Qayta ishlashga berilayotgan paxta o„lchangan bo„lishi lozim. O„lchov
vositalari bo„lmaganda ishlab chiqarish potogida ishlanayotgan to„da (1-a
band) massasi, unga paxta zavodida jamlanayotganda qo„yilgan massa va
sifat bo„yicha belgilanadi. Qayta ishlov berish uchun olinayotgan paxta (1-b
band) sifati haqidagi ma‟lumotlar paxtaning 8-XL shaklli pasporti va paxta
117
zavodida paxta harakatini hisobga olishning 27-XL shakldagi daftari
asosida yoziladi.
I-qismning 4-bandida mahsulotning rejali miqdori hisoblangan paxtaning
konditsion massasi quyidagi tartibda belgilanadi:
a) quritish-tozalash sexi orqali oqimga qo‗yilmagan paxtaning qo‗lda,
mashinada va ko‗rak holida terimi bo‗yicha - paxta zavodida jamlanayotganda
belgilangan massasi;
b) quritish-tozalash sexi orqali oqimga qo‗yilgan paxtaning qo‗lda,
mashinada va ko‗rak holidagi terimlari bo‗yicha paxta zavodida jamlanayotganda
tozalash-quritish sexi chiqindilarini me‘yor bo‗yicha chiqarib tashlab.
Agar ushbu to‗dadagi paxtani tozalash qandaydir sabab bilan to‗xtatib
qo‗yilsa, bu zavod bo‗yicha maxsus buyruq chiqarilgan holda rasmiylashtirilishi
shart. Bunda ishlab chiqarishda hisobdan chiqarish uchun paxta miqdori ishlab
chiqarilgan tola miqdori hisobga olingan holda tolaning rejali chiqishi bo‗yicha
belgilanadi. Bu to‗dadagi paxtani tozalash davom ettirilishi uchun literlar
qo‗yilgan holda shu tartib raqami bilan yangi topshiriqnomasi tuziladi.
Mazkur oyda qayta ishlov berish tugallanmagan paxta to‗dasi tanaffusi
uchun ham ishlab chiqarish topshiriqnomasi shu tartibda rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish topshiriqnomasining II qismi zavod rejalash bo‗limi
boshlig‗i tomonidan har bir to‗dadagi paxtani qayta ishlash tugallanganligining
keyingi kunidan kechiktirilmay to‗ldiriladi. II qismning 1-bandida tegishli
quritish-tozalash asbob-uskunalari orqali potokka qo‗yilgan paxtaning haqiqiy
miqdori ko‗rsatiladi. quritish-tozalash sexi orqali potokka qo‗yilgan paxtaning
gardga chiqqan qismi shu paxta miqdori uchun belgilangan me‘yori bo‗yicha qabul
qilinadi.
Paxtaning konditsion massasi uni paxta zavodida jamlash ma‘lumotlari
bo‗yicha belgilanadi. Agar paxta ishlab chiqarishga paxta zavodining quritish-
tozalash sexi orqali berilsa, II - «Paxtadan foydalanish» qismining 2-bandida
uning massasi quritish-tozalash sexi gardlari me‘yor bo‗yicha hisobdan
chiqarilgan holda ko‗rsatiladi.
118
Zavod laboratoriyasi ishlab chiqarish topshiriqnomasi II qismining 2-
bandida ushbu to‗dadagi paxta namligi, iflosligi va o‗likdorligi paxta zavodi
laboranti tomonidan o‗tkazilgan tahlil asosida qayta ishlash oldidan qo‗yiladi.
Ishlab chiqarish topshirig‗ining II qism 3-bandi rejalash bo‗limi boshlig‗i
tomonidan
barcha
turdagi
mahsulotlar
uchun
axborot
(raport)lar
va
o‗lchovnoma(otves), qabul hujjatlari asosida to‗ldiriladi.
Paxta tolasi, texnik va urug‗lik chigit, paxta momig‗i, o‗lik aralashgan
chiqindi, paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindi haqiqiy massasi bo‗yicha
5-ustunda, konditsion massasi 7-ustunda ko‗rsatiladi.
Paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi xo‗jaliklarning vakolatli
vakillari bilan birgalikda paxta to‗dasini qayta ishlash tugallanganidan so‗ng ikki
kundan kechiktirmay qayta ishlash natijalarini barcha bo‗limlarning boshliqlari va
moddiy-javobgar shaxslar ishtirokidagi amaliy ishlab chiqarish kengashida
ko‗rib chiqishi va muhokama qilishi lozim. Paxta zavod hissadorlik jamiyati
boshqaruvi raisi va xo‗jaliklar vakolatli vakillarining paxta to‗dasini qayta
ishlash natijalari haqidagi fikrlari topshiriqnomaning III qismiga yoziladi.
Chiqqan gard miqdori, mahsulot chiqishi, sifati bo‗yicha belgilangan
ishlab chiqarish topshirig‗i bajarilmagan va ish tartibi buzilgan hollarda, aybdor
shaxsga zavod bo‗yicha buyruq asosida tegishli chora ko‗rish masalasi keyingi
kundan kechiktirilmay qarab chiqiladi.
Paxta to‗dasini qayta ishlash natijalari bo‗yicha olingan mahsulotning
chiqishi, chiqindi yoki qaytmas gardlar, belgilangan topshiriq me‘yoridan farq
qilgan hollarda,paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi qat‘iy fikrga
kelguniga qadar bunday farqqa olib kelgan sabablarni aniqlashi va ularni bartaraf
etish yuzasidan tegishli choralar ko‗rishi lozim.
Paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi va xo‗jalikning vakolatli
vakili tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish topshirig‗i kengash bayonnomasi,
axborot, paxtani qayta ishlashga berish va qayta ishlash hamda tayyor
mahsulotni topshirish o‗lchovnomasi bilan birga paxta zavodi buxgalteriyasiga
beriladi.
119
Ishlab chiqarishdan chiqarilgan mahsulot xom-ashyo va tayyor mahsulotlar
bo‗limi saralovchisi tomonidan paxta tolasi, paxta momig‗i, chigit, o‗lik va
paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindilari qayta ishlangan har bir
to‗dasi bo‗yicha alohida-alohida o‗lchangan holda qabul qilinishi shart.
Tolali mahsulotlarning har bir toyida zavod kodi, markasining va toyning
tartib raqami va o‗rama bilan birgalikdagi (brutto) massasi kilogrammda
ko‗rsatiladi.
Ishlab chiqarishdan olingan har bir toyning massasini qayd etish uchun 29-
XL shaklli tayyor mahsulotlar o‗lchovnomasi (otves) qo‗llaniladi.
o‗lchovnoma (otves)da toyning haqiqiy massasi qayd etiladi.
o‗lchovnoma (otves) torozibon tomonidan ikki nusxada tuziladi. Birinchi
nusxasi zavodning xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limiga beriladi, ikkinchisi
torozibonning o‗zida qoladi.
Xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi saralovchi o‗lchovnoma (otves)
asosida toy massasini sertifikatga yozadi va bir kecha-kunduz (sutka)lik ishlab
chiqarish haqida ma‘lumot tayyorlaydi.
Bir kecha-kunduzda presslangan tola ishlab chiqarilishi to‗g‗risidagi
ma‘lumotnoma (30-XL shakl) hamda paxta momig‗i va o‗lik va paxtaning kalta
momig‗i aralashgan chiqindilarning bir kecha-kunduzda ishlab chiqarilishi
haqidagi ma‘lumotnoma (31-XL shakl) shu mahsulotlarning har qaysi brigadada
bir kecha-kunduzda ishlab chiqarilishini hisobga olish uchun to‗ldiriladi. Paxta
tolasi, paxta momig‗i va chiqindilarning haqiqiy miqdori ko‗rsatiladi. 30-XL va
31-XL shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar zavodning xom-ashyo va tayyor mahsulotlar
bo‗limi saralovchisi tomonidan ikki nusxada tayyorlanadi.
Birinchi nusxasi zavodning rejalash bo‗limiga, ikkinchisi buxgalteriyaga
beriladi.
Ishlangan har bir paxta to‗dasi bo‗yicha paxta tolasi, paxta momig‗i,
o‗lik va paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindilarning ishlanishini hisobga
olib borish uchun zavoddagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi
saralovchisi paxta tolasi, paxta momig‗i va chiqindilarning 32-XL shakl bo‗yicha
120
ishlanishi haqida axborot (raport) tayyorlaydi.
Axborot (raport) har bir to‗dadagi paxtani tozalash tu-gallangach,ishlab
chiqarishdan olingan mahsulot o‗lchovnomasi (otves) asosida ikki nusxada
tayyorlanadi. Uning bir nusxasi ishlab chiqarish topshiriqnomasi (28-XL shakl)
dagi tegishli qismlarni to‗ldirish uchun o‗lchovnoma (otves) bilan zavodning
rejalash bo‗limiga, so‗ngra rasmiylashtirilgan hujjatlar va ishlab chiqarish
topshiriqnomasi bilan buxgalteriyaga o‗tkaziladi.
Qayta ishlov berilgan paxtaning navlari bo‗yicha va ishlab chiqarishdan
olingan paxta tolasi hamda qo‗shimcha mahsulot (chigit, momiq, tolador
chiqindilar) miqdori va qiymatini hisobga olish uchun zavod buxgalteriyasida
tayyor mahsulotlar chiqishini hisobga olish daftari (33-XL shakl) to‗ldiriladi.
Unga qaydlar 28-XL shaklli ishlab chiqarish topshiriqnomasi va ishlab
chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlar uchun 32-XL hamda 45-XL shaklli
axborot (raport)lar asosida qo‗yiladi.
Tayyor mahsulotlar chiqishni hisobga olish daftari ishlangan paxta
tolasining har bir sanoat, seleksiya navi va tipi uchun butun yil mobaynida
yozuvlar e‘tiborga olingan holda alohida shaxsiy hisob (schyot) ochiladi.
Mahsulotlar hisobi konditsion massasida olib boriladi. Ularning qiymati ulgurji
baholar bo‗yicha hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi gardlar miqdori paxta va
chiqarilgan hamma mahsulotning konditsion massasidan kelib chiqib, hisob-kitob
yo‗li bilan belgilanadi.
|