• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH XUDUDIY BOSHQARMASI
  • Nazariy O`quv mashg’ulotining o’qitish texnalogiyasi. 1-Mavzu:Kirish O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
  • O`quv mashg`uloti maqsadi
  • O`quv mashg`ulotning texnoloigik xaritasi
  • Tayanch bilimlarni faollashtirish: 1.Uyga berilgan vazifani nazorat qilish. Maqsad va vazifani belgilanishi
  • Yangi o`quv materialni mustaxkamlash
  • Erkaklar va ayollar sartaroshi fanidan taqvim mavzular rejasi




    Download 5,05 Mb.
    bet9/42
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,05 Mb.
    #239366
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
    Bog'liq
    Erkaklar va ayollar sartaroshi to\'plam

    Erkaklar va ayollar sartaroshi fanidan taqvim mavzular rejasi



    Mavzu nomi

    Jami

    O'qitishning tashkiliy shakli

    Mustaqil ta'lim

    O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baxolash

    1

    Kirish

    2

    Nazariy


    savol-javob

    2

    Mijozlarga xizmat ko'rsatishning tayyorlov va yakuniy ishlari

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob

    3

    Boshni yuvish

    2

    Nazariy


    savol-javob

    4

    Soch qirqish

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob

    5

    Sochni turmaklash

    2

    Nazariy


    savol-javob

    6

    Sochni turmaklash ketma-ketligi

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob

    7

    soqol olish

    2

    Nazariy


    savol-javob

    8

    Yuzni soqol va mo'ylov yordamida korresiya qilish

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob

    9

    Sochni bo'yash

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob

    10

    Sochni bo'yashdagi qoidalar

    2

    Nazariy

    1

    savol-javob


    jami

    20


    6




















    O`IBDO` : G.Sattorova


    O`qituvchi : M.Negmatova



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    SAMARQAND VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH XUDUDIY BOSHQARMASI


    TOYLOQ TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI
    “Erkaklar va ayollar sartaroshi”
    fanidan
    MAVZULAR TO’PLAMI
    Kafedra nomi: Umumkasbiy va maxsus fanlar
    kafedrasi

    O’qituvchi: M.Negmatova

    2022-yil.
    Nazariy O`quv mashg’ulotining o’qitish texnalogiyasi.
    1-Mavzu:Kirish
    O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli

    O`quv soati __2_ soat

    O`quvchilar soni: ______

    O`quv mashg`ulotning shakli va turi:

    Nazariy

    O`quv mashg`ulotning rejasi tuzilishi.

    1.Kirish
    2.Sartaroshlik kasbining kelib chiqishi va yaratilish tarixi



    O`quv mashg`uloti maqsadi:
    O’quv mavzusi bo’yicha tushunchalarni shakllantirish. Ta`lim va tarbiyaning mujassligi, o`q`uv mavzulari bo`yicha yoriqnoma berish, o`quvchilarni ma`naviyatli inson qilib tarbiyalash.



    Pedagogik vazifalar:
    O`quvchilarda yangi mavzu bo`yicha tushunchalarni shakillantirish. Axborot turlarini o`rgatish.
    O’quv mashg`ulotlari bo’yicha yo’riqnoma berish.
    O’quvchilarning baxolash tartibi.



    O`quv faoliyati natijalari:
    1.Dars davomida o`rganganlarini izoxlaydilar.
    2.O`tilgan mavzuni tushuntirib beradilar
    3. O`tilgan mavzu yuzasidan tushganlarini hayot bilan bog`lab va izoxlab beradilar

    O`qitish metodlari

    Axborotli kichik ma`ruza, namoyish, suhbat, savol javob, amaliy topshiriqlarni bajarilishi.



    O`qitish vositalri

    Ma`ruza matni,Terminallarkassa mashinalari Tarqatma materiallar, kompyuter, slaydlar, proektor.

    O`qitish faoliyatini tashkil etish shakillari

    Jamoavaguruhlardaishlash, Yakka tartibda va juftlashib ishlash.

    O`qitish sharoiti

    Maxsus texnik kassa apparat vositalar bilan jihozlangan o`quv amaliyot xonasi.

    Qayta a`loqaning usul va vositalari

    Savol- javob, og`zaki nazorat, tezkor so`rov test, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash

    O`quv mashg`ulotning texnoloigik xaritasi



    Ish bosqichlari va vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O`qituvchi

    Ta`lim oluvchi

    1-bosqich
    5 daqiqa

    Tashkiliy qism:
    O`quvchilarni mashg`ulotga tayorgarligi va davomotini tekshirish.



    O’quvchilar mashg’ulotga tayyorlanadilar.

    2-Bosqich
    Asosiy

    65 daqiqa



    Tayanch bilimlarni faollashtirish:
    1.Uyga berilgan vazifani nazorat qilish.
    Maqsad va vazifani belgilanishi:
    2. Mashg`ulotni nomi,rejasi,maqsad va o`qitish natijalari bilan tanishtirish.
    3.Adabiyotlar bilan tanishtirish
    Ta`lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
    4.Tezkor-so`rov, savol-javob, aqil hujum va boshqa metodlar orqali bilimlarni faollashtirish.
    Yangi o`quv material bayoni:
    5.O`quv mashg`ulotning rejasi va tuzilishi, o`qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha xarakatlar tartibini bayon etish.
    6.Yangi mavzu bo`yicha slaydlar tayyorlash
    Yangi o`quv materialni mustaxkamlash:
    7.Mustaxkamlash uchun savollar berish.
    8.O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linadi.
    9.Kichik guruxlarda ishlaydilar.
    10.Guruhlarda bajarish jarayonin kuzatish, maslaxatlar berish.
    11.Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma`lum qilish, guruhlar taqdimotini tashkil etish.
    12.Guruhlar o`zaro ishni baxolashni o`tkazadi.

    1. Uy vazifasini taqdim etish.

    2. Savollarga javob berish.

    3. Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar.

    4. Diqqat qiladilar.

    5. Topshiriqni bajaradilar.

    6. Kichik guruhlarga bo`linadilar.

    7. Kichik guruhda sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qiladilar

    8. Ma`lumotlarni daftarga qayt qiladilar.

    3-Bosqich
    Yakuniy

    10 daqiqa



    Mashg`ulot yakuni
    Yakuniy bosqicha o`quvchilarga berilgan topshiriqlarni qabul qilib olish va kamchiliklari bo`lgan o`quvchilarga amaliy yordam berish va baholarni e`lon qilish.
    Amaliy qilingan ishlarni kelgusi faoliyatidagi o’rni va ishlatilishi bilan tanishtirish.
    Kelgusi mashg’ulot mavzusi, Uyga vazifa

    O`quvchilarni baxolari bilan tanishtirish.
    Toshiqirni yozib olish.

    1-Mavzu: KIRISH.
    1.Kirish
    2.Sartaroshlikkasbining kelib chiqishi va yaratilish tarixi


    Go‘zallik o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lavermaydi. U tabiat in’omi. Grim bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar nozik didli va yuqori madaniyatli bo‘libgina qolmay, o‘ziga nisbatan e’tiborli ham bo‘lishlari lozim.
    Hech kimga sir emaski, maishiy xizmat madaniyati talablari yuqori darajada o‘sib kelayotgan bo‘lsa-da, grimchilarga kerakli e’tibor bilan qarashmaydi. Grimchi kasbi bir necha kasblar bilan o‘zaro bog‘liq (grimchi, postijchi, sartarosh).Grimchilar grim qilish sexlarida, teatrlarda hamda telestudiyalarda ishlashadi. Grimchi faqat grim qilishni emas, balki soch kesishni va turmaklashni, niqoblar va postij mahsulotlari tayyorlashni bilishi shart. Odamlar hamma vaqt grimga qiziqish bilan qarashgan. Grim dekorativ kosmetikaning bir qismi, chunki ularni ko‘p narsa birlashtiradi. Grim sahnada obraz yaratishga imkon yaratadi. Grim orqali sahna ko‘rinishining g‘oyaviy-badiiy mazmunini ochib berishga katta yordam beriladi. Grim bevosita sahna ko‘rinishining stilistika, janr va madaniyati bilan bog‘liq.
    Yuzni va bo‘yinni gigiyenik hamda profilaktik parvarishlash — kosmetik muolajalar, makiyaj texnikasi va texnologiyasini amaliyotda bajarishdir. Bu fanni o‘rganishda o‘quvchilar kosmetik muolajalarni bajarish jarayonida kosmetik vositalardan foydalanishni, kosmetik vositalarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini bilgan holda teriga ta’siridan ham xabardor bo‘lishlari zarur. Bu fan biologiya, anatomiya, sanitariya va gigiyena, kimyo kabi fanlar bilan bog‘liq. Mashg‘ulotlarga ijodiy yondashish talab qilinadi. Grim san’atini ikki janrga bo‘lish mumkin: grimni izlash va topish hamda uning texnik bajarilishi.
    «Kosmetika» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, «kosmetike» — san’at, bezak ma’nolarini bildiradi. Kosmetika faqatgina pardoz vositasi sifatida emas, balki jarrohlik va fizioterapevtik usullarda ham qo‘llaniladi.
    Qadimgi davrdanoq odamlar pardoz vositalaridan foyda- langanligi hammamizga ma’lum. Har doim tashqi ko‘rinishga e’tibor berish barcha davr odamlariga xos odat bo‘lgan.Bu — badan vayuzni toza saqlashga bo‘lgan intilishning kuchayishiga olib kelgan. Bayram kunlari, diniy marosimlar, to‘y va tantanalarda, harbiy yurishlarda ibtidoiy kishilar o‘zining badan va yuzlarini yuvilganda tez ketadigan bo‘yoqlar bilan bo‘yashgan. Buning uchun rangli tuproq, bo‘r, pista, ko‘mir, o‘simlik va barglarning suvlaridan foydalanishgan. Hayvon yog‘ini o‘z tanalariga surib, sovuq va issiqdan saqlanganlar.
    Arxeologlar muz davriga tegishli bo‘lgan tobutlardan dastlabki lab bo‘yoqlarini, ko‘z va qoshlarni bo‘yaydigan qalamchalarni, tanaga rasm chizuvchi ignalarni topishgan. Misr kosmetikaning vatani deb hisoblanadi.Bunga Nefertitining tobutidan topilgan murdasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Agar unga yaxshilab e’tibor beradigan bo‘lsak, Nefertitining yuzi did bilan pardoz qilinganligini, qoshlari terilgan hamda lablarining bo‘yalganligini ko‘rsa bo‘ladi. Tibbiyot asoschisi Gippokrat ham pardoz vositalarini tayyorlash bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar qoldirgan.
    Sharq mamlakatlarida atir, surma, mushk-anbar, upa-elik kabi mahsulotlarni tayyorlash qadimdan yo‘lga qo‘yilgan. Ulardan xotin- qizlar, erkaklar pardoz-andoz va gigiyena vositasi tarzida keng foydalanishgan. Attorlar bu mahsulotlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishgan.
    Parfumeriya — kosmetika sanoat tarmog‘i tarzida XVII asr oxirida Fransiyada, keyinchalik Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda parfumeriya-kosmetika sanoati korxonalarida odekolon (xushbo‘y suvlar), sovg‘a yig‘malari, upa, tish poroshogi, gigiyenik va profilaktik tish pastalari, krem, losyon, shampun va boshqa kosmetika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tarmoqdagi eng yirik korxona Toshkent parfumeriya-kosmetika zavodi dastlab bir xil flakonlarda odekolon, qog‘oz paketlarda upa va tish kukuni ishlab chiqargan. Sexlarning rekonstruksiya qilinishi va yangilari qurilishi ishlab chiqarish hajmini oshirishga, yuqori navli parfumeriya mahsulotlari, sovg‘a yig‘malari va chiroyli qulay qutichalarda buyumlar ishlab chiqarishga imkon berdi.
    O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab O‘zbekistonda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar davomida parfumeriya-kosmetika sanoatining ayrim korxonalari xususiylashtirildi. 1997-yil martda «Lola upa» korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.2001-yildan Toshkent shahrida Rossiyadagi «Kalina» konsernining sho‘ba korxonasi — «Pallada-Vostok» faoliyat olib bormoqda.
    Rivojlangan mamlakatlarda parfumeriya-kosmetika sanoati korxonalari yirik ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lib, o‘z mahsulotlarini butun dunyoga sotadi. «Avon Products», «Procter & Gamble» (AQSH), «Oreal», «Lancome» (Fransiya), «Sardli», «Max Faktor» (Buyuk Britaniya), «Schwarzkopf & Henkel» (Germaniya), «Adam» (Italiya), «Shiseido» (Yaponiya) firmalari, ayniqsa, mashhur. Bu firmalarda 500 dan ziyod kosmetika va 700 dan ziyod parfumeriya mahsulotlari ishlab chiqariladi.
    Mamlakatimizda kosmetika vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar tobora ko‘payib bormoqda. Xorijning eng mashhur savdo markalari ostida ishlab chiqarilayotgan parfumeriya va kosmetika mahsulotlari ham bugun do‘konlarimiz peshtaxtalarini to‘ldirib turibdi. Mamlakatimizga chetdan kirib kelayotgan har bir mahsulot, jumladan, parfumeriya, kosmetika va gigiyena vositalari jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgan holda sertifikatlash asosida sotuvga chiqarilishi bu boradagi xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.
    An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston go‘zallik sanoat salohiyati va yutuqlarini keng namoyish etish, tarmoqni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xorij investitsiyasini jalb etish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun qulay zamin yaratmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda davolash kosmetikasining tabiiy usullariga aholining e’tiborini kuchaytirish, tabiiy mahsulotlar asosida yaratilgan pardoz mahsulotlarini ko‘paytirish, soha mutaxassislarining o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini bermoqda.


    Kosmetik va parfumer vositalar texnologiyasida SFM keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy vazifasi — vositalarning fizik-mexanik turg‘unligini ta’minlash. Qo‘llaniladigan SFM tabiati, kimyoviy tuzilishi, emulgirlash xossalari bo‘yicha turli xil. Lekin ularning umumiy bir xususiyati mavjud — bu ularning difilligi.
    SFMlar molekulalari gidrofil va gidrofob (lipofil) qismdan iborat. Gidrofil qismi suvda eruvchan, lipofil qismi esa yog‘da eruvchan (lipidlarda) bo‘ladi. Gidrofil qismlari, asosan, sulfat, sulfonat, karboksil, ko‘p atomli spirtlar, murakkab efirlardan iborat. Lipofil guruhlari esa uglevodorod, yog‘ kislotalar, alkil, aromatik uglevodorodli radikallardan tashkil topgan.
    Dispers sistemalarda SFM (emulgator) molekulalarining joylanishi o‘ziga xos tartibda bo‘ladi. Bunda gidrofil guruhlar har doim suvli fazaga, lipofil guruhlar esa yog‘li fazaga qaragan bo‘ladi. Shu tartibda emulgatorlarning joylanishi yuza tarangligining pa- sayishini ta’minlaydi.

    Download 5,05 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




    Download 5,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erkaklar va ayollar sartaroshi fanidan taqvim mavzular rejasi

    Download 5,05 Mb.