|
Tovar mahsuloti tarkibi. Tovar mahsulotiBog'liq SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланмаTovar mahsuloti tarkibi. Tovar mahsuloti
– bu paxta tozalash
korxonasining tayyor va yarim tayyor mahsuloti bo‗lib (amaldagi standart
me‘yorlariga mos keladigan paxtachilik mahsulotlari – paxta tolasi, chigiti, momiq,
tarkibida kalta tola bo‗lgan chiqindilar qiymati), chetga sotishga mo‗ljallangan
bo‗ladi. Bundan tashqari, tovar mahsuloti tarkibiga: Sanoat tavsifiga ega bo‗lgan
ishlar va maishiy-xizmat ko‗rsatish ishlari (yordamchi sexlarning boshqa joyga
sotiladigan mahsulotlari, asbob-uskunalarning kapital ta‘miri, dastgohlarni
o‗rnatish bilan bog‗liq bo‗lgan montaj ishlari harajatlari va boshqalar) kiradi. Paxta
tozalash korxonalarida yarim tayyor mahsulot bo‗lmaydi (5.1-rasm).
113
5.1-rasm. Tovar mahsuloti
Yalpi mahsulot ko„rsatkichi.
SHu bilan birga, vaqtincha ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini o‗tgan yillar bilan solishtirish uchun korxonalarda
yalpi
mahsulot
ko‗rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi mahsulot korxonaning ma‘lum davr
mobaynida qilgan ishlarining pul hisobidagi umumiy hajmini ifodalaydigan
mahsulotdir. Yalpi mahsulot tovar mahsulotidan shunisi bilan farq qiladiki, uning
tarkibiga reja davrida tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonaning o‗zida
ishlatilayotgan yarim fabrikatlarning ortishi yoki kamayishi hamda buyurtmachi
materiali va xom-ashyosining qiymati hamda to‗liq tovar mahsuloti qiymati kiradi.
SHuningdek, tovar va yalpi mahsulotni pul bilan baholash o‗rtasidagi farq shundan
iboratki, yalpi mahsulot solishtirma narxlarda baholansa, tovar mahsuloti esa
amaldagi mavjud ulgurji – sotish korxonalarida baholanadi.
Sotilgan mahsulot
deb – iste‘molchilarga va buyurtmachilarga etkazib
berilgan hamda ular tomonidan haqi to‗lanib, korxona hisob raqamiga yoki
kassasiga tushgan mablag‗ ko‗rinishidagi mahsulotga aytiladi (5.2-rasm).
|
| |