116
30-XL shakl - Bir kecha-kunduzda presslangan tola ishlab chiqarish haqida
ma‘lumot;
31-XL shakl - Bir kecha-kunduzda paxta momig‗i va tolali chiqindilar ishlab
chiqarish haqida ma‘lumot;
32-XL shakl - Paxta tolasi, paxta momig‗i va tolali chiqindilar ishlab
chiqarish haqida axborot (raport);
33-XL shakl - Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini hisobga olish daftari.
Har bir to‗dadagi paxtani qayta ishlashga berish uchun 28-XL shaklli ishlab
chiqarish topshiriqnoma asos hisoblanadi.
28-XL shaklli ishlab chiqarish topshiriqnomani moddiy javobgar shaxs -
katta saralovchi paxta zavodining rejalash bo‗limi boshlig‗i hamkorligida 6
nusxada yozadi va zavod bosh muhandisi, xom-ashyo va tayyor mahsulotlar
bo‗limi, texnikaviy nazorat bo‗limi, rejalash bo‗limi boshliqlari hamda bosh
buxgalter imzolaydi.
Urug‗lik paxtani tozalashda etti nusxada ishlab chiqarish topshiriqnomasi
yoziladi. Ettinchi nusxa urug‗lik laboratoriyasi rahbariga beriladi.
Zavod direktori tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish topshiriqnomasi
to‗daga qayta ishlov berish boshlangunicha 48 soat ichida ijro uchun bosh
muhandisga, xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi, texnika nazorati bo‗limi
(TNB), smena boshliqlariga topshiriladi. Topshiriqnomaning ikki nusxasi zavod
rejalash bo‗limi boshlig‗ida qoldiriladi.
Ishlab chiqarish topshiriqnomasining I-qismi paxta uchun 8-XL shaklli
pasport va paxta zavodida paxta harakatini hisobga olishning 27-XL shakli
asosida to‗ldiriladi.