• To„rtinchi davr - maktab davri
  • Uchinchi davr – maktabgacha bo„lgan davr




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
    Uchinchi davr – maktabgacha bo„lgan davr (3 yoshdan 6 
    yoshgacha). 
    Maktabgacha bo‗lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion 
    jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, b, m, f, v 
    va boshqalarni o‗rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish qiyin 
    bo‗lgan: shivirlovchi, sirg‗aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa 
    (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun 
    bolalar bu tovushlarni nutqda noto‗g‗ri qo‗llaydilar yoki talaffuz 
    etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‗lgan davrda bolalarda eshitish malakalari 
    rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‗z talaffuzini nazorat qilishga 
    imkoniyat yaratadi. Ba‘zi hollarda bola o‗z kamchiligini to‗g‗rilaydi. 
    Unda fonematik idrok shakllanib boradi. Bu davrda lug‗at boyligining 
    o‗sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‗ati 3000-4000 
    ta so‗zgacha yetadi. Lug‗at boyligi o‗sib borishi bilan birgalikda 
    nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4-
    yiliga kelib, ular o‗z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‗llay 
    boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo‗shma gaplardan erkin foydalana 
    oladilar. 5 yoshli bolalar qo‗shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni 
    aytib berish qobiliyatiga ega bo‗ladilar. Bu davrda fonematik idrok 


    78 
    sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so‗ng 
    sonor, shovqinli va sirg‗aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 
    4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok 
    shakllangan bo‗lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to‗g‗ri 
    talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‗g‗ri, 
    aniq gapiradi. 
    To„rtinchi davr - maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu 
    davrning o‗ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi 
    oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro‗y beradi. Bu davrda 
    bolalar 
    tovushlar 
    analizi, 
    nutqning 
    grammatik 
    qonuniyatlarini 
    egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol 
    o‗ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi, 
    chunki, agar, qachonki kabi bog‗lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu 
    bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu 
    nutqda o‗z ifodasini topayotganligini ko‗rsatadi. 
    Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‗z vaqtida to‗g‗ri kechishi 
    uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: 
    - bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‗ bo‗lishi; 
    - normal aqliy qobiliyatga ega bo‗lishi; 
    - normal eshitishi va ko‗rishi; 
    - yetarli darajada ruhiy faollikka ega bo‗lishi; 
    - gaplashish ehtiyojiga ega bo‗lishi; 
    - to‗g‗ri nutq muhitiga ega bo‗lishi lozim. 
    Bolada nutqning normal rivojlanishi unga doimo yangi tushunchalarni 
    o‗zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini 
    kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning 
    rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uchinchi davr – maktabgacha bo„lgan davr

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish