10-mavzu: Tilshunoslik va logopediya
Reja:
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi,
vazifalari.
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari.
4. Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda
ajratiladigan nutq buzilishlarining turlari. Psixologik-pedagogik tasnif.
Tayanch
tushunchalar:
logopediya,
sistemalilik,
komplekslilik,
rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik
tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili
(etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va
tuzilishini hisobga olish.
66
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi,
vazifalari. Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta‘lim va
tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‗rganish, tuzatish va oldini olish
haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining
sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‗rganadi.
Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‗shadilar. Ushbu
mavzuni shakllantirishda pedagogika oliy bilimgohi ―Defektologiya‖
ixtisosligi talabalari uchun mo‗ljallangan ―Logopediya‖ o‗quv
qo‗llanmasidan foydalanildi.
53
―Logopediya‖ termini grekcha logos (so‗z, nutq), peydeo
(tarbiyalayman, o‗qitaman) so‗zlardan tashkil topgan bo‗lib, tarjimada
to‗g‗ri ―nutqni tarbiyalash‖ ma‘nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya
nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o‗qitish
va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‗rganish obyekti –
nutq nuqsoniga ega bo‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq
normasidan biroz bo‗lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb
hisoblanadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‗rsatish
mumkin:
1. Nutq
buzilishining
turli
shakllarida
nutq
faoliyatining
ontogenezini o‗rganish.
2. Nutq
buzilishlarining
keng
tarqalganligi,
alomatlari
va
darajalarini aniqlash.
3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‗z-o‗zidan va biror
maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, nutqiy
zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli
ko‗rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o‗zlarini tutishlariga
ta‘sirini aniqlash.
4. Rivojlanishida turli xil farqlar bo‗lgan bolalarda (eshitish,
ko‗rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining
53
Филичева Т.Б., Волкова Л.С., Чиркина Г.В., Мўминова Л.Р., Аюпова М.Ю. Логопедия. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1993. –Б.5-13; 28-34; 46-49.
67
buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari
xususiyatini o‗rganish.
5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari,
tuzilishi va alomatlarini aniqlash.
6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab
chiqish.
7. Nutq buzilishlarini tartibga solish.
8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan
metodlari va vositalarini ishlab chiqish.
9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.
10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediyaning yuqorida ko‗rsatilgan vazifalarida uning ham
nazariy, ham amaliy yo‗nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy
tomoni – nutq buzilishlarini o‗rganish, hamda ularning oldini olish,
aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan
iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va
bartaraf etishni o‗z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy
vazifalari bir-biriga chambarchas bog‗langandir. Qo‗yilgan vazifalarni
hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi
nuqsonlarni
o‗rganuvchi
ko‗plab
mutaxassislar
(psixologlar,
neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli
ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga
jalb etish;
2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish
uchun fan va amaliyot o‗rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy
muassasalar orasidagi hamkorlikni ta‘minlash;
3) nutqning buzilishini o‗z vaqtida aniqlash va bartaraf etish
tamoyillarini amalga oshirish;
4) nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‗rtasida logopedik
bilimlar targ‗ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta‘sir kuchini
belgilaydi.
68
Logopedik ta‘sir etishning asosiy yo‗nalishi nutqning rivojlanishi,
nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat.
Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, uni
harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta‘sir etuvchi harakatlarni
bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini
rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish, ijtimoiy
muhitga ta‘sir etish nazarda tutiladi. Logopedik jarayonni tashkil etish
nutq buzilishini to‗g‗rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham
tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta‘sir
qilishning muhim maqsadi bo‗lgan shaxsni har tomonlama kamol
toptirish imkonini beradi.
Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy
va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati,
bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas
bog‗liqligi bilan belgilanadi. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish
faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‗zning
ahamiyati o‗z-o‗zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat
bilan o‗zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon
qiladi. Ular aynan o‗xshash emas va ma‘lum darajada bir-biriga bog‗liq
bo‗lmagan holda paydo bo‗ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy
fikrlash faoliyati paydo bo‗ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini
o‗zlashtirish o‗ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin
hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari
shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Bolaning nutqni o‗zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash,
rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala
faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok
etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq
buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog‗liq holda) bolaning
barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta‘sir etadi, uning faoliyatida,
yurish-turishida aks etadi. Og‗ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga,
69
ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta‘sir etishi
mumkin.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining
shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, aslida bo‗lmagan ruhiy
buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini keltirib
chiqarishi,
uning
xarakteridagi
salbiy
fazilatlar
(tortinchoqlik,
qat‘iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg‗usi)ning
rivojlanishi uchun yo‗l ochib berishi mumkin. Bularning barchasi
savodxonlikni egallashga, umuman o‗zlashtirishga, kasb tanlashga
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har
tomonlama rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir.
2. Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediya boshqa
fanlar bilan chambarchas bog‗langandir. Shaxsga har tomonlama ta‘sir
ko‗rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan
omilkorona shug‗ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini,
ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi
nutqiy va nutqsiz belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu
logopediyaning boshqa fanlar bilan bo‗ladigan aloqasini belgilaydi.
Tizimlar ichidagi va tizimlararo aloqalar bor. Tizim ichidagi
aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari:
surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika metodikasi,
umumiy va maxsus psixologiya bilan bo‗ladigan aloqalari kiradi.
Tizimlararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari
o‗rtasidagi aloqalar kiradi.
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari,
nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida
ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi
haqidagi bilimlardan foydalanadi.
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni
qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik
lokalizatsiyalanishi to‗g‗risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi
bilimlarni egallash kerak bo‗ladi.
70
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot
jarayonidagi til belgisi tartiblaridan qo‗llanish yotadi. Tilning murakkab
tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo‗lib, u bola
tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o‗zlashtirib olinadi.
Nutqiy tizim bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan
har biri nutq faoliyatining o‗ziga xos vazifasini bajaradi.
A.R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.
Birinchi blok – bosh miya po‗stlog‗i osti (yuqori stvol va limbik
oblast) haqidagi bilimlarni o‗z ichiga oladi. U bosh miya qatlami
tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi.
Ikkinchi blok – orqa miya qatlami katta yarimsharlari bo‗laklarini
o‗z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul
qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga
oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira – miya
qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori
darajada o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi
a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi.
Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi
doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qo‗zg‗alishlarni
tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar birlamchi doiralar kabi, o‗zining
ixtisosiy moddalligi (ko‗rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi.
Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (ko‗rish, eshitish
va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini o‗zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo‗linmalarini
o‗zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli moddallikda olingan sezgi
axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini o‗taydi. Ularning
faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik
darajaga, e‘tiborini qaratish munosabatlari, murakkab logik-grammatik
so‗zlar qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish ko‗rishga o‗tish sodir bo‗ladi.
71
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bo‗limlari
(motor, motor oldi va old frontal soha) doirani o‗z ichiga oladi. Bu blok
inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni
ta‘minlydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha
tizimlarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qo‗yilgan
vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida
vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida,
maxsus o‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Nutqning akustik belgilarini ajratib ko‗rsatish va differensiyalash
nutq-eshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati
bilan ta‘minlanadi. Bunga miya qobig‗i markaziy va old motor quyi
bo‗linmalari sohasi bilan bog‗liq bo‗lgan bosh miya qobig‗i (Vernike
doirasi)ning so‗l yuqori ikkilamchi qismlari kiradi.
Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni
nutq apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus
muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi. Nutq aktining motor quyi
yig‗indisi markaziy qismlarning ikkilamchi bo‗limlari (kinestetik
apparat) va chap o‗ram qismining quyi bo‗limlari (kinetik apparat) bilan
ta‘minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan
yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bo‗ladi. O‗ram qismida
esa nutq aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir
harakatdan ikkinchi harakatga yengil o‗tish imkoniyatini ta‘minlovchi
kinestatik modellar yaratiladi.
Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi,
ma‘noning nutq ko‗rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig‗ining
eng yuqori darajada shakllanishidir. U, ya‘ni nutq bosh suyagi old va
ustki qismi uchlamchi bo‗linmalarining aralashuvisiz hosil bo‗lmaydi.
Bosh miya qobig‗ining uchlamchi bo‗limlari bir tekisda qabul
qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash sxemasi va
obrazlariga o‗tkazilishini ta‘minlaydi. Miya qobig‗ining ustki qismida,
keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakllanadi.
72
Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig‗ining ensa va ensa-
tepa qismlarining turli bo‗limlari ishtirok etadi.
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‗ining turli qismlari
turlicha ishtirok etadi. Bosh miya qobig‗i qaysidir qismining
jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining o‗ziga xos alomatlariga olib
keladi. Nutq jarayonining miyada amalga oshishi haqidagi ma‘lumotlar
nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va mexanizmlari to‗g‗risidagi
tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu ma‘lumotlar bosh
miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli shakllarini
(afaziya) differensial diagnostikasi uchun juda muhim bo‗lib, bemorlar
nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi.
Logopediya otorinolaringologiya, nevropotologiya, psixopatologiya,
oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy bog‗langandir. Jumladan,
nutq va eshitish a‘zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida)
nafaqat buzilishlar etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta‘sir ko‗rsatish
bilan bo‗ladigan logopedik ishlarni to‗g‗ri qo‗shib olib borish uchun
ham imkon beradi. Masalan, tovushning buzilishi qisman hiqildoq va
tovush burishiqlari (g‗urralar, tugunchalar, papillomalar, tovush
burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli organik
jarohatlanishidan hosil bo‗lishi mumkin. Bunday hollardagi tovush
buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib
davolash mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya,
psixoterapiya uslubida ta‘sir etish bilan ta‘minlanadi.
Nutq buzilishining ko‗pgina turlari markaziy asab tizimining
organik shikastlanishi bilan bog‗liq bo‗lib, u logoped va nevropatolog-
vrach yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi
mumkin. Nutq buzilishi hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari:
ruhiy rivojlanishda orqada qolish, o‗zini tutish va his-hayajon
hollaridagi buzilishlar, diqqat-e‘tibor, xotira, aqliy faoliyat buzilishlari
ko‗zga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo bo‗lish
mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‗liq
bo‗lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi
psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach
73
bolaning aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy
jihatdan aniqlaydi, talab etiladigan davo choralarini qo‗llaydi.
Nutq buzilishining ko‗pgina ko‗rinishlari miya rivojlanishining
barvaqt sekinlashuvi bilan bog‗liq. Bunday hollarda logopedik ish
markaziy asab tizimini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina
samara berishi mumkin. Bunday davoni psixonevrolog-vrach belgilaydi.
Ayrim paytlarda nutq buzilishlari his-hayajonli qo‗zg‗olishning
kuchayishi natijasida sodir bo‗ladigan harakatdagi notinchlik bilan
qo‗shiladi. Bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning ishi
samara bermaydi.
Nutqning
alohida
ko‗rinishdagi
buzilishlariga,
masalan,
duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar –
qo‗rqish, hayajon, ko‗nikkan muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan
ayrilish) va boshqalar sabab bo‗lishi mumkin. Ularning paydo bo‗lish
vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj bo‗ladi; faqat
psixonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning
sog‗ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma‘lumotlarning hammasi
shundan dalolat beradiki, logopediya pedagogik fan hisoblangani bilan u
o‗z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya
hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi
mumkin.
Anomal bolalarni, shu jumladan, nutqi buzilgan bolalarni ham
o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish
xususiyatlari va vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi.
Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar
psixopatologiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va
ruhiy
rivojlanishning
tormozlanishi,
harakat
va
his-hayajonli
buzilishlarda namoyon bo‗ladigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng
ko‗p uchraydigan shakllari haqida ham tasavvur bo‗lishi lozim. Bu
bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini to‗g‗ri aniqlashda,
tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani o‗qitish va
74
tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam
beradi.
Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish,
ko‗rish, nutq a‘zolari patologiyasi bilan aloqada bo‗lish nutq buzilishini
farq qilgan holda tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib
chiqadigan bo‗lsak, sensor alaliya va eshitishning pasaygan hollaridagi
nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish faoliyatini chuqur tekshirishni talab
qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq buzilishlarini belgilash
ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini, intellektning ahvolini
aniqlashsiz bo‗lmaydi.
Tibbiyot fanlaridan ma‘lumotlar logopedga nutq buzilishining
mexanizmlari, etilogiyasini o‗rganishga to‗g‗ri yondashish uchun
yordam beradi, nutq buzilishlarining turli ko‗rinishlarini bartaraf etishda
diagnostika va differensiyalashgan logopedik ta‘sir etish masalalarini
to‗g‗ri hal etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus
muassasalarga to‗g‗ri tanlash ham tashxis qo‗yishga bog‗liqdir.
Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog‗langan.
Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan
foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarda turlicha
buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini o‗zlashtirib olish qonunlari
va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam
beradi, logopedik ta‘sir etish tizimlarini ishlab chiqish uchun zarur
bo‗ladi.
|