• Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu: Tilshunoslik va sotsiologiya. Sotsiolingvistika




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
     
    5-mavzu: Tilshunoslik va sotsiologiya. Sotsiolingvistika 
     
    Reja: 
     
    1.Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika fanining shakllanish tarixi. 
    2. Sotsiolingvistika fanining o‗rganish obyekti, predmeti, maqsad 
    va vazifalari.
    Tayanch so‘z va iboralar: til, inson, jamiyat, til siyosati, diskurs 
    tahlili, til me‟yori, variantlilik, diglossiya, bilingvizm 
    1.Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika fanining shakllanish tarixi. 
    Har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotida tilning o‗rni katta 


    34 
    ahamiyatga ega ekanligi, har qanday jamiyatning ilmiy asoslangan til 
    siyosatiga ehtiyoji barchaga ma‘lum. Shu bilan bir qatorda tilning 
    yashashi va rivojlanishi shu jamiyat bilan uzviy bog‗liq. Chunki til 
    o‗zining muloqot, bilish, ifoda vazifalarini bajarishi uchun uning o‗z 
    hududi, bu hududda yashovchi jamiyat, jamiyatning iqtisodiy bazasi 
    bo‗lishi kerak, zero, bu hudud, sodir bo‗layotgan barcha ijtimoiy-
    iqtisodiy o‗zgarishlar, ma‘naviy-mafkuraviy siljishlar tilga o‗z ta‘sirini 
    o‗tkazmay qolmaydi. Bundan tashqari fan-texnika taraqqiyoti, 
    globallashuv jarayoni ham tilga ta‘sir qiladi. Mana shu kabi tilning 
    jamiyat bilan bog‗liq jihatlarini o‗rganuvchi soha sotsiolingvistika 
    sohasi bo‗lib, sotsiolingvistika termini lotincha socialicjamiyat va 
    lingua – til so‗zlaridan tashkil topgan. Bu termin fanga birinchi marta 
    1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan 
    kiritildi. J.A.Fishmanning ―Til jamiyatidagi ma‘ruzalar‖ (―Readings in 
    the Society of Language‖) nomli to‗plamiga kirgan. 50-yillarning 
    lingvistlari, sotsiologlari, madaniyatshunoslari, dialektologlari va 
    kommunikatsiya (muloqot) sohasi mutaxassislarining maqolalarida
    sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‗tarib chiqildi.  
    Sotsiolingvistika o‗z o‗rganish obyekti bilan ―sof‖ lingvistikadan 
    farqlanadi. ―Sof‖ lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va 
    uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‗zaro munosabatini, 
    vaqt va zamonda o‗zgarishini tahlil qilish bilan shug‗ullansa, 
    sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, 
    ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‗ra qanday 
    qo‗llashlarini, ya‘ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga 
    qanday ta‘sir qilishini o‗rganadi. Masalan, ―sof‖ lingvistikada tomi 
    ketmoq iborasi ot va fe‘ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida 
    talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining 
    so‗zlashuv nutqida qo‗llanilgani qiziqtiradi. 
    Sotsiolingvistika sohasi shakllanishi va bu sohada ilmiy tadqiqotlar 
    olib borilishi XX asrning 50-yillariga tog‗ri kelsa-da, tilning 
    jamiyatdagi o‗rni, ijtimoiy turli-tumanligi haqidagi fikrlar qadimdan 
    bo‗lgan. Bu haqida sharq mutafakkirlari, jumladan A.N.Forobiy, 


    35 
    A.R.Beruniy, M.Koshg‗ariy, Yusuf Xos Hojib, A.Navoiy kabi 
    allomalarimiz o‗z qarashlarini bayon qilgan va o‗z asarlarida til odobi, 
    nutq madaniyati, tilning kommunikativ xususiyatlari haqida fikr-
    mulohazalarini bildirganlar.
     
    26
    Tilning jamiyatdagi o‗rni haqida
    ―Kultegin‖ bitiktoshida ham o‗ziga xos qarash bor, ya‘ni unda turkiy 
    xalqning Tabg‗ach xalqiga aldanib qolishida ularning shirin so‗ziga 
    ishonganliklari ham sabab etib ko‗rsatiladi va dushmanning tiliga 
    ishonib, aldanib qolmaslik uqtiriladi: Tabg‗ach budun so‗zi chuchuk, 
    og‗izi yumshoq ermish, suchuk so‗zi, yumshoq qiliq-la aldab, yiroq
    budunni ancha yaqinlatar ermish.
    27
    Abu Nasr Forobiy tilning ijtimoiy 
    mohiyati xususida: ―Inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so‗zlashga 
    muhtojdir, har bir insonning tabiatida boshqa bir kishi yoki ko‗pchilik 
    bilan fikrlashish, o‗zaro lisoniy aloqa qilish xususiyati bor‖, - degan 
    fikrlarni keltirsa, Abu Rayhon Beruniy: ―Til so‗zlovchi istagini 
    eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Shuning uchun til zamonning bir 
    onidek, turg‗un qismi kabi cheklanib qoladi‖, – deydi. 
    28
    Алишер Навоий ―Muhokamatul-lug‗atayn‖ asarida tilning 
    ijtimoiy vazifalarini juda to‗g‗ri belgilagan: ―Va bu so‗zning (Alloma til 
    ma‘nosida so‗z atamasini qo‗llagan) tanavvui taaqquldin nari va 
    tasavvurdin tashqaridadur. Agar mubolag‗asiz ijmol yuzidin qalam 
    surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa, yetmish ikki nav‘ bila taqsim 
    toparida xud hech so‗z yo‗qturki, yetmish ikki firqa kalomig‗a dalolat 
    qilg‗ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurki, rub‘i maskunning yetti 
    iqlimidan har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahr va 
    qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishinin ulus va har 
    tog‗ning qo‗llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va 
    savohilida ne tavoyif bor. Har jamoat alfozi o‗zgalaridin va har guruh 
    iborati yonalaridin mutag‗ayyir va bir necha xususiyat bila 
    mutammayizdurki, o‗zgalarda yo‗qtur‖.
    29
    Tillarning turli-tumanligi, 
    milliy tillardan tashqari sheva, jamoa, guruh tillari mavjudligi haqidagi 
    26
    Исломов Ў. Алишер Навоий асарларида нутқ маданияти талқини: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. –
    Тошкент, 2011. –Б.7-12.
    27
    Қаюмов А. Қадимият обидалари. –Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1972. –Б.135. 
    28
    Абу Райҳон Беруний. Ҳикматлар. –Тошкент: Ёш гвардия, 1973. –Б.22. 
    29
    Aлишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. –Тошкент: Akademnashr, 2017. –Б.29-30.


    36 
    Navoiyning ushbu fikrlari Yevropa olimlarining bu boradagi fikrlari 
    bilan hamohangdir. Jumladan, Ispaniya Salaman universiteti professori 
    Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi xususida shunday 
    yozgan: ―Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur viloyatlarda 
    yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‗liq ayrim 
    shakllar ham mavjud bo‗ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, 
    shaharliklar, zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, 
    qariyalar, erkaklar, ayollar va hatto, bolalarning tillaridir‖.
    30
    Yuqorida keltirilganidek, bu soha ildizlari tarixga borib taqalsa-
    da, fan sifatidagi rivoji o‗tgan asrga borib taqaladi. Bu sohaning alohida 
    yo‗nalish sifatida shakllanishida rus tilshunoslari I. A. Boduen de 
    Kurtene, Y.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, 
    A.M. Selishev, G.O.Vinokur, fransuz tilshunoslari F.Bruno, A.Meye, 
    P.Lafarg, M.Koen, shved tilshunoslari Sh.Balli, A.Seshe; belgiyalik 
    tilshunos J.Vandries, chex tilshunoslari B.Gavranek, A.Mateziuslarning 
    ilmiy g‗oyalari turtki bo‗ldi. Binobarin, A. Meyening til – jamiyat hayoti 
    bilan bevosita aloqada bo‗lgan ijtimoiy hodisa bo‗lgani uchun uning 
    rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari mavjudligi
    Sh.Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‗ra 
    taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‗zaro bog‗liqlikning 
    salmoqli o‗rin tutishi; rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til 
    egalarining ijtimoiy mavqeyiga bog‗liq bo‗lgan ijtimoiy differensiatsiya;
    Y.D.Polivanovning jamiyatning tilga ta‘siri to‗g‗ridan to‗g‗ri 
    bo‗lmasligi, 
    jamiyatdagi 
    o‗zgarishlarning 
    til 
    evolyutsiyasini 
    tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi haqidagi, shuningdek, 
    hududiy dialektologiya bilan birga, ijtimoiy dialektologiyaning ham 
    muhimligini 
    asoslash; 
    B.A. 
    Larin, 
    V.M.Jirmunskiy, 
    D.S.Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar, 
    argolar va tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‗rganishning 
    muhimligi to‗g‗risidagi g‗oyalari shular jumlasidandir.
    31
    30
    Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. -М., 1976. –C. 22.
    31
    Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. – C. 7. 


    37 
    XX asrning birinchi yarmidagi sotsiolingvistika diaxron jihatdan 
    talqin qilingan bo‗lsa, ya‘ni unda til evolyutsiyasi bilan jamiyat 
    rivojlanishining bog‗liqligiga e‘tibor qaratilgan bo‗lsa, XX asrning 
    ikkinchi yarmidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar sinxron xarakterga ega 
    bo‗lib, ularda til strukturasi unsurlari bilan jamiyat strukturasi unsurlari 
    orasidagi bog‗liqlik tahlil qilindi.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Tilshunoslik va sotsiologiya. Sotsiolingvistika

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish