145
jihozlarni shunday o‗rnatish kerakki, natijada ishchi faoliyati davomida iloji
boricha har xil samarasiz harakatlarni kamaytirishga intilsin.
Material va jihozlarni joylashtirishning ba‘zi bir shartla-ri quyidagilardan
iborat:
- materiallar har doim asosiy texnologik jihozga yaqin va bir joyda
joylashgan bo‗lmog‗i lozim;
- asboblar ma‘lum bir tartibda va reja asosida joylashilgan bo‗lishi kerak;
- ko‗p ishlatidadigan asboblar va uskunalar ishchiga yaqin joyda joylashgan
bo‗lishi kerak.
Ish joyini oqilona tashkil etishiga - texnikaning rivojlanishi bilan talab oshib
boradi, chunki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan unga mos ravishda mehnat sarfi
ham oshib boradi va texnika-texnologiyalardan samarali foydalanishga ehtiyoj
yuqori darajada bo‗ladi, ulardan samarali foydalanish esa ish joyining qay tarzda
tashkil etilganligiga bog‗liqdir.
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatish quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
1. Xizmat ko‗rsatishning sharoitga qarab o‗zgaruvchanligi, ya‘ni xizmat
ko‗rsatish tizimining ishlab chiqarish — tezkor rejalashtirishi bilan mos tushushi;
2. Xizmat ko‗rsatishning oldindan ogoh berish shakli, ya‘ni ishlab chiqarish
jarayonidan xabardor bo‗lgan holda ish joyiga xizmat ko‗rsatish;
3. Kompleksli xizmat ko‗rsatish, ya‘ni mazkur sharoitda kerakli bo‗lgan
barcha xizmat turlarini kompleks tarzda etkazish;
4. YUqori sifatli xizmat ko‗rsatishni tashkil etish.
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishning eng samarali yo‗li
namunaviy loyihalarni ishlab chiqish va uni qo‗llash hisoblanadi.