruh, sinf yoki alqning ma‘lum davrda qo‗lga kiritgan shunday 
    yutuqlari; 3) o‗qimishlilik, ta‘lim-tarbiya ko‗rganlik, ziyolilik, ma‘rifat; 
    4) madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit; 5) qishloq 
    xo‗jaligida o‗simlik yoki ekin turlarini o‗stirish, yetishtirish. 
    37
    Yevropada ―madaniyat‖ deyilganda, dastlab insonning tabiatga 
    ko‗rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-
    tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash; 
    tarbiya, rivojlanish, hurmatlash, ehtirom; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi 
    ham shundan olingan).
    XVIII asrdan e‘tiboran kultura so‗zi bilan insonning faoliyati, 
    uning aniq bir maqsadga yo‗nalgan fikrlashi tufayli yuzaga kelgan 
    barcha narsalar tushunila boshlangan. Biroq mazkur so‗z dastlab 
    ―insonni tabiatga ta‘siri, inson manfaatlari yo‗lida tabiatni o‗zgartirish, 
    ya‘ni yerni ishlash‖ ma‘nosida qo‗llanilgan. Kultura – ijtimoiy-
    gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi. 
    Mazkur so‗z XVIII asrning ikkinchi yarmi (―Ma‘rifat asri‖)dan boshlab 
    ilmiy termin sifatida iste‘molga kirgan.
    38
    Madaniyat faqat mavjud 
    35
    Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 5-жилд. –T.: ЎзМЭ, 2003. – Б. 372-373.
    36
    Абдуллаев М., Абдуллаева М., Абдураззоқова Г. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. –Т.: Шарқ, 
    1998. –Б.104. 
    37
    Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II. – Т.: ЎзМЭ, 2006. – Б. 521.
    38
    Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М., 
    2001. –С.12.


    41 
    me‘yor va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, 
    balki ularga rioya qilish istagini rag‗batlantirishni ham o‗z ichiga olgan. 
    Demak, madaniyat biologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir. 
    Madaniyat moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va 
    o‗zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta‘lim, tarbiya, 
    ijod, ilm-fan, xizmat ko‗rsatish, turmush tarzi kabilar bilan bog‗liq keng 
    qamrovli voqeadir. Shuning uchun u jamiyat bilan birga rivojlanadi, 
    jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Jamiyatdan tashqarida 
    madaniyat yo‗q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‗zgarish 
    madaniyatga ta‘sir ko‗rsatadi va u bu munosabatlarning qanday 
    natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat 
    o‗tmish yoki bugunga, balki kelajakka munosabatdir.
    Madaniyat inson faoliyatining ham 
    mahsuli, ham 
    sifat 
    ko‗rsatkichidir. Shu bilan birga insonning o‗zi ham, pirovard natijada 
    madaniyat mahsulidir. Hatto, aytish mumkinki, madaniy muhit qanday 
    bo‗lsa, inson ham shunday shakllanadi.
    Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalqdir. Xalq madaniyatida 
    avlodlar yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar jamlangan. Ularni 
    o‗zlashtirmay, bilmay turib madaniyatli kishi bo‗lib yetishish qiyin. 
    Shuning uchun barkamol insonni shakllantirishda madaniyatning o‗rni 
    katta.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu:Tilshunoslik va madaniyatshunoslik. Lingvokulturologiya

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish