|
SFMlarning xillari va bo ‘linishi
|
bet | 10/42 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 5,05 Mb. | | #239366 |
Bog'liq Erkaklar va ayollar sartaroshi to\'plamSFMlarning xillari va bo ‘linishi. Kosmetik va parfumer prepa- ratlar texnologiyasida SFMlar (emulgator) sifatida tabiiy gidrofil yuqori molekulali birikmalar keng qo‘llanadi. Shu qatorda sintetik va yarim sintetik SFM ham ishlatiladi. Ularni turkumlarga bo‘lishda molekulaning tuzilishi, xususiyati hisobga olinadi.
SFMni suvli eritmada dissotsiatsiya qilish qobiliyatiga qarab, bir necha turkumlarga bo‘lish mumkin: IONOGEN(anion va kation aktivlar), NOIONOGENva AMFOTERLAR.
Ionogen emulgatorlar. Anion va kation SFMlar. Anionlar suvda dissotsiatsiyalanib, manfiy zaryadlangan va kationlar musbat zaryadlangan bo‘ladi. Anion SFMlarga: yelimlar, o‘simlik shilim- shiqlar, alkilsulfatlar, pektinlar, sovunlar va boshqalar kiradi.
Kation SFMlarga aminlarning tuzlari, ammoniy asoslarning tuzlari kiradi (ular surtmalarda ishlatiladi).
Noionogen emulgatorlar. SFMning molekulasi suvda parchalan- maydi va ionlar ham hosil qilmaydi. Ularga sorbitlarning sintetik hosilalari, tvinlar va spanlar, stearin kislotasining triglitseridi (emul- gator-2) va diglitseridi (emulgator-T-1), kraxmal, selluloza va uning hosilalari MS, Na-KMS kiradi.Amfoter emulgatorlar.Suvli eritmalarda kislota yoki ishqoriy holda dissotsiatsiyalanadi. Buning muhiti pH ga bog‘liq bo‘ladi. Ularga oqsil tabiatli: jelatoza, kazeinlarni misol qilib keltirish mumkin:
0,1—0,2 % konsentratsiyada;
salitsil kislotasi 0,2 %;
nipagin M (metil-gidroksibenzoat) 0,1—0,2 %;
nipagin A (etilgidroksibenzoat) 0,1—0,2 %.
Kosmetik va parfumer preparatlarda qo‘llaniladigan konser- vantlar:
pardozli sovun (PAS);
sovunli krem (SOK);
tozalovchi sut (TOS);
tozalovchi qaymoq (TOQ);
yog‘li teri uchun tozalovchi losyon (LOSY), (LOS LEV);
vitaminli losyon, o‘rta va quruq teri uchun (VITN);
erkaklar uchun losyon (EUL);
yuz terisini tozalovchi yog‘ (YTY);
maxsus yog‘li krem (MYK).
Terini chuqur tozalash uchun:
kepaklashtiruvchi krem (KEK);
barcha terilar uchun qumcha g‘ilof (BTQG‘);
tozalovchi g‘iloflar (O‘TTG‘, BTQG‘), YTTG‘, STTG‘.
|
| |