6.3 Ichki zavod transporti, ombor va yong„indan muhofaza xo„jaligi Korxonalardagi transport xo‗jaliklari xizmat qilish joyiga ko‗ra
tashqi, ishchi va sexlararo transportga bo‗linadi.
Tashqi transport iste‘molchilar va ta‘minlovchilar bilan aloqa bog‗lashga
xizmat qiladi.
Sexlararo transport vositalari materiallar, yarim fabrikat, ishlab chiqarish
jarayonida hosil bo‗lgan chiqindilarni sexlar orasida tarqatadi va ularga xizmat
qiladi. Sex ichki transporti esa yuqorida aytib o‗tilgan materiallarni sex ichida
tashish va sexlararo aloqalar uchun xizmat qiladi (6.6-rasm).
Paxta tozalash korxonalarida paxta xom-ashyoi va uni qayta ishlashdan
olinadigan mahsulotlarni, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‗lgan
material, asbob-uskuna va yoqilg‗ilarni doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga
135
ko‗chirib yuriladi. Ushbu ishlar ichki zavod transporti yordamida amalga
oshiriladi.
6.6-rasm. Transport turlari Ichki zavod transporti deganda korxona ixtiyoridagi va unga xizmat
ko‗rsatadigan transport vositalarining majmuasi tushuniladi.
Paxta tozalash korxonasining sanoat transporti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Pnevmotransport;
Avtomobil transporti;
Temir yo‗l transporti;
Mexanizatsiya vositalari.
Paxta
tozalash
korxonalaridagi
asosiy
yuk
tashish
vositasi-
pnevmotransportdir.
136
Pnevmotransport tuzilmalari truboprovod va ventilyatorlar tizimidan iborat
bo‗lib, ular yordamida dam beriladigan havo oqimida yuklar bir joydan ikkinchi
joyga ko‗chiriladi.
Pnevmotransport vositasida omborlardan asosiy ishlab chiqarish oqimiga
paxta olib boriladi, tola va chigit ichki ishlab chiqarish joylariga etkazib beriladi.
Zavod ichida chigitlarni tashishda ustiga shneklar yoki konveyerlar
joylashtiriladigan estakadalardan ham foydalaniladi.
Shu boisdan ham paxta tozalash zavodlarining uzluksiz ishlashidagi asosiy
shartlardan biri-pnevmotransport quvvatini asosiy texnologik mashinalar va
avvalo jinlarning quvvati bilan nihoyatda moslashtirishdan iboratdir.
Paxta tozalash korxonasi tashqarisidagi tayyorlash maskanlaridan paxtani
zavodlarga avtomobil va temir yo‗l transporti bilan tashib keltiriladi. Yuklarni
yaqin masofaga tashishda faqat avtotransportdan foydalanish lozim va temir yo‗l
transportidan foydalanish mumkin emas.
Paxta tozalash korxonalarining bir qismidagina mavjud bo‗lgan pod‘ezdli
temir yo‗llardan asosan paxta tolasi va chigitini jo‗natish uchun foydalaniladi.
Paxta tozalash korxonalarining uzluksiz ishlarini ta‘minlash va ular ishlab
chiqargan mahsulotni tegishli joylarga o‗z vaqtida etkazib berish uchun transport
ishining qat‘iy rejasini ishlab chiqarishga tushiriladigan chigitli paxta partiyalarini
butlash rejasi bilan muvofiqlashtirish talab etiladi.
Shu maqsadda (paxta partiyalarini butlash va ularni ishlab chiqarishga
topshirish rejasiga muvofiq) tayyorlash maskanlaridan paxta zavodlariga paxta
tashib keltirish rejasi tuziladi, paxta mahsulotini tashish grafiklari tuziladi va shu
asosda temir yo‗l transportiga buyurtmalar yoziladi.
Tashish rejasida zavoddan tashqari va zavod qoshidagi tayyorlash
maskanlaridan o‗z zavodiga va boshqa zavodlarga paxta tashish, shuningdek
boshqa zavodlardan paxtaning kelib tushishi ko‗rsatiladi.
Mahsulot tashish grafiklari ishlab chiqarish rejasi va topshiriladigan
mahsulotlarga oid bo‗lgan naryadlar asosida tuziladi.
137
Toylangan tolali mahsulotni tashishda akkumlyatorli yuk ortuvchilar, chigit
ortiladigan transport vositalariga yuklashda maxsus chigit ortuvchi mexanizmlar
qo‗llaniladi.