|
O’quv rejasiga muvofiq o’zaro bog’liq bo’lgan fanning nomi
|
bet | 5/42 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 5,05 Mb. | | #239366 |
Bog'liq Erkaklar va ayollar sartaroshi to\'plamO’quv rejasiga muvofiq o’zaro bog’liq bo’lgan fanning nomi
|
soch turmagi va tasviriy san’at tarixi, ram va rang-tasvir, anatomiya va fiziologiyaning plastik asoslari/
|
O’qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim;A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o’tkaziladigan mashg’ulot.
|
Dasturga qo’yilgan talab
|
Majburiy
|
O’qitish tili
|
Guruhda belgilangan o’qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo’yicha amaldagi tartib asosida
|
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
|
Yozma, og’zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
2. O’quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O’qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Kirish.
|
Sartaroshlik sohasining rivojlanishi. Sartaroshlik xizmatlari bilan shug’ullanuvchi korxonalarning kengayish tarmoqlari.
Aholiga sifatli xizmat ko’rsatuvchi sartarosh ustalarning malakali va madaniy-texnik sifat darajasining ko’tarilishi.
Maishiy xizmat ko’rsatish va sartaroshlik tarmog’ining rivojlanishi.
Sartaroshlik ishlari va turlarining kengayishi.
Sartaroshxonalarningjoylashuvi. Sartaroshlik turlari: kompleks, maxsuslashtirilgan, mavsumiy, yo’llardagi. Sartaroshlik binosi: kutish zali, ishlab chiqarish, yordamchi va sklad, ma’muriy-maishiy, sanitar-texnik – ularning vazifalari va ularga bo’lgan talab.
Bino maydonining me’yorlari. Ish o’rinlarining yoritilish qoidalari. Havo almashtirish – tabiiy va sun’iy. Sartaroshlik ish o’rnining uskunalari.
Sartaroshlik asboblari va moslamalari, ularning tavsifi. Parvarishlash va dezinfeksiyalovchi vositalar.
Elektr apparaturalar va elektr asboblari, ularning tavsifi, vazifalari.
Elektr asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizligi.
Yong’inga qarshi tadbirlar.
|
2
|
N
|
|
2
|
Mijozlarga xizmat kursatishning tayrlov va yakunlovchi ishlari. Boshni yuvish.
|
Tayyorlov ishlari: ish o’rnini tayyorlash, asboblar, uskunalar va materiallar, apparaturalar, qo’lni yuvish, penyuar bilan mijozni o’rash, asbobni dezinfeksiyalash.
Yakunlovchi ishlar: qirqilgan kichik sochlarni tarab tushirish, mijozdan sartaroshlik matosini yechish, yuz va bo’yindan sochlarni tushirib tashlash. Ish kartochkasini rasmiylashtirish, stol ustini tartibga keltirish.
Sartaroshlik matolarini qo’llash va uni ishlatish me’yorlari. Mijozlarni qabul qilish tartib va qoidalari. Xizmat ko’rsatish madaniyati. Boshni yuvish jarayonining maqsadlari: gigiyenik, deformasion, tayyorlov.
Boshni yuvish usullari. Yuvuvchi vositalar va ularning teri va sochga ta’siri. Qattiq va yumshoq suv, uni yumshatish usullari. Sovun ko’pigi bilan sochni sovunlash va yuvish. Sochni silash.
Bosh terisi va sochlarning tuzilishiga qarab sochlarni va boshning sochli qismini parvarishlash. Boshning sochli qismi terisini massaj qilish. Massajning maqsadi. Qo’llanma va ehtiyotkorlik choralari. Massaj texnologiyasi. Harakatning ketma-ketligi. Bosh terisi va sochlarni parvarishlash uchun ishlatiladigan kosmetik vositalar.
|
4
|
NA
|
2
|
3
|
Soch kirkish.
Sochni turmaklash.
|
Tarixiy ma’lumot. Soch qirqishning fason va turlari. Soch qirqish usullari: soch haqida ma’lumot yo’q (taroqni ishlatmasdan, taroqni ishlatib), tushevka (oddiy va filirovka qaychida, ustarada), okantovka (mashinkada, oddiy qaychida, ustarada). Oddiy qaychi va ikki juft oddiy qaychi yordamida sochni qirqish usullari “sessun”, ”graduirovka”, ”baxrama”; sirpanuvchi filirovka,buralgan tutam sochlarni ustara yordamida filirovka qilish. Bu usullar chizmada ko’rsatilgan.
Boshning qismlari, sochning chetki qismlarining o’sishi, soch qirqishda qo’llaniladigan, sagittal, vertikal, gorizontal, diagonal, radikal uskunalar.
Soch qirqishning konstruktiv xususiyatlari: sochning uzunligi, instrumentlar, ”ottyajka”larning asosiy yo’nalishlari;sochning zonalarga bo’linishi, zonalarga ishlov berishning ketma-ketligi;soch qirqishning modellashtiruvchi usullari,kontrol soch tutamlari,okantovkaning xususiyatlari. Erkak yuzining soch qirqishda korreksiyasi. Bolalarning sochlarini qirqishdagi o’ziga xos xususiyatlar. Klassik, sportchi kabi soch qirqishlarining o’ziga xos xususiyatlari. Soch turmaklashning asosiy elementlari:soch farqi, soch yarim farqi, to’lqin, kron, to’lqin soch.Sochni turmaklash usullari: fen yordamida, issiq vositalar yordamida jingalak qilish, bigudi yordamida, bigudi yordamisiz (sovuq usulda turmaklash).
|
6
|
NA
|
2
|
4
|
Sokol olish.
|
Soqol olish haqida umumiy ma’lumot. Tayyorlov ishlari, ish asbobini dezinfeksiya qilish. Ustarani ishga tayyorlash qoidalari. Sovunlash (uch asosiy usullari). Soqol olishning asosiy usullari. Ishni bajarishning ketma-ketligi va qoidalari.
Qattiq va har tarafga qarab o’suvchi soqollarni olishning xususiyatlari, o’ta ta’sirchan terilarda, notekis terilarda (shramlar, so’gallar, shishlar va boshqalar).
Yuzni soqol va mo’ylov yordamida korreksiya qilish.Soqolni ustarada va ustarasiz kesish.
Mo’ylovni qirqish.
|
4
|
A
|
1
|
5
|
Sochni buyash.
|
Bo’yoq guruhlari, ularning tavsiflari. Soch bo’yashda ishlatiladigan asboblar va moslamalar. Soch bo’yashning umumiy qoidalari.
Soch bo’yashdan oldingi tayyorgarlik ishlari: sochning tuzilishini aniqlash, terining ta’sirchanligini aniqlash, bo’yoqlarni aralashtirish va boshqalar.
Bo’yoqlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralari.
|
2
|
N
|
1
|
6
|
Sochlarni usimlikdan olingan buyoklar va buyovchi shampunlar yordamida buyash.
|
O’simliklardan olingan bo’yoq, xna va basmaga tavsif. Xna va basmani aralashtirgan va aralashtirmagan holda bo’yash usullari. Aralashtirilgan holda bo’yashda bo’yoq miqdori, ushlash vaqti. Yakuniy ishlar.
Bo’yovchi shampunlarga tavsif va ularning ta’siri.
|
4
|
A
|
1
|
7
|
Kimyoviy buyoklar bilan sochni buyash.
|
Kimyoviy bo’yoqlarga tavsiflar, ularning xususiyatlari. Soch turiga qarab kimyoviy bo’yoqlarda perekis vodorodini ishlatish. “Londa kolor”, ”Koleston” va boshqa kimyoviy bo’yoqlarni ishlatish bo’yicha qo’llanma. Bo’yoq surish texnologiyasi, ushlash vaqti.
Kimyoviy bo’yoqlar yordamida oqargan sochlarni bo’yash. Kimyoviy bo’yashdan keyingi soch parvarishi.
|
4
|
NA
|
1
|
8
|
Okartiruvchi buyoklar bilan sochni buyash.
|
Oqartiruvchi bo’yoqlarga tavsif. “Igora”, ”Likvid”, “Wella”, ”Jele Blansh” va boshqa oqartiruvchi bo’yoqlarni qo’llash usullari bilan tanishish. Blondoranlarni ishlatishning umumiy qoidalari.
Uzun va kalta, ildizlarni, 1-3 sm, 4-5smga yangi o’sgan sochlarni bo’yash. Blondoran surish texnologiyasi, ularning soch guruhiga va oqartirish bosqichiga ko’ra me’yorlari. Ushlash vaqti.
Yakuniy ishlar. Bo’yashdan keyin sochni davolash. Sochni oqartirishdan keyin sinishiga olib kelgan sabablar.
|
4
|
NA
|
1
|
9
|
Uzok muddatga sochni jingalak kilish.
|
Sochlarni termik jingalak qilishning yaratilish tarixi. Asboblar va moslamalar. Tayyorlov ishlari. Termik jingalaklash uchun tarkiblar. Sochlarni qisqichda yig’ish usullari, soch o’ramini prujinacha o’rash, tarkibning ta’sir vaqti, yakuniy ishlar.
Sochlarni termik jingalaklashda xavfsizlik texnikasi ehtiyot choralari.
|
4
|
NA
|
1
|
10
|
Kimyoviy usulda sochni jingalak kilish.
|
Kimyoviy jingalaklashning chet el va o’zimizda ishlab chiqarilgan preparatlari. Kimyoviy jingalaklashning xususiyatlari, kimyoviy jingalaklashda soch sinishining sabablari. Tayyorlov ishlari. Kimyoviy jingalaklash texnologiyasi. Tarkiblarning va fiksaj (qotirish)ning ushlash vaqti. Yakunlovchi ishlar. Sochlarni frontal zonada vertikal to’lqinli kimyoviy jingalaklash. Sochlarni frontal zonada gorizontal to’lqinli kimyoviy jingalaklash. Plastmass shpilkalarda sochlarni jingalaklash.
Spiral kimyoviy jingalaklash. 2 koklyukada kimyoviy jingalaklash, parallel joylashgan koklyushkalarda.
To’lqinli jingalaklash. O’rilgan sochlarni jingalaklash.
Kimyoviy jingalaklash vaqtida xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralari.
|
6
|
NA
|
|
|
| |