146
7.3-rasm. Mehnatni me‟yorlashtirish usullari
1.
Tajribaviy usul - normalovchini shaxsiy tajribasiga asosan bir maxsulotni
chiqarish uchun ketgan vaqtni aniqlash demakdir. Bu usulda texnikaviy,
tashkiliy
sharoitlar xisobga olinmagan xolda taxminan vaqt normasi belgilanadi.
2.
Statistik usul - ilgari ishlab chiqarilgan o‗xshash maxsulot to‗grisidagi
147
ma‘lumotlardan foydalanishi ko‗zda tutiladi. Bu usul xam ishlab chiqarish
jarayonida, mehnatga norma qo‗yish jarayonida progressiv usul xisoblanmaydi.
3.
Analitik usul - ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy
sharoitlarni taxlil
qilgan xolda va ilg‗or tajribaga asoslanib, vaqt normasiga ta‘sir
qiladigan xamma
omillarni xisobga olgan xolda normalar belgilanishi ko‗zda tutiladi. SHu usulda
normalashdagi
kamchiliklar, ilg‗or mehnat usullari va ichki re-zervlar
aniqlaniladi.
4.
Analitik-hisoblash usul - ish vaqti normalari, oldindan tayyorlangan vaqt
normativlari yigindisidan iborat. Xar bir bajarilayotgan
operatsiyalarning
normalarini oldindan ; xisoblash va kerakli vaqtda
ishni bajarishga ketadigan
vaqtlarning to‗plamini topib joriy etish tushuniladi.
5.
Analitik eksperimental usul - ishni bajarish uchun xamma xarakatlar
aloxida
ajratilib, birma-bir taxlil qilinadi. Maqsadsiz xarakatlar olib tashlanib,
maqsadli xarakatlardan ishni bajarish uchun vaqt normasi belgilanadi.
Bu usulda
ish joyining xamma imkoniyatlari aniqlaniladi. Biroq bu usul kalta mehnatni talab
qiladi.
Paxta tozalash korxonalarida mehnatni normalashtirish jarayonlarida
xamma usullar qo‗llaniladi.