Ishlab chiqarishni texnikaviy rivojlantirish va tashkil qilish rejasining
asosiy
vazifasi
ishlab chiqarishga fan va texnika yutuqlari hamda ilg‗or tajribani joriy
qilishni tezlashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini
ko‗tarish,
uning
samaradorligini
oshirish,
texnologiya
jarayonlarini
takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, jahon bozorida raqobat qila
oladigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishish, mahsulotni o‗z
vaqtida yangilab turish, ishlab chiqarishning to‗xtovsiz o‗sishini ta‘minlash va
110
iste‘molchilarning ehtiyoj va talablarini to‗la-to‗kis qondirishga erishishdan
iboratdir.
Ilmiy- texnika taraqqiyotini yuksaltirish – bozor munosabatlarini sharoitida
ishlab chiqarish samaradoriligini oshirishning asosiy omili sanaladi.
To‗qimachilik mashinasozligi tarmog‗ida ilmiy – texnika taraqqiyotining
roli shundaki, ushbu tarmoq korxonalari yaratadigan zamonaviy dastgohlar,
to‗qimachilik mashinalari iste‘molchilarining keng iste‘mol mollariga bo‗lgan
ehtiyojlarini to‗laroq qondirishda muhim o‗rin tutadi. CHunki, eski asbob-
uskunalar bilan yuqori sifatli jahon andozalariga mos raqobatbardosh keng xalq
iste‘moli mollarini ishlab chiqarib bo‗lmaydi.
So‗nggi yillarda iste‘molchilar didi va istagida keskin o‗zgarishlar
kuzatilmoqda, bundan tashqari, ayniqsa, aholining «yoshlar» qatlamida modaga
nisbatan talabi kundan – kunga oshib bormoqda. Bu jarayon keskinlashishiga
raqobat muhiti ham sezilarli o‗z ta‘sirini ko‗rsatib, mamlakatimiz iste‘mol
bozoriga zamonaviy chet el firmalari mahsulotlari kirib kelmoqda.
Engil sanoatda yangi xom-ashyo va texnologiya turlarining paydo bo‗lishi
hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti kengaymoqda. Mahsulot
assortimentining kengayishi mahsulot hajmining ortishiga qaraganda ustun
darajada ro‗y bermoqda. Binobarin, to‗qimachilik va engil sanoatlar uchun asbob-
uskuna hamda dastgohlar assoritmenti ham mos ravishda oshishi kuzatiladi.
To‗qimachilik dastgohlari o‗zining yuqori murakkab konstruktorlik
echimiga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yigiruv, eshuvchi va boshqa shu
kabi dastgohlarda shunday ishchi qismlari uchraydiki, ularning minutiga aylanishi
yuzlab, minglab sonni tashkil etadi. To‗quv va trikotaj dastgohlarida sekundning
yuzdan bir ulushi aniqligida ishlaydigan avtomatik mexanizmlar o‗rnatilgan.
Harakatdagi to‗qimachilik dastgohlari foydali ish koeffitsienti stanoksozlik,
transport tarmoqlariga nisbatan 1,5-2 marta ko‗pdir. To‗qimachilik sanoatida talab
qilinadigan mashinalardan foydalanishdagi ishonchlilik darajasi boshqa saonatning
qayta ishlovchi tarmoqlariga nisbatan 50-70% ga yuqoridir.
111
Yuqorida sanab o‗tilgan sabablar to‗qimachilik mashinasozligida ilmiy-
texnik ta‘minotni
|