• Tayanch so‘z va iboralar
  •  Tibbiy-pedagogik tasniflashda ajratiladigan nutq buzilishlarining  qanday turlarini bilasiz?




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
    6. Tibbiy-pedagogik tasniflashda ajratiladigan nutq buzilishlarining 
    qanday turlarini bilasiz?
     
    11-mavzu:Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. 
    Neyrolingvistika 
    Reja: 
    1.Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika. 
    2.Afaziya va uning turlari. 


    85 
    Tayanch so‘z va iboralar: nevrologiya, neyrolingvistika, afaziya,
    motor afaziya, sensor afaziya, amnestik afaziya, akustik-mnestik 
    afaziya.
    1.Tilshunoslikning 
    nevrologiya 
    bilan 
    munosabati. 
    Neyrolingvistika. Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‗limi bilan 
    ham uzviy aloqada. So‗nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va 
    tilshunoslik fanlarining 
    oralig‗ida neyrolingvistika nomi bilan 
    yuritiluvchi yangi fan tarmog‗i vujudga keldi. 
    Neyrolingvistika (grek tilidan νεϋνον – nerv, lingua – til) – bu 
    psixologiya fanining tarmog‗i bo‗lib, nutqiy faoliyatning miyadagi 
    mexanizmlarini o‗rganuvchi va miyaga mahalliy shikast yetishida nutqiy 
    jarayonlarda 
    sodir 
    bo‗ladigan 
    o‗zgarishlarni 
    o‗rganadi. 
    Neyrolingvistikaning 
    fan 
    sifatida 
    shakllanishi 
    bir 
    tarafdan 
    neyropsixologiyaning, 
    boshqa 
    tarafdan 
    esa 
    lingvistika 
    va 
    psixolingvistikaning 
    rivojlanishi 
    bilan 
    bog‗liq. 
    Zamonaviy 
    neyropsixologiya tasavvurlariga mos ravishda neyrolingvistika nutqni 
    tizimli funksiya, afaziyani esa birlamchi defekt va birlamchi defekt 
    ta‘siri natijasida yuzaga keluvchi ikkilamchi buzilishlar, shuningdek 
    miyaning buzilgan funksiyalarini qayta tiklashga qaratilgan ish faoliyati 
    natijasida paydo bo‗luvchi tizimli buzilish sifatida o‗rganadi. Miyaning 
    shikastlanishida tilga oid o‗zini tutish faoliyatining buzilishi bo‗yicha 
    olib borilgan tasodifiy kuzatuvlar o‗rta asr davridanoq ma‘lum, biroq 
    ularni tizimli ravishda o‗rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. 
    Neyrolingvistikaning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy 
    bosqichlari neyropsixolog va mamlakatimiz neyrolingvistikasi asoschisi, 
    nutqiy 
    buzilishlarni 
    tizimli 
    tahlil 
    qilishni 
    lingvistika 
    va 
    psixolingvistikaning nazariy tushunchalari bilan umumlashtirgan 
    Aleksandr Romanovich Luriya tadqiqotlari bilan bog‗liq.
    55
    Bu soha haqidagi dastlabki ma‘ruza vrach Mark Daksga tegishli bo‗lib, 
    u 1836-yilda Fransiyaning Monpele shahrida bo‗lib o‗tgan tibbiyot 
    jamiyati majlisida miya shikastlanishi natijasida nutqini yoqotganlarni 
    55
    Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М., 1975. 


    86 
    tekshirishga bag‗ishlangan ilmiy ma‘ruza bilan qatnashadi. Mark Daks 
    birinchi bo‗lib nutqning yo‗qolishi va miyaning shikastlangan tarafi 
    o‗rtasida bog‗liqlik mavjud, degan fikrni aytadi. Bu esa o‗z navbatida 
    unga nutqiy funksiyalar miyaning chap yarim sharida shakllanishi 
    haqidagi fikrni aytish imkonini berdi. Garchi keyinchalik ma‘ruza matni 
    chop etilgan bo‗lsa-da, ilmiy jamiyat Mark Daks tadqiqotlariga jiddiy 
    ahamiyat bermaydilar. Shunga qaramay, afaziologiyani paydo bo‗lishini 
    an‘anaviy ravishda faqatgina ikki nafar kasalni patologoanatomik 
    jihatdan o‗rganish natijasida nutq markazini, ya‘ni Brok markazini 
    tasodifan aniqlagan fransuz jarrohi va antropologi Polem Broka nomi 
    bilan bog‗laydilar. Yorib ko‗rish natijasida, har ikki kasalda ham bosh 
    miyaning chap yarim sharining aynan bir xil sohalari shikastlanganligi 
    ma‘lum bo‗ladi va aynan shu narsa Polem Brokaga avvalgi tadqiqotlar 
    natijasiga tayangan holda nutqiy markazni lokallashtirish sohasida 
    xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ushbu nutq markazi shikastlanishi 
    bilan bog‗liq bo‗lgan afaziyani Broka afaziyasi deb nomlay boshladilar. 
    Nemis psixonevropatologi Karl Vernike ham bundan kam bo‗lmagan 
    kashfiyot qiladi. 1873-yilda Vernike insultni boshidan o‗tkazgan kasalni 
    o‗rgangan. Bir tarafdan bu odam gapira olgan, biroq u patologik 
    ravishda gaplashgan. Uning eshitish qobiliyati shikastlanmagan, boshqa 
    tarafdan esa u og‗zaki va yozma nutqni qiyinchilik bilan anglagan. 
    Uning vafotidan so‗ng yorib ko‗rish jarayonida Vernike bemor miyasi 
    chap yarim sharining orqa yuqori qismi va chakka qismida 
    shikastlanishni ko‗radi. U miyaning eshitish sohasiga yaqin bo‗lgan 
    qismi nutqni tushunishda ishtirok etadi, degan xulosaga keladi. Shunday 
    qilib, Karl Vernike 1874-yilda o‗zining sensorli afaziyani yoki uning 
    o‗zi nomlaganidek, boshqaruv afaziyasini birinchi marotaba ta‘riflab 
    bergan 72 betli ―Afazik simptomlar kompleksi‖ asarini chop etadi. O‗z 
    kitobida Vernike miyaning turli qismlaridagi psixik buzilishlar bilan 
    bog‗liq bo‗lgan turli afaziyalarni o‗zaro bog‗lashga harakat qilgan. 
    Keyinchalik esa u Broka va Vernike qismlarini bog‗lovchi yoysimon 
    asab tolalarining shikastlanishi ham motorli yoki sensorli afaziyaga olib 
    kelishini kashf qildi. Hozirgi kunda neyrolingvistik tadqiqotlarning 
    Rossiyada shakllangan ikki turdagi an‘analari haqida gapirish mumkin. 


    87 
    Birinchisi A.R.Luriya Moskva neyrolingvistika maktabi, ikkinchisi 
    Balonov Deglin Sankt-Peterburg lingvistika maktabidir. Bu ikki 
    maktabning nazariy masalalar bo‗yicha olib borgan tadqiqotlarida turli 
    qarashlar yuzaga kelgan. Moskva maktabi neyrolingvistlari asarlarida 
    nutqiy faoliyatda miya o‗ng yarim sharining faoliyati nazardan chetda 
    qoldirilishi yoki e‘tiborga olinmaslik holatlari namoyon bo‗ladi, 
    Peterburg 
    maktabi 
    vakillari 
    tadqiqotlarida 
    esa 
    turli 
    nutq 
    mexanizmlarining bosh miyaning ham o‗ng, ham chap yarim sharlarida 
    taqsimlanganligi haqidagi fikrlar qat‘iyat va ketma-ketlikda keltiriladi.
    Xullas, yuqoridagi fikrlardan anglashiladiki, turlari ko‗p bo‗lgan 
    fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlarni qamrab oladigan 
    afaziyalar neyrolingvistik tadqiqotlarning predmeti bo‗lib ishtirok etadi.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tibbiy-pedagogik tasniflashda ajratiladigan nutq buzilishlarining  qanday turlarini bilasiz?

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish