Avtomatik tarjima kompyuter lingvistikasining eng zamonaviy
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan
jahon tillari uchun avtomatik tarjima dasturlari ishlab chiqilgan.
Jumladan, ruschadan inglizchaga, inglizchadan ruschaga, ruschdan
fransuzchaga yoki aksi tarzida dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar
sirasiga SOCRAT, PROMPT, MAGIC GOODDY kabilar kiradi. Ular 2
xil ta'minotga asoslanib ishlaydi: 1) lingvistik ta‘minot - bunda mavjud
tillarning
umumiy
leksikoni
kiritiladi,
uning
grammatikasi
joylashtiriladi, bir so‗z bilan aytganda, ma‘lumotlar bazasi yaratiladi; 2)
programmaviy ta‘minot. Bunda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish
algoritmi
va
kompyuter
analizi
ishlab
chiqiladi
(maxsus
programmalashtirilgan tillar yordamida).
Belgi – bu idrok qilinadigan narsa bo‗lib, idrok qiluvchiga o‗zi
haqida va ushbu belgidan tashqarida bo‗lgan boshqa narsa haqida
ma‘lumot beruvchi vositadir.
Belgi – sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilaridir.
Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini
tashkil etadi. Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya
jarayonida tovushlar yordamida ifodalanayotgan axborotga qo‘shimcha
axborotni bildirish yoki ―tovush nutqi‖ga yordamchilik qilish vazifasini
bajaradi. Kishilar o‗z nutqiy faoliyatida tez-tez qo‗llab turadigan mimika
va turli xil imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo‗shimcha
153
vositalar sanaladi. Ba‘zi o‗rinlarda qisman uning o‗rnini bosishi
mumkin.
Sanam belgilar – ifodalovchi ma‘lum darajada ifodalanmish bilan
o‗xshashlikka ega bo‗ladi (masalan, hayvonlarning tasvir belgisi sifatida
aks ettirilishi).