142
bo‗lim va ish joylarida xizmat ko‗rsatishning yangi namunaviy loyihalarini joriy
qilishdan iborat.
Shunday qilib, mehnatni ilmiy tashkil etish fanining
asosiy vazifasi
ishchilarning jihozlarni ishlatilishini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish shu bilan birga
mehnatni sarflashni to‗g‗ri tashkil etish, chunki bu omillar ishlab chiqarish
samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Ish joylarini tashkil etish.
Mehnatni tashkil etish jarayoni ma‘lum bir vaqt
ichida, ma‘lum bir fazoda amalga oshiriladi. O‗sha fazoning jarayoni kerakli
asbob-uskuna va mashinalar bilan ta‘minlangan, ma‘lum bir mehnat
jarayonlarining bir yoki bir guruh ishchilar tomonidan bajarilishiga mo‗ljallangan
joy
ish joyi
hisoblanadi.
Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birinchi bosqichi va uning texnik
tashkiliy asosi hisoblanadi.
Ish joyida ishlab chiqarishning asosiy uchta elementning birlashuv
jarayonida mehnat amalga oshiriladi.
Ish joyida mehnat predmetlari va mehnat resurslari o‗zaro ta‘siri natijasida
mehnat faoliyati vujudga keladi. Ish joyini tashkil etishdan asosiy maqsad, mehnat
faoliyatini shakllantirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi.
Maqsadni amalga oshirish uchun har bir ish joyida mehnatni oqilona tarzda
shakllantirish lozimdir. Har bir ish joyining samarali faoliyat ko‗rsatishini uning
tashkil etilishi va xizmat ko‗rsatishi bilan baholash mumkin.