130
Kapital tiklash
deb tiklashning shunday turiga aytiladiki, bunda mashinalar
(agregatlar) tamomila qismlarga ajratiladi, ishdan chiqqan barcha detallar va
uzellar o‗rniga yangilari qo‗yiladi hamda barcha baza detallar tiklanadi. Bunda
paxta tozalash korxonasi butunlay to‗xtatiladi.
Ishdan chiqqan barcha uzel va detallarni almashtirish yoki belgilangan
texnika shartlariga muvofiq o‗z o‗lchamiga etkazib to‗g‗rilash, shuningdek uzel va
detallarni yaxshilab tekshirish va balans qilish hamda mashina tayanch qismlarini
to‗g‗rilash kapital tiklash hajmiga kiradi.
Odatda, ishlab turgan asbob-uskuna yoki o‗rnatiladigan yangi asbob-
uskunalarni modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish va yangi asbob-uskunalar
o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlar kapital tiklash davrida to‗g‗rilanadi.
Asbob-uskunalarni