5.2 Ishlab chiqarish quvvatining mohiyati
Korxonaning
ishlab chiqarish quvvati
deganda, belgilangan ixtisoslashtirish,
kooperatsiyalash va ish tartibiga muvofiq ularga biriktirilgan mashina va
uskunalar, agregat va qurilmalar, ishlab chiqarish maydonlari texnologik
yig‗indisining yilda (sutkada, smenada) eng ko‗p mahsulot ishlab chiqarish, xom-
ashyo qazib olish va qayta ishlash qobiliyati tushuniladi.
121
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati u ishlab chiqarayotgan jami mahsulot
turlari bilan, kutiladigan davrda esa – ishlab chiqarishga mo‗ljallangan mahsulotlar
bilan belgilanadi. Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan har bir mahsulot turi
bo‗yicha ishlab chiqarish quvvati natural o‗lchov birligida qabul qilinadi.
Paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish quvvati asosiy ishlab chiqarish
uskunasi – jinlarda paxta tolasini ishlab chiqarish bo‗yicha hisoblanadi va uskuna
ishi smenaliligining tasdiqlangan koeffitsientida tonnada eng ko‗p iloji bo‗lgan
yillik tola ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Ishlayotgan paxta zavodining ishlab chiqarish quvvatini hisoblashdagi asosiy
ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
-
o‗rnatilgan jinlarning rusumi va soni;
-
jinlarning me‘yoriy unumdorligi;
-
uskuna ish smenaligining me‘yoriy koeffitsienti;
-
uskunalarning ishlash vaqtining me‘yoriy fondi.
Paxta tozalash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash uchun
asos bo‗ladigan me‘yor va me‘yornomalar ilg‗or texnika va texnologiyani, eng
mukammal mehnatni tashkil qilishni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish darajasini oshirishni, ishlab chiqarish ilg‗orlarining yutuqlarini
hisobga olgan holda vaqti-vaqtida aniqlashtirilib borilmog‗i lozim.
Quvvatni hisoblashda paxtaning har bir seleksion va sanoat navi bo‗yicha
barcha paxta zavodlari uchun jinlarning yagona unumdorlik me‘yorlari 5.1-
jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
5.1-jadval
I. Arrali jinlarning paxtaning seleksion va sanoat navlariga
qarab unumdorligi, kg tola mashina/soatda.
Paxtan
ing
sanoat
navi
G‗o‗zaning seleksion navi
108 – F, Buxoro – 6, S – 4727,
qizil – Ravot, Samarqand – 3, 175
– F, Toshkent – 1, An-o‗zbekiston
133, qirg‗iziston – 3, An – 60,
Toshkent – 6, Nmangan – 1,
Namangan – 77, An-Boyovut – 2, S
122
– 3 va shularga o‗xshaganlar
–
6037
va
boshqa
qiyin
tozalanadigan navlar
Arrali jinlar rusumlari
ZXDDM 5DP–
130,(DP –
130) 4DP–
130
6DP –
210
ZXDDM 5DP
–
130,(DP –
130)
4DP – 130
6DP –
210
I
800
1400
2300
700
1225
2010
II
720
1300
2250
630
1140
1970
III
570
1000
1615
500
875
1415
IV
550
900
1500
480
790
1310
V
450
860
1340
400
750
1170
Urug‗lik paxta uchun arrali jinlarning unumdorligi hamma seleksion navlar
bo‗yicha 20% past belgilanadi.
II. G‗o‗lali jinlarning paxtaning seleksion va sanoat navlariga
qarab unumdorligi, kg tola mashina/soatda.
Paxtaning sanoat
navi
G‗o‗zaning seleksion navi
9883 – I, Qarshi – 7, Qarshi –
8, Qarshi – 9 va shularga
o‗xshaganlar
Termiz – 16, Termiz – 24,
Termiz – 31 va boshqa qiyin
tozalanadigan navlar
¢o‗lali jinlar rusumlari
DV – 1M
DV – 1M
I
100
85
II
80
70
III
70
60
IV
65
55
V
55
50
123
Urug‗lik paxta uchun g‗o‗lali jinlarning hamma seleksion navlari bo‗yicha
unumdorligi 35% past belgilanadi.
Uskuna ish vaqtining me‘yoriy yillik fondi yildagi taqvim kunlari sonidan
kelib chiqib, zavod ishining qabul qilingan uch smenali (ikki smenali) ish tartibida,
dam olish va bayram kunlarini chegirib, uskunaning belgilangan ish smenasi
davomiyligi – 8 soat (besh kunlik ish haftasi) bayram oldi kunlarida qisqartirilgan
ish vaqtini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ish vaqtining ana shu yillik fondidan uskuna kapital ta‘miriga tasdiqlangan
vaqt me‘yorlari (5.2-jadval) chiqarib tashlanadi.
5.2-jadval
Kapital ta‘mirlashga, shuningdek reja-ogohlantirish
ta‘mirlashga, paxta to‗dalarini almashtirish, arrali silindrlarni almashtirish bilan
hamda boshqa me‘yorlashtirilgan bekor turishlar bilan belgilangan texnologik
to‗xtashlarni qo‗shgan holda
vaqt sarflarining (UFK) me‘yorlari.
1. Uskunalarni kapital ta‘mirlash uchun vaqt (besh kunlik ish haftasiga
binoan)
a) arrali jinlarda ishlaydigan zavodlar:
bir qatorli
ikki qatorli
b) g‗o‗lali jinlarda ishlaydigan zavodlar:
ikki va uch qatorli
to‗rt qatorli
19
25
25
33
2. Umumiy ish vaqtida reja-ogohlantirish ta‘mirlashni hisobga olgan holda
uskunalardan foydalanish koeffitsienti (UFK)
a) bir qatorli arrali jinlash zavodlari uchun
b) ikki qatorli arrali jinlash zavodlari uchun
v) g‗o‗lali jinlash zavodlari uchun
0.92
0.90
0.85
124
Paxta zavodlari uchun uskunalarning ish smenaligining me‘yoriy
koeffitsienti tegishli yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi.
Paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish quvvatini hisoblashga oid misolni
qarab chiqamiz.
Arrali jinlash paxta zavodi (bir qatorli), jin 5DP-130 – 3 dona, ish tartibi – 3
smenali. hisobot yilida ikki seleksion navli – Buxoro-6 va S-6524 navli paxtani
qayta ishlagan. Jami 16700 tonnali paxta tolasi ishlab chiqargan, shu jumladan
Buxoro-6 – 8300 tonna, shundan 3800 t – I nav, 2900 t – II nav, 800 t – III nav,
500 t – IV nav, 300 t – V nav (xom-ashyo navidan) va S-6524 – 8400 tonna,
shundan I nav – texnik paxtadan – 2830 t, urug‗likdan 1100 t, 2800 t – II nav , 800
t – III nav, 600 t – IV nav, 270 t – V nav.
a) 6.1-jadvalga binoan 6.3-hisoblash jadvaliga ko‗ra 1 mashina soatda
jinlarning o‗rtacha me‘yoriy unumdorligini aniqlaymiz.
5.3-jadval
Jinning o‗rtacha me‘yoriy unumdorligi hisobi, kg mashina/soatda.
Paxtaning turi
Paxtaning navi
Paxta
tolasining
miqdori, t.
Jinlarning me‘yoriy
unumdorligi, kg
mashina/soatda
Ko‗paytirish
(3 ust x 4 ust)
1
2
3
4
5
Buxoro – 6
I
I urug‗
II
III
IV
V
3800
-
2900
800
500
300
1400
1120
1300
1000
900
860
5320000
-
3770000
800000
450000
258000
S – 6524
I
I urug‗
II
III
IV
V
2830
1100
2800
800
600
270
1225
980
1140
875
790
750
3466750
1078000
3192000
700000
474000
202500
Jami
16700
1180
19711250
125
(19711250 : 16700 =1180,3)
b) Berilgan zavod uchun uskunalardan foydalanish koeffitsienti (UFK) 0.92
ga teng.
v) Ish vaqtining me‘yoriy fondi 5574 soat (252 ish kuni) bo‗lganda
zavodning ishlab chiqarish quvvati quyidagiga teng:
3 x 1180 x 0.92 x 5574 h 18153403 yoki 18153 tonna paxta tolasi.
Xom-ashyo, material, energiya, ishchi kuchi etishmasligi yoki tashkiliy-
texnik nosozliklar tufayli uskunaning bekor turib qolishlari ishlab chiqarish
quvvatini hisoblashda hisobga olinmaydi.
Ikki smenali yoki ikki smenadan kamroq ishlaydigan paxta zavodlari uchun
ishlab chiqarish quvvatlarini ikki smenali ish tartibidan kelib chiqqan holda
hisoblanadi.
|