• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………….. 68
  • Bitiruv ishining dolzarbligi.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………………………




    Download 2.38 Mb.
    bet3/30
    Sana02.12.2022
    Hajmi2.38 Mb.
    #32804
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    BLI TSM1
    Katta sonlar qonuni, mustaqil ishi, “THE USE OF FORMULAIC LANGUAGE BY ENGLISH AS FOREIGN LANGUAGE (EFL) LEARNERS IN ORAL PROFICIENCY EXAMS., 8-Labaratoriya, 21.40.AXMADALIYEVA Muqaddasxon -Raqamli va axborot texnologiyalari fanidan-Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish va mill, Диагностика в гештальте, Диагностика и антибактериальная терапия атипичных пневмоний, 152372671, 01-04 15-47
    XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………………………..

    61

    GLOSSARIY …………………………………….........................................

    64

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………..

    68



    KIRISH.


    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashtirish va talimda axborot – axborot texnologiyalarini qo‘llash muammolariga hukumatimiz tomonidan alohida etibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev so‘zlari bilan aytilgandek “Oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni albatta amalga oshirishimiz kerak” [1].


    Shu bois, Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida ko‘zda tutilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy talim tizimini axborotlashtirish kontseptsiyasi”ni qabul qilinishi mazkur dasturlar doirasida Respublika oliy talim muassasalarida axborot texnologiyalarini talim jarayonida qo‘llashni yangi usul va vositalar yordamida tashkil etish, masofadan turib o‘qitish va kompyuterlashtirilgan anjumanlar o‘tkazishga erishish, elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashga qaratilgan tadbirlar, talimni isloh qilish bo‘yicha nufuzli loyihalar, ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqoza etadi.
    Bitiruv ishining dolzarbligi. Bugungi kunda hayotimizning har bir jabhasi jadallik bilan tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir paytda axborot komunikatsiyalardan keng foydalanib, zamonaviy texnologiyalar, elektron qurilmalar kabi tushunchalar ham har bir kunimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
    Tezlik bilan rivojlanib va keng tarqalib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari davrida hayotimizni qo‘l telefonlari, cho‘ntak kompyuterlari, kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz juda ham qiyin. Biz bilamizki hozirgi davrda boshqa texnika vositalari qatorida qo‘l telefonlari ham takomillashib, murakkablashib, mukammallashib boryapti. Bunda foydalanuvchilar soni esa kundan kunga jadallik bilan oshib boryapti. Yosh boladan tortib keksa kishilargacha qo‘l telefon xizmatlaridan foydalanishmoqda. Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo‘l telefonlari kuchayib ketdi. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin. Ulardagi operasion tizimlar ham sun’iy intellektga qarab takomillashib bormoqda. Shu jumladan, yaqin yillarda o‘z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda smartfon bozorining 75% ini egallashga ulgurgan Android operatsion tizimi yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda. Bu degani, ushbu OTdan aholining 50-60 foizi foydalanadi. Operasion tizim foydalanuvchilari qanchalik ko‘payib borsa, unda ishlaydigan dasturlarga bo‘ladigan ehtiyoj ham shunchalik kattalashadi. Demak, Mobil texnologiyalar mobil ilovalar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tuzish ko‘proq ularni ta’lim sohasida ko‘proq tatbiq etish talab etiladi. Biz ham shuni inobatga olib, hozirgi kunda o‘qituvchilarimiz uchun juda qo‘l keladigan mobil texnologiyalarning yangi ko‘rinishini yoritish, ya’ni o‘qitishning yangi bugungi kunini ochib berish. Amalda bu ko‘rinishdagi metodlar mavjud emasligi va bu xildagi o‘quv vositalariga talabning yuqoriligi tadqiqotimizning dolzarbligini belgilab beradi.

    Download 2.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 2.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………………………

    Download 2.38 Mb.