105
Ixtiro
– bu ijobiy samara beradigan xalq xo‗jaligi, ijtimoiy – madaniy yoki
mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohalarida yangi va umuman farq
qiladigan masalani texnik echimini topish hisoblanadi.
Ratsionalizatorlik taklifi
– mahsulot konstruksiyasi, ishlab chiqarish
texnologiyasi va qo‗llaniladigan texnologiya yoki material tarkibi o‗zgarishini
nazarda tutadigan korxona uchun yangi hisoblangan va rasmiylashtirishga berilgan
texnik echim hisoblanadi.
Sanoat nusxasi
– mahsulotning texnik va estetik xususiyatlar birligini
ta‘minlaydigan yangi, sanoat uslubi bilan ishlab chiqarishga muvofiq keladigan
badiiy echim hisoblanadi.
Tovar belgisi
- o‗rnatilgan tartibda ro‗yxatdan o‗tgan bir xil mahsulot ishlab
chiqaruvchi bir korxonaning boshqasidan farqliligini ko‗rsatuvchi belgidir.
YAngilik mualliflariga diplom, ixtiro mualliflariga esa patent yoki mualliflik
guvohnomalari beriladi.