• 2.Badiiy tasvir vositalari. Fonetik poetika (FP), leksik poetika (LekP), morfologik poetika(MP), sintaktik poetika
  • Исҳоқов Ё. Классик адабиѐт поэтикасидан маълумотлар // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1970. - №1. – Б.84-90




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
     Исҳоқов Ё. Классик адабиѐт поэтикасидан маълумотлар // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1970. - №1. – Б.84-90. 
     
    48
    Султонов И. Бадиий асарнинг тили // Ўзбекистон адабиѐти ва санъати//. 1939. №5; Ғуломов А. Бадиий адабиѐтнинг 
    тили ҳақида. Адабиѐт ва санъат. 1941.-№1.
    49
    Маҳмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ўхшатишларнинг лингвопоэтикаси//Ўзбек тили ва адабиѐти, 1985. - №6. – Б.34-36.; 
    Маҳмудов Н. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоэтикасига доир//Ўзбек тили ва адабиѐти, 1987. - №4; Каримов С. 
    Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: Зарафшон 1992; Мирзаев И.К. Проблемы лингвопоэтической 
    интерпретации стихотворного текста: Автореф.дис. …д-ра филол. Наук. – Т.: 1992; Йўлдошев М. Бадиий матннинг 
    лингвопоэтик тадқиқи: Филол. фанлари доктори...дисс. – Т., 2008. – Б.313.; Йўлдошев М. Чўлпоннинг бадиий тил 


    51 
    2.Badiiy tasvir vositalari. Fonetik poetika (FP), leksik poetika 
    (LekP), 
    morfologik 
    poetika(MP), 
    sintaktik 
    poetika 
    (SP) 
    lingvopoetikaning qismlari sifatida. Badiiy nutqni o‗rganuvchi 
    lingvistik poetika ham til sistemasi barcha sath birliklarining badiiy-
    estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda fonetik 
    birliklar ham badiiy-estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan, bir xil 
    tovushlarning, bir xil bo‗g‗inlarning takrorlanishi she‘riyatda 
    go‗zallikni, ta‘sirchanlikni ta‘minlovchi vosita sanaladi. She‘riy matnda 
    nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. 
    Chunki she‘rda o‗ziga xos jozibador ohang bo‗ladi. Bu ohangdorlikka 
    tovushlarni uslubiy qo‗llash natijasida erishiladi. She‘riyatda, asosan, 
    alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya 
    (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda 
    unlilarni cho‗zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash
    so‗zlarni noto‗gri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish 
    kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta‘minlanadi. Tovushlarni 
    uslubiy qo‗llash bilan bog‗liq qonuniyatlarni yozuvda ―aynan‖ ifodalash 
    imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga 
    fonografik vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu 
    yashagan zamonlardayoq so‗zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga 
    ko‗chirish muammosi mutafakkirlar e‘tiborini o‗ziga jalb qilgan edi. 
    Hatto bu notiqlik san‘ati bilan bog‗liq bo‗lmagan ravishda, so‗zning, 
    so‗zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‗liq ohanglar garmoniyasi buyuk 
    faylasuflarga ilhom manbai bo‗lgan edi. Ular so‗z tarkibiga singib o‗ziga 
    xos ma‘no va ohang kasb etib ulgurmagan tovushlarga ham o‗zgacha 
    маҳорати: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., 2000. –25 б.; Муҳаммаджонова Г. 80-йиллар охири 90-йиллар 
    бошлари ўзбек шеъриятининг лингвопоэтик тадқиқи: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., 2004. –25 б.;
    Ёқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фанлари доктори....дисс.автореф. –Т., 
    2005. – 49 б.; Шодиева Д.Ш. Муҳаммад Юсуф шеърияти лингвопоэтикаси: Филол. фанлари номз....дисс.автореф. – Т., – 
    26 б.; Ҳайдаров Ш. Бадиий матнда парцеллятив конструкцияларнинг қўлланилиши: Филол. фанлари номз...дисс. 
    автореф. – Т., 2011. – 26 б.; Ибрагимова Ф. Бадиий матнда эллипсис ва антиэллипсис: Филол. фанлари 
    номз...дисс.автореф. – Т., 2011. – 26 б; Жамолиддинова Д. Бадиий нутқда парантез бирликларнинг семантик-грамматик 
    ва лингвопоэтик хусусиятлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. – Т., 2009. –26 б.; Йўлдошев Б. Шодиев З. ―Уфқ‖ 
    трилогиясининг лингвопоэтик тадқиқи масалалари. – Самарқанд, 2006. – 126 б.; Тошхўжаева Ш. Эркин Аъзам асарлари 
    лингвопоэтикаси: Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. – Фарғона, 2017; Анданиязова Д. Бадиий 
    матнда ономастик бирликлар лингвопоэтикаси: Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. –Тошкент, 2017;
    Умирова С.Ўзбек шеъриятида лингвистик воситалар ва поэтик индивидуаллик (Усмон Азим шеърияти мисолида): 
    Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри. (PhD) дисс. –
    Самарқанд, 2019. – 48 б.; Собиров А. Шеъриятда сўз тартиби: 
    Филол.фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс. автореф. – Самарқанд, 2020. – 47 б. 


    52 
    mazmun berishga intilishgan edi. Masalan, ―g‖ - tezlikning, shiddatning 
    ramzi, ―l‖ - viqorning, silliqlikning, yaltiroqlikning ifodachisi, ―a‖ - 
    kattaning, ―e‖ - abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan. Keyinroq 
    tovushlar tabiati bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar i, b, g tovushlari 
    dahshatni yodga solishi, t, p, 1 tovushlari nazokatning sirli ramzlari 
    ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qilishgan.
    50
     
    Leksik sathda leksemalarning ko‗chma ma‘nolarda qo‗llanilishi 
    (metafora, metonimiya va boshq.), mubolag‗a, meyozis kabi hodisalar 
    ham ta‘sirchanlikni oshiradi va leksik poetikaning tekshirish obyekti 
    sanaladi. Bundan tashqari badiiy matnning leksik tahlilida badiiy asar 
    tilidagi ma‘nodosh, shakldosh, zid ma‘noli, ko‗p ma‘noli, tarixiy va 
    arxaik so‗zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‗zlar, chet va vulgar 
    so‗zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi 
    izohlanadi. 
    Badiiy matnning lisoniy xususiyatlari tahlil qilinganda morfologik 
    birliklarning ishlatilishi bilan bog‗liq holatlar haqida fikr yuritish talab 
    qilinadi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deganda maxsus so‗z 
    formalari vositasida, shuningdek ma‘lum bir grammatik ma‘no va 
    funksiyaga ega bo‗lgan so‗z formasini maxsus qo‗llash orqali 
    ekspressivlik-emotsionallik ifodalanishi tushuniladi. Ekspressivlik ijobiy 
    va salbiy ma‘no qirrasiga ega bo‗lgan so‗zlarda aniq ko‗rinib turadi. 
    Badiiy matn lisoniy jihatdan tekshirilganda dastavval ana shunday 
    ma‘no qirralariga ega bo‗lgan birliklarni ajratish va qaysi turkumga 
    xosligi, kimning nutqida, nima maqsad bilan qo‗llanilganligi, kimga 
    nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligiga e‘tiborni qaratish lozim 
    bo‗ladi. Odatda erkalash-suyish, hurmat-e‘zozlash, ko‗tarinkilik, 
    ulugvorlik, tantanavorlik kabi ma‘nolarni bildiruvchi so‗zlar ijobiy 
    ma‘no qirrasiga ega bo‗lgan so‗zlar hisoblanadi. Masalan, qizaloq, 
    toychoq, o‗rgilay, girgitton bo‗lay, bolaginam, oppogim, do‗mbog‗im, 
    arslonim, pahlavonim, shakarim, shirinim kabi. Salbiy ma‘no qirrasiga 
    ega bo‗lgan so‗zlar sirasiga jirkanish, manmanlik, mensimaslik, 
    kibrlilik, masxara, nafrat, gazab, kinoya, kesatiq kabi subyektiv 
    50
    Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. – Т: Фан, 1983. 


    53 
    munosabatni ifodalovchi so‗zlar kiradi. Bunday ma‘nolarni yuzaga 
    keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini 
    tashkil qiladi. O‗zbek tilida kichraytirish shakli -cha, -choq, -chak 
    qo‗shimchalari bilan; erkalash shakli -jon, -xon, -oy, - (a)loq affikslari 
    yordamida hosil qilinadi. Hurmat, mensimaslik, istehzo, umumlashtirish, 
    tur-jinsga ajratish kabi ma‘nolar -lar affiksi bilan hosil qilinadi. -gina 
    qo‗shimchasi chegara, erkalash, yaqinlik ma‘nolarini yuzaga chiqaradi. 
    Tahlil jarayonida matnda qo‗llanilgan barcha morfologik birliklar emas, 
    estetik maqsad aniq ko‗rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati 
    ifodalangan morfologik o‗zgachaliklar haqida so‗z yuritiladi. Masalan, 
    eng ko‗p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. 
    Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga keladigan uslubiy 
    vosita - morfologik parallelizmning qo‗llanilish maqsadi lisoniy jihatdan 
    tadqiq etilishi mumkin. Shuningdek, atoqli otlar sirasiga kiruvchi - 
    antroponimlarning muayyan maqsad bilan qo‗llanishiga aloqador 
    kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda qo‗llanilgan 
    ismlar ichida alohida uslubiy maqsad yuklanganlari ham bo‗ladiki, ular 
    yozuvchining goyaviy-badiiy niyatini aniqlashga yordam beradi.
    Badiiy nutqning ta‘sirchanligini ta‘minlashda sintaktik usuldan 
    keng foydalaniladi. Sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, 
    boglovchilarning maxsus qo‗llanishi, antiteza, monolog, sukut, 
    inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‗roq, anafora, epifora, ellipsis, 
    alliteratsiya, ritorik murojaat, sintaktik parallelizm, emotsional gaplar 
    kabilar sintaktik poetikaning o‗rganish obyekti sanaladi. Shuningdek, 
    gap bo‗laklarining o‗rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo‗laklarning 
    takrorlanishi kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishda xizmat 
    qiladi. 
    Shunday qilib, lingvopoetika tilning qaysi sath birligining badiiy-
    estetik funksiyasini o‗rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik 
    poetika (LekP), sintaktik poetika (SP) kabi qismlarga bo‗linadi. 
    Lingvopoetikaning har qaysi turini alohida-alohida o‗rganish va 
    ularning o‗zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan 
    muhim vazifalardan biridir. 


    54 
    Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1.Badiiy asar tili deganda nimani tushunasiz? 
    2.Estetik ta‘sirchanchanlik va emotsional-ekspressivlik faqat 
    badiiy asarlarda xosmi? 
    3.Sharqda badiiy asar tiliga e‘tibor qachondan boshlangan.
    4. 
    Yevropada 
    nechanchi 
    asrdan 
    lingvopoetika 
    shakllana 
    boshlagan? 
    5.Alletratsiya, gradatsiya nima? Ularni fonopoetik vositalar deyish 
    mumkinmi? So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolari deganda nimani 
    tushunasiz? So‗zning ko‗chish turlari leksik poetikaga misol bo‗ladimi? 

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исҳоқов Ё. Классик адабиѐт поэтикасидан маълумотлар // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1970. - №1. – Б.84-90

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish