• 1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik.
  • -mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
    13-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik 
    Reja: 
    1.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik.Verbosentrik nazariyaning 
    shakllanishi 
    2.Valentlik turlari. 
    Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy 
    valentlik, verbosentrik nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch 
    valentli fe‟llar. 
    1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Valentlik atamasi 
    lot.valentia so‗zidan olingan bo‗lib, ―quvvat‖, ―kuch‖ degan ma‘noni 
    beradi. Bu atama kimyoda bir element atomining boshqa element atomi 
    bilan bog‗lanish xususiyatini ifodalash uchun qo‗llanilsa, tilshunoslikda 
    leksemaning boshqa leksema bilan bog‗lanish qobiliyatini ifodalash 
    uchun ishlatiladi. Valentlik nazariyasining tilshunoslikda qo‗llanilishi 
    L.Tenyer va S.Kasnelson asarlari bilan bog‗liq bo‗lib, dastlab
    bog‗lanishni ifodalash uchun bu atamani olib kirgan fransuz tilshunosi 
    L.Tenyer uni faqat fe‘lga nisbat beradi. Uning fikricha, valentlik 
    fe‗lning gapda subyekt, obyektlarni biriktirish imkoniyatidir. U fe‘l-


    101 
    kesimning zaruriy, to‗ldiriladigan semantik bo‗laklari shu subyekt va 
    obyektlardan iborat, deb tushunadi. Bunda u gapning egasi, vositali va 
    vositasiz to‗ldiruvchilarini nazarda tutadi. Xullas, L.Tenyer ―valentlik‖ 
    atamasini ximiyadan o‗zlashtiradi va ―Struktural sintaksis asoslari‖ 
    nomli kitobida bu
    atamaning tildagi xususiyatlarini asoslab, o‗ziga xos 
    misollar keltiradi, struktur sintaksis haqida fikr yuritadi: ―Har bir so‗z 
    ikkinchi bir so‗z bilan bog‗lanuvchi aniq bir xususiyatga ega va bu 
    strukturalardan, gaplardan iborat. Ammo bu aloqa hech narsa bilan 
    ifodalanmaydi. Masalan, Alfred gapiryapti ikkita alohida-alohida narsa, 
    bir tomondan Alfred ismli shaxs, ikkinchi tomondan kimdir gapiryapti. 
    Bu ikki narsa mening ongimda bir-biriga qo‗shilib, gapirish harakati 
    Alfred tomonidan bajarilayotganini ma‘lum qiladi. Bundan bu gap ikki 
    elementdan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki 
    Alfred gapiryapti gapi uch elementdan tuzilgan: 1.Alfred. 2.gapiryapti. 
    3.aloqa. Gapda ikki narsa bor deb qarash mumkin, lekin bu tashqi 
    tomondan yoki morfologik nuqtayi nazardan, biroq gapning 
    shakllanishida sintaktik aloqa muhim hisoblanadi‖.
    60
    Valentlik 
    terminini o‗zining ―Grammatik kategoriyalar‖ (1948) asarida qo‗llagan 
    S.D.Kasnelson ham bu tushunchani so‗zning gapda ma‘lum tarzda 
    reallashishi va boshqa so‗z bilan ma‘lum aloqaga kirishishi ma‘nosida 
    qo‗llaydi. Valentlik – ma‘lum so‗zning boshqa so‗zni o‗ziga birlashtirish 
    xususiyatidir, deb ataydi. 
    61
    Xuddi shu kabi fikrni A.Fitrat o‗zining 
    ―O‗zbek tili qoidalari to‗g‗rusida bir tajriba. Sarf‖ asarida quyidagicha 
    ifodalaydi: ―O‗zingizni o‗ylasangiz, hayvonlardan birini (otni) 
    o‗ylasangiz, bizda u hayvon ustiga yerlashmak uchun bo‗lg‗an 
    tebranishingizni o‗ylasangiz, uch ma‘no o‗ylag‗an bo‗lursiz. Bu uch 
    ma‘noni birlashtirib, bir-biriga bog‗lab, o‗zingizni otqa minganingizni 
    o‗ylag‗anda, miyangizda bir ―o‗y― tuqqondir. Shu o‗yni bir kishiga 
    bildirmaqchi bo‗lg‗ach, ―Men ot mindim deb qo‗yasizkim, bu 
    aytqaningiz bir gapdir. Ko‗rinadirkim, yuqoridag‗i o‗yda uch ma‘no 
    bo‗lg‗ani kabi u o‗yni bildirguchi gapda ham uch so‗z bor: men, ot, 
    60
    Tesnière L. Elèments de syntaxe structurale. – Paris, 1959.
    61
    Кацнельсон С.Д. О грамматической категории // Вестник ЛГУ. 1948. №2. –С.132. Bu olimlarning fikrlari haqida to‗liqroq 
    ma‘lumot olish uchun qarang: Mиртожиев M. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.234-236; 
    Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. –Тошкент: Фан, 1992. –
    Б.39-44. 


    102 
    mindim. Demak, so‗z ma‘no bildirgan tovushlar to‗dasidir‖.
    62
    Bundan 
    tovush signallari orqali, boshqacha aytganda, belgilar orqali inson 
    obyektiv olamga borishini va, aksincha, obyektiv olamdan semantik 
    predmetlar orqali belgilashtirish jarayoni, ya‘ni sintaktik aloqa mavjud 
    ekanligi ko‗rinadi. Sintaktik aloqa esa valentlik tufayli yuzaga keladi. 
    Bugungi kunda tilshunoslikda valentlikni sintaktik aloqani ta‘minlovchi 
    muhim vosita sifatida alohida ta‘kidlash an‘anaga aylanib qoldi va bu 
    atama ko‗plab tilshunoslarning ishlarida ham o‗z aksini topdi.
    Dastlab ―valentlik‖ atamasi faqat fe‘llarning birikuvchanlik 
    imkoniyatlariga nisbatan qo‗llanildi. Keyinchalik ushbu terminning 
    vazifasi kengayib, valentlik xususiyatlari keng doiradagi morfologik 
    birliklarga xos ekanligi tilshunoslar tomonidan e‘tirof etila boshlandi.
    Fe‘lning rolini izohlash spetsifikasi L.Tenyer konsepsiyasining o‗ziga 
    xosligini belgilaydi. L.Tenyer ―Sintaksisni qanday qurish kerak‖ nomli 
    maqolasida (1939) sintaktik nazariyalar sof sintaktik belgilarga tayanishi 
    lozimligini ta‘kidlagan holda, ikki asosiy qismni: 1) grammatik 
    kategoriyalarni, tartibni hamda ularning tildagi uyushishi tamoyillarini 
    o‗rganuvchi kategorial yoki statik sintaksis; 2) ―tirik‖ fraza strukturasini, 
    uning aloqalarining real mexanizmlarini tadqiq etuvchi funksional yoki 
    dinamik sintaksisni ajratadi.
    L.Teyerning yangicha talqinida fraza ko‗pqavatli iyerarxik qurilma 
    sifatida namoyon bo‗lib, markazga uning barcha ―organizmlarini‖ 
    boshqarib turuvchi fe‘l qo‗yildi. Periferiya qismida esa bir-biriga va 
    oxir-oqibat fe‘lga tobelanuvchi grammatik elementlar joylashdi. 
    Ko‗rinadiki, L.Tenyerning fe‘lning sintaktik xususiyatlariga, uning 
    birikuvchanligiga qiziqishi keyinchalik sintaktik valentlik 
    ta‘limotining paydo bo‗lishiga turtki bo‗ldi va valentlik deganda, 
    birinchi navbatda, fe‘lning sintaktik valentligi tushunildi. Valentlik 
    tushunchasini L.Tenyer fe‘lning sintaktik tasnifi uchun qo‗llaydi va nol, 
    bir, ikki hamda uch valentlikka ega bo‗lgan fe‘llarni ajratadi.
    Nol valentlikka ega bo‗lgan fe‘llar ―ishtirokchilar‖ga ega emasligi 
    bilan xarakterlanadi. Bular o‗z-o‗zicha, birovning ishtirokisiz sodir 
    bo‗layotgan jarayonni bildiradi: Daryo shovullardi. Bir ―ishtirokchi‖ga 
    62
    Aбдурауф Фитрат. Танланган асарлар. IV жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. –B.145. 


    103 
    ega bo‗lgan bir valentli fe‘llar bir shaxs yoki bir predmet ishtirok 
    etayotgan jaryonni bildiradi: Mashinada bordi. Ikki ―ishtirokchi‖ 
    qatnashgan jarayonni ifodalovchi fe‘llar ikki valentli fe‘llardir: Alfred 
    kitob berdi. Uch valentli fe‘llar uch ―ishtirokchi‖ qatnashayotgan 
    jarayonni ifodalaydi. Bunday fe‘llarda birinchi va ikkinchi 
    ―ishtirokchilar‖ shaxsni, uchinchi ―ishtirokchi‖ esa predmetni 
    ifodalaydi: Alfred Sharlga kitobni berdi.
    Demak, Tenyer o‗z ishlarida gapni struktur tahlil qilar ekan, uning 
    asosida fe‘l yotishini ta‘kidlaydi va buning natijasida fe‘l valentligi 
    nazariyasi (verbosentrik nazariya) vujudga keldi. Bunga ko‗ra gap 
    tuzilishini predikat (ko‗p hollarda fe‘l bilan ifodalangan) belgilaydi va u 
    o‗ziga muvofiq kategorial belgilarga o‗rin ochadi. Gapning barcha 
    qismlari fe‘l predikat munosabatiga ko‗ra unga bog‗liq qismlarga 
    (aktantlar, argumentlar, to‗ldiruvchilar, partnyorlar, komplementlar va 
    h.k.) va erkin qismlarga (erkin kengaytiruvchilar, hollar, ad‘yunktlarga) 
    bo‗linadi. Ko‗rinadiki, hollar fe‘llarga bog‗liq qismlar qatoriga, ya‘ni 
    uning valent tarkibiga kiritilmaydi. Fe‘l valentlik xususiyatlarining 
    bunday talqini Tenyerning tahlilda mazmuniy bosqichga asoslanish 
    zarurligi va har qanday harakat muayyan miqdordagi ishtirokchilarni 
    (aktantlarni) talab etishi, gap sathida bular ega va to‗ldiruvchi sifatida 
    namoyon bo‗lishi mumkinligi haqidagi qarashlari bilan bog‗liq. Uning 
    fikricha, barcha holli elementlar fe‘l ma‘nosi bilan shartlanmagan, 
    shuning uchun uning valent tarkibiga kirmaydi.
    Bunday qarashlar H.Brinkmann ishlarida ham kuzatiladi. U ot, sifat 
    hamda fe‘llarning valentlik xususiyatlarini kuzatar ekan, fe‘llarning 
    o‗ziga xos valentlik tabiatiga ega ekanligini aniqlaydi. Ot hamda sifatlar 
    faqat bittadan kelishik formalari uchun vakant pozitsiyalarga ega bo‗lsa, 
    fe‘llar egadan tashqari yana bir qancha vakant pozitsiyalarga ega 
    bo‗lishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Muallif ―ishtirokchilar‖ sifatida faqat 
    kelishik shakllaridan birida qo‗llaniluvchi otlar bilan to‗ldiriluvchi 
    pozitsiyalarni tanlaydi. Ko‗makchilar yordamida yuzaga chiquvchi 
    shakllar esa soqit qilinadi, ya‘ni hollar fe‘llarning umumiy valentlik 
    tarkibiga kiritilmaydi. Bunday qarash Brinkmanni Tenyerning qarashlari 
    bilan umumlashtiradi. H.Brinkman xuddi L.Tenyerga o‗xshab valentlik 


    104 
    fe‗lning gapdagi boshqa o‗rinlarni to‗ldirishni talab qiluvchi xususiyati, 
    deb izohlaydi. 
    63
    Bu jihatdan J.Erben qarashlari e‘tiborga loyiq. U ham gap 
    markazida fe‘l turishini e‘tirof etadi va fe‘l valentligini atom valentligiga 
    qiyoslagan holda, aynan shu valentlik gapning struktur sxemasini 
    belgilashini ta‘kidlaydi. Chunki to‗ldiruvchi―larning nechta va qanaqa 
    bo‗lishi hamda ularning qaysi o‗rinda kelishi aynan fe‘lga bog‗liq. 
    ―To‗ldiruvchi‖ sifatida J.Erben nafaqat ega va to‗ldiruvchini, balki 
    mazmunan zarur bo‗lgan hollarni, predikativ aniqlovchini va 
    predikativni ham belgilaydi. O‗z sxemalarida muallif har bir 
    ―to‗ldiruvchi―ni muayyan raqamlar bilan belgilaydi (E1, Ye2, Ye3, 
    Ye4). Lekin bu raqamlar faqat fe‘lning umumiy valentligini belgilab, 
    ularning iyerarxiyasini ham, tartibini ham ko‗rsatmasligini uqtiradi.
    L.Veysgerber, 
    G.Helbiglar 
    o‗z oldiga valentlik tushunchasini 
    aniqlashtirish va formallashtirish vazifasini qo‗ydilar. Xususan, 
    L.Veysgerber valentlik haqidagi qarashlarni rivojlantirgan holda, 
    ―gapning har bir bo‗lagi muayyan gap bo‗lagini modellashtirish 
    doirasidagi tutgan o‗rniga ko‗ra ―valentlik― xususiyatiga ega― ekanligini 
    ta‘kidlaydi. Ya‘ni valentlik masalasi nafaqat fe‘lga nisbatan, balki 
    boshqa so‗z turkumlariga nisbatan ham qo‗llanilishi lozimligi e‘tirof 
    etadi. 
    G.Helbig 
    fe‘l valentligini tekshirishda transformatsion 
    grammatikaning muayyan bo‗laklarni tushirish usulini qo‗lladi. Bunda 
    gap tarkibidagi fe‘l ―kengaytiruvchilari―dan biri tushirilishi natijasida 
    gap mazmuniy strukturasida o‗zgarish bo‗lmasa, ushbu bo‗lak struktur 
    jihatdan zaruriy emas, aksi bo‗ladigan bo‗lsa, ushbu bo‗lakning ishtiroki 
    zaruriydir. Ko‗rinadiki, fe‘l valentliklarining zaruriy yoki zaruriy 
    emasligi muayyan vaziyat bilan, so‗zlovchining muayyan maqsadi bilan 
    bog‗liqdir. L.Tenyer nazariyasi ko‗plab tilshunoslar tomonidan ilgari 
    surildi va hozirgi tilshunoslikda mustahkam o‗rin egalladi. Dastlab 
    fe‘llarning faqat ega va to‗ldiruvchiga nisbatan birikuvchanligini 
    ifodalovchi ―valentlik― atamasining ko‗lami kengayib, keyinchalik gap 
    strukturasi uchun zarur bo‗lgan barcha fe‘l kengaytiruvchilari shu 
    63
    Mиртожиев M. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.236. 


    105 
    tushuncha tarkibiga kiritildi. ―Valentlik― atamasini til birliklarning 
    potentsial xususiyatlari ma‘nosida qo‗llash tendentsiyasi shu 
    xususiyatlarning 
    nutqdagi 
    aktuallashuvini 
    belgilash 
    uchun 
    qo‗llanilishiga nisbatan keng tarqaldi. Agar til-nutq dixotomiyasini, til 
    va nutq birliklari o‗rtasidagi dialektik bog‗liqlik mavjudligini, ular 
    o‗zaro bir-birini taqozo etuvchi tushunchalar ekanligini inobatga olsak, u 
    holda cheksiz birikish imkoniyatlariga ega bo‗lgan lisoniy birliklar 
    muayyan vaziyatda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun nutqiy 
    realizatsiyasidan tashkil topadi. Shuning uchun valentlik atamasini ham 
    til birliklarining birikuvchanlik imkoniyatlarini, ham ularning nutqiy 
    realizatsiyasini belgilash uchun qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Bu 
    fe‘llarning valentlik modeli bo‗lib, uning konkret birliklar bilan 
    to‗ldirilishi nutqda sodir bo‗ladi. So‗zlarning sintaktik valentligi esa so‗z 
    birikmalarida gavdalanadi.
    So‗zni til tizimining asosiy birligi sifatida har tomonlama chuqur 
    o‗rganish hozirgi tilshunoslikning eng muhim masalalaridan biridir. Bu 
    muammoni hal etishda hozirgi lingvistikaning dolzarb yo‗nalishlaridan 
    biri bo‗lib qolayotgan valentlikning semantik nazariyasi katta rol 
    o‗ynaydi. Hozirgi paytda ushbu nazariyaning tushunchaviy apparatini 
    ishlab chiqish borasida muayyan natijalarga erishildi. Xususan, yuqorida 
    tahlilga tortilgan ishar bilan bir qatorda S.Kasnelson, S.Kibardina, 
    B.Leykina, T.P.Lomtev, M.Stepanova, N.Filicheva, B.M.Leykina, 
    B.Abramov kabi tilshunoslarning fe‘llarning valentlik tasnifini aniqlash 
    tamoyillari, 
    fe‘llarning 
    valentligi 
    va 
    mazmuni 
    o‗rtasidagi 
    munosabatlarni aniqlash, aktantlarning va kengaytiruvchilarning 
    semantik turlarini ajratish kabi muammolarga bag‗ishlangan tadqiqotlari 
    maydonga keldi. Bu masalada M.D.Stepanova va G.Helbigning o‗rnini 
    alohida ko‗rsatishga to‗g‗ri keladi. Ularning qarashi bo‗yicha, valentlik 
    so‗zning leksik ma‘nosiga tayanadi. Bundan tashqari, o‗zbek 
    tilshunosligida ham bu borada qator tadqiqotlar, monografiyalar, bir 
    qancha maqolalar yaratildi. I.Qo‗chqortoyev, G‗.Abdurahmonov, 
    M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, R.Rasulov, S.Muhamedova 


    106 
    kabi olimlarimizning tadqiqotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
    64
    Shunga qaramay, valentlik nazariyasining aktantlar va erkin
    kengaytiruvchilar, obligator(zaruriy) va fakultativ(nozaruriy) aktantlarni 
    belgilash, valentlik nazariyasi kategoriyalarining an‘anaviy grammatika 
    kategoriyalari bilan bo‗lgan munosabatini aniqlash kabi masalalar 
    hozirgacha o‗z yechimini topgan emas. Shu bilan birga valentlik va so‗z 
    yasovchi vositalar munosabati muammolari, gap tiplarida valentlikning 
    realizatsiyasi xususiyatlari kabilar ham o‗zining to‗liq yechimini 
    kutayotgan masalalar sirasiga kiradi.
    Mutaxassislar fikricha, valentlik grammatika va leksikaning, sintaksis 
    va semantikaning kesishgan nuqtasi bo‗lganligi bois, semantik va 
    sintaktik valentlikka bo‗linadi.
    65
    Semantik valentlik biriktiruvchi 
    leksemaning ma‘noviy jihatdan o‗ziga mos birikuvchilarni tanlashidir. 
    Masalan, ―hangra‖ leksemasi ―qush‖ leksemasini o‗ziga torta olmaydi, 
    ―qush‖ leksemasi ―hangra‖ leksemasidagi birorta ham bo‗sh o‗ringa 
    tusha olmaydi. Chunki ularda ma‘noviy muvofiqlik mavjud emas. 
    Leksemalar bir-biriga ma‘noviy mos bo‗lishi uchun ularning ma‘no 
    strukturalarida o‗xshash ma‘no bo‗lakchalari ‒ semalari bo‗lmog‗i 
    lozim. ―Qush‖ leksemasi ma‘no tarkibidagi ―sayray oladigan‖ ma‘no 
    bo‗lakchasi ―sayramoq‖ leksemasida va ―sayramoq‖ leksemasidagi 
    ―qushlarga xos‖ ma‘no bo‗lakchasi qush leksemasida mavjud. Bu 
    ularning birikma hosil qilishiga asos bo‗la oladi. 
    Leksemalarning valentliklari tor yoki keng bo‗lishi mumkin. 
    Masalan: ―hangramoq― leksemasining nima? so‗rog‗iga javob 
    bo‗ladigan valentligi to‗ldiruvchisi – ―eshak‖, ―xo‗tik―, ―hangi― 
    leksemalaridir. Ba‘zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar 
    64
    Қўчқортоев И. Сўз валентлиги ҳақида // Ўзбек тили ва адабиѐти. –Т., 1973. №3. –Б.35; Қўчқортоев И. Сўз 
    маъноси ва унинг валентлиги. –Т.: Фан, 1977; Кучкартаев И.К. Валентный анализ глаголов речи в 
    узбекском языке. –Ташкент: Ўқитувчи, 1977; Расулов Р. Глаголы состояния в узбекском языке и их 
    валентности: Автореф.дисс...докт.филол.наук. –Ташкент, 1989; Расулов Р. Сўз валентлиги ва синтактик 
    алоқа // Ўзбек тили ва адабиѐти. –Т., 1992. №5/6. –Б.36-40; Шарипова Ў. Ўзбек тилидаги юмуш 
    феълларининг маъно валентликлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. –Тошкент, 1996; Муҳамедова С. 
    Ўзбек тилида йўналма ҳаракат феълларининг предикативлиги ва валентлиги: Филол.фан.номз. 
    ...дисс.автореф. –Тошкент, 1996; Муҳамедова С. Ўзбек тилида ҳаракат феълларининг семантик ва валентлик 
    хусусиятлари: Филол.фан.докт. ...дисс.автореф. –Тошкент, 2007; Каримжонова В. Ўзбек тилида ўрин 
    келишикли бирикмалар семантикаси: Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 1994; Миртожиев М.М. 
    Ўзбек тили семасиологияси. –Т.: Мумтоз сўз, 2010. –Б.236-281.
    65
    Степанова М.Д. Проблемы теории валентности в современной лингвистике . –1973. №4. –С.16; Степанова 
    М.Д. Проблемы теории валентности и валентный анализ. –М.: Наука, 1973. –С.68. 


    107 
    ma‘nolari muvofiq bo‗lmagani holda ular nutqda birikuvlar hosil qilishi 
    mumkin. Masalan, ―artist hangradi‖ kabi. Bunda me‘yoriy valentlik
    buzilgan holda namoyon bo‗lib, ko‗chma, obrazli ma‘no yuzaga chiqadi. 
    Sintaktik valentlik leksema valentligining ikkinchi tomoni bo‗lib, u 
    hokim mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o‗ziga tortish uchun 
    ularning ma‘lum bir sintaktik shaklda ‒ kelishik, ko‗makchi, ravishdosh, 
    sifatdosh qo‗shimchalarini olgan holda bo‗lishni talab qilishidir. Bu 
    hokim leksemaning sintaktik mavqeyi, grammatik shakl tomonidan 
    belgilanadi. Masalan, xatni yozdi, xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi 
    xatni va xat so‗zlarining grammatik shakli bosh so‗zning grammatik 
    shakli bilan belgilanadi. 
    Sintaktik valentlik semantik valentlik bilan zich bog‗langan bo‗lib, 
    biri o‗zgarsa, ikkinchisi ham o‗zgaradi, biri yo‗qolsa, ikkinchisi ham 
    bo‗lmaydi. Masalan, ―yetakla― leksemasi jo‗nalish kelishigidagi otni 
    o‗ziga tortmaydi (Salimga yetakla tarzida). Lekin ―yetakla― leksemasi 
    orttirma nisbat shakli -t bilan shakllansa, (Salimga) so‗z shakli unga 
    tortilla oladi. Bunda ―yetakla‖ leksemasining sintaktik valentligi 
    o‗zgaradi.
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1.Kimyoviy bog‗lanish necha xil usul bilan amalga oshadi? 
    2. Tilshunoslikda valentlik nazariyasining shakllanishi qaysi 
    davrga to‗g‗ri keladi? 
    3.Valentlik atamasining ma‘nosi nima? 
    4. Valentlik tushunchasini kim birinchi bo‗lib o‗z asariga olib 
    kirdi? 
    5. Tilshunoslikda valentlik dastlab qanday birliklarga nisbatan 
    qo‗llanila boshladi? 
    6.Valentlik turlariga misol keltiring.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish