Tayanch iboralar
:
ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarish dasturi,
asosiy
ishlab chiqarish, oqimli ishlab chiqarish, texnologik reglament, paxtani quritish,
paxtani tozalash, jinlash, linterlash, toylash, tolani tozalash, tolani namlash.
O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:
1. Ishlab chiqarish quvvati deb nimaga aytiladi?
2. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish quvvati qaysi asbob-uskuna
ish unumi asosida hisoblanadi?
3. Ishlab chiqarish quvvatini oshirish omillariga nimalar kiradi?
4. Ishlab chiqarish dasturining mazmuni nimadan iborat?
5. Mahsulot nomenklaturasi deb nimaga aytiladi?
6. Paxta tozalash korxonalari mahsulot nomenklaturasiga nimalar
kiradi?
7. Mahsulot assortimenti nima?
8. Paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonini so‗zlab bering?
9. Oqimli ishlab chiqarish qanday tashkil etiladi?
126
VI BOB. YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHLAR VA XO„JALIKLAR
ISHINI TASHKIL ETISH
6.1 Korxona ta‟mirlash xo„jaligi ishini tashkil etish
Paxta tozalash korxonalari yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyati
xususiyati.
Sanoat tavsifiga ega bo‗lgan korxonalarda ixtisoslashtirish darajasi
yuqori darajada tashkil etilgan bo‗lib, bu esa o‗z navbatida uzluksiz ishlab
chiqarishni ta‘minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarish bilan bir qatorda
yordamchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni ham taqozo etadi. Ushbu ishlab
chiqarishlar faoliyati asosiy sexlarni zaruriy ehtiyot qismlar, energiya, yoqilg‗i,
butlash materiallari Bilan ta‘minlash, xom-ashyo va tayyor mahsulotni tashish
ishlariga qaratilgan bo‗ladi.
Paxta tozalash hissadorlik jamiyatlari ishlab chiqarishida quyidagi
bo‗limlaryordamchi ishlab chiqarishlar sirasiga kiradi: asbob-uskunalarni uzatish
ishlarini , jihozlar yasash va ularni tiklash hamda ishchi asbob-uskunalarning
ayrim qismlarini yasash ishlarini, ichki zavod transport ishlarini, ombor va
boshqa shu kabi ishlarni bajaradigan bo‗limlar.
Yоrdamchi ishlab chiqarishlar ham korxona ish faoliyati natijasining
samarali bo‗lishida muhim o‗rin tutadi. Ushbu xo‗jaliklar birinchidan, asosiy
ishlab chiqarishning qo‗yadigan talablariga, ikkinchidan, aynan shu yordamchi
ishlab chiqarish bo‗limlari faoliyatining ko‗rsatkichlarini yaxshilash uchun ularni
muqobil ravishda uyushtirish zaruratiga asoslanib tashkil etiladi.
Paxta tozalash korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish birinchi
navbatda sifatli xom-ashyoga bog‗liq bo‗lsada, shuningdek asbob-uskunalarning
rejali-ehtiyot tiklash tizimiga to‗g‗ri rioya qilish, arra-kolosnik, instrumental va
energetika xo‗jaliklari ishini samarali tashkil etish ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir
etadi.
Bundan tashqari, paxta tozalash korxonalarida ombor xo‗jaligi keng o‗rinni
egallaydi.
127
Yоpiq omborlarga qisqa vaqt ichida juda ko‗p paxta kelib tushadi, bu
paxtalar uzoq vaqt shu bilan birga qisman yilning namgarchilik oylarida saqlanadi.
|