O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




Download 2.38 Mb.
bet5/30
Sana02.12.2022
Hajmi2.38 Mb.
#32804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BLI TSM1
Katta sonlar qonuni, mustaqil ishi, “THE USE OF FORMULAIC LANGUAGE BY ENGLISH AS FOREIGN LANGUAGE (EFL) LEARNERS IN ORAL PROFICIENCY EXAMS., 8-Labaratoriya, 21.40.AXMADALIYEVA Muqaddasxon -Raqamli va axborot texnologiyalari fanidan-Yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish va mill, Диагностика в гештальте, Диагностика и антибактериальная терапия атипичных пневмоний, 152372671, 01-04 15-47
Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, oltita bo‘lim, xulosa, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 23 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. İshning asosiy hajmi 70 betni tashkil etadi.
I BOB. “MOBIL ALOQA TEXNOLOGIYALARI” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI.
1.1. Mobil texnologiyalarning rivojlanish tarixi, O‘zbekistonda mobil texnologiyalarning shakllanishi.
XIX asrning so‘nggi yillarida simli telegrafning takomillashib, rivojlanishi bilan telefon ham ixtiro etildi. 60-yillarda I. F. Reys telefon apparatini loyihalashtirdi va u tezda amaliyotda qo‘llanila boshladi. Keyinchalik telefon rivoji amerikalik ixtirochilar I. Grey (1835–1901) va A. G. Bell (1847–1922)lar nomi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bell uzatuvchi va qabul qiluvchi elektromagnit telefonini taqdim etganda unga katta qiziqish bilan qarab «Bell telefon kompaniyasi»ning tashkil etilishiga ko‘maklashdilar. Natijada u yirik konsernga aylanib ketdi.
1878-yilda D. E. Yuz o‘zi a’zo bo‘lgan London qirollik jamiyatiga mikrofon ixtiro etganligini ma’lum qildi. Yuz sifatsiz elektr ulanishlarni tadqiq eta turib, bunday ulanishda, telefonda shovqin eshitilishini aniqladi. Turli materiallardan tayyorlangan ulanishlarni tekshirib, presslangan ko‘mirdan foydalanilganda katta samara berilishini aniqladi. Yuz mazkur natijalarga tayanib, 1877-yilda mikrofon deb nomlangan telefon uzatkichni taqdim etdi. «Bell kompaniyasi» Yuzning yangi ixtirosini o‘zining dastlabki apparatida mavjud bo‘lmagan detal sifatida ishlab chiqara boshladi. Telefonning takomillashuvi ustida (V. Simens, Ader, Gover, Shteker, Dolbir va boshqa) ko‘plab ixtirochilar mehnat qildilar. Edison boshqa turdagi telefon apparatini loyihalashtirdi (1878). U ilk bor telefon apparati sxemasiga induksion katushka va presslangan ko‘mir qurumili mikrofonni kiritdi va uzoq masofalarga ovozni uzatishni ta’minladi.
Bellning ixtirosi mobil aloqa asrini boshlab berdi. «Telefoniya» atamasi ancha keng ma’noga ega bo‘lib, telefon aloqasining barcha ilmiy-texnik jihatlarini qamrab oldi. 1876-yildan keyin telefon aloqasi abonentlar sonining va tarmoq bo‘yicha uzatiladigan axborot hajmining o‘sib borishi bilan eng ommabop aloqa vositasiga aylandi. Mobil aloqasining bunday ahamiyati uning boshqa texnika vositalariga nisbatan shaxsiy muloqot o‘rnatishni samarali ta’minlashi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur aloqa vositasi orqali: telefon xabari bir vaqtda ma’no-mazmunli axborot (matn)ni uzatadi, xabar bilan birga, gapirayotgan odamning individual belgilari va emotsional bo‘yoqlari bilan yetkaza oladi.
O‘tgan 125 yil mobaynida telefoniya Bell taklif etgan qo‘shni binodagi shaxslar bilan muloqot qilishga asoslangan oddiy elektromagnit telefondan videotelefonga va hozirgi global telefon aloqasi tarmog‘iga aylangunga qadar, katta yo‘lni bosib o‘tdi. Keyinchalik Bellning ixtirosi keng qo‘llanila olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli ham, 1878-yilda Nyu-Xeyven (AQSH) shahrida abonentlarga xizmat qiluvchi dastlabki telefon stansiyasidan foydalanila boshladi. Keyinchalik telefon aloqasida muloqot zonasini kengaytirib borish zarurati tug‘ila boshladi. Shu tariqa, telefon tarmog‘ida ko‘p bosqichli struktura konsepsiyasi yuzaga keldi. Telefon tarmog‘i masshtabi kengligi va murakkabligidan qat’iy nazar, uch guruhga birlashtirish mumkin bo‘lgan elementlardan tashkil etiladi:
•abonent terminallari (odatda — telefon apparati);
•aloqa liniyasi (abonentlik va birlashtiruvchi liniyalar);
• kommutatsiya markazi va telefon stansiyalari.



XX asrning 70-yillaridan mobil texnologiya rivojida katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. asosini yangi texnologiyalar tashkil eta boshladi:
• elektron texnologiya mobil texnologiyaning barcha apparat vositalarini elektron elementlar va texnologik bazaga o‘tishiga imkon berdi;
• barcha turdagi axborotni yagona raqamli shaklda bera oladigan raqamli texnologiya, shuningdek, uzatish va kommutatsiya tizimi;
• ATS’ni boshqarishda foydalanila boshlangan kompyuter texnologiyasi yordamida kompyuter terminallarining yaratilishi, abonentga yagona terminal orqali barcha turdagi axborotni olish imkoniyatini berdi.
Mobil texnologiyaning kompyuterlashtirilishi kompyuter-telefon integratsiyasi (Computer Telephone Integration — CTI) deb atalib, turli tarmoqlarni, uzatish tizimi, kommutatsiya, terminal qurilmalarini boshqarish ishlarini birlashtirish imkonini berdi.



Computer Telephone Integration — CTI.
Mobil texnologiya tarixining ikkinchi bosqichida katta o‘zgarishlar bo‘lib, shu bilan birga, ayniqsa, keyingi o‘n yilliklarda yuqori sur’atda o‘sish ko‘rsatkichlari namoyon bo‘ldi. Mujassamlangan xizmatlar tizimi va tarmog‘i (ISDN — Integrated Services Digital Network) paydo bo‘ldi.

Mujassamlangan xizmatlar tizimi va tarmog‘i
(ISDN — Integrated Services Digital Network)
Telefoniyaning Mobil aloqa tarmog‘i, abonentni simsiz ulash kabi ilovalari muvaffaqiyatli taraqqiy etmoqda. Kompyuter-telefon integratsiyasi yo‘nalishi barcha funksiyalarga ega dasturiy-apparat platformasini — intellektual tarmoq serveri yagona tizimining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Multimediyali ilovalar (videokonferensiyalarni uzatish va boshqalar), paketli kommutatsiya tarmog‘i bo‘yicha nutqni uzatadigan IP-telefoniya texnologiyasi ham tez sur’atlarda rivojlana bordi.
Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular eng keng tarqalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CD MA dan foydalanadi. Respublikamizga mobil aloqa texnologiyalarning kirib kelishi quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq: "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika QK (1992 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning "Bakri kommyunikeyshn" kompaniyasi 1996 yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); "Oʻzmakom" kompaniyasi (Malayziyaning "Superior Kommyunikeyshne" kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996 yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning "Daewoo Unitel" kompaniyasi (1997 yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997 yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boradi). Hozirda Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar o‘z faoliyatini olib bormoqda.



Download 2.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 2.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Download 2.38 Mb.