134
Laboratoriya, mexanika ustaxonalari, mexanizatsiyalashtirish vositalari,
ishlab chiqarish binolari va ma‘muriy binolarni, hovli territoriyasini, omborlar,
turar-joy shaharchasi va boshqa shu singarilarni yoritish ehtiyojlari uchun elektr
energiyasi
sarflash
o‗tgan
yilning
haqiqiy
ma‘lumotlarini
hamda
mexanizatsiyalashtirish,
yoritiladigan
ob‘ektlarni kengaytirish yuzasidan
mo‗ljallanadigan o‗zgarishlar va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda
aniqlanadi.
Paxta tozalash korxonalarida kuch elektr energiyasiga bo‗lgan umumiy
ehtiyoj asosiy va yordamchi sexlarning mashinalarini harakatga keltiradigan,
pnevmatik transport ishiga va mexanizatsiyalashtirish vositalariga sarflanadigan
energiyadan tashkil topadi.
Paxta tozalash korxonalarida energetika xo‗jaligini bosh energetik
boshqaradi.
Korxonalarning energiya tannarxini rejalashda ularni iste‘mol qilinishini
tejash uchun har xil tadbir choralar tuzadilar.