128
Ushbu tizim quyidagi ish turlarini: tiklashlar o‗rtasidagi vaqtda xizmat
ko‗rsatish, ya‘ni asbob-uskunalarga har kuni qarab, nazorat qilib turish, asbrb
uskunalarni vaqti-vaqti bilan ko‗rib, tekshirib turish, ularni vaqti-vaqti bilan joriy
va kapital tiklash ishlarini o‗z ichiga oladi.
Paxta tozalash sanoatida tiklash ishlari faqat ikki guruhga bqlinadi, o‗rta
tiklash ishlari alohida ko‗rsatilmaydi.
Odatda, tiklash ishlari reja asosida oldindan belgilangan taqvimiy
muddatlarda grafiklar asosida, butun yil davomida olib boriladi va bu tiklashlar
asbob-uskunalarining texnik jihatdan bekam-ko‗st bo‗lishini ta‘minlashga yordam
berishi kerak.
Ikki kapital tiklash o‗rtasidagi vaqtga
tiklash sikli
deb ataladi. Tiklash sikli
ichida bir-biriga bog‗liq bo‗lgan bir tiklashdan ikkinchi tiklashgacha o‗tgan vaqtni
o‗z ichiga oladigan davr
tiklasharo davr
deb ataladi.
SHuningdek,
tiklash davri
degan tushuncha ham mavjud bo‗lib, bu davr
asbob-uskunalarning tiklash ishlarini bajarish munosabati bilan butunlay bekor
turib qolishini mashina-soat vaqti hisobida aniqlaydi.
Asbob-uskunalarning joriy va kapital tiklash ishlariga paxta tozalash
korxonalarida bosh mexanik rahbarlik qiladi (6.2-rasm).