• Yong„indan muhofoza xo„jaligi.
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Ombor xo„jaligi. 
    Paxta tozalash korxonasining ombor binolari va ular 
    xillari hamda tavsifi materiallarning ko‗lami va nomenklaturasi, binolarning 
    joylashishi va boshqa sharoitlar bilan aniqlanadi. 
    Ushbu ombor xo‗jaligining 
    asosiy vazifasi
    paxtani qabul qilish va saqlash
    ishlab chiqariladigan mahsulotlarni saqlashdan iboratdir. 
    Paxta tozalash korxonalarida xom ashyo va tayyor mahsulot omborlaridan 
    tashqari, materiallar va ehtiyot qismlar, yonilg‗i hamda boshqa narsalar turadigan 
    omborlar bo‗ladi. 
    Omborlarda mexanizatsiyalashgan yuk ortuvchi transport moslamalari 
    (pnevmotransport) dan, akkumlyatorli ortuvchilardan, tasmali transportyorlar, 
    ko‗chma kranlardan foydalaniladi. 
    Paxta yopiq joylardan tashqari ochiq maydonlarda ham saqlanadi. 
    Paxtani ochiq maydonlarda saqlashni tashkil etish bir yo‗la katta kapital
    mablag‗ni sarflashni talab etmaydi, lekin ochiq maydonlardan foydalanish, ularni 
    tiklash, brezent, arqon va boshqa materiallarni xarid qilish, tunellar va quduqlar 
    kovlash uchun ko‗pgina mablag‗ sarflashni talab etadi. Umuman olganda, paxtani 
    ochiq maydonlarda saqlash yopiq omborlarda saqlashga qaraganda ancha 
    qimmatga tushadi. 
    Yopiq omborlarning afzalligi shundaki, ular yuk ortish-tushirish ishlarini 
    to‗laroq mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. 
    Texnik chigitlar g‗aramlarda, urug‗lik chigitlar esa yopiq omborlarda 
    saqlanadi. Paxta toylari ochiq maydonlarda va shiyponlarda saqlanadi. 
    Yong„indan muhofoza xo„jaligi. 
    Paxta tozalash korxonalarida tez 
    yonuvchan mahsulotlar ko‗p miqdorni tashkil etadi. Ochiq alanga, qisqa tutashish 
    tufayli chiqqan elektr uchquni, texnologik asbob uskeunalarga paxta bilan birga
    tushgan og‗ir qorishmalarning urilishidan chiqqan mexanik uchqundan, qizigan 
    jism va boshqa shu singarilardan yong‗in chiqishi mumkin. 


    138 
    Paxtani qayta ishlayotganda, mashinalar ishlovchi organlarining aylanish 
    jarayonida ham paxta o‗z-o‗zidan alangalanishi orqasida yong‗in chiqishi mumkin. 
    Masalan, paxta tez aylanayotgan arraga borib tushganida, temperatura ancha 
    ko‗tariladigan paytda, kolosniklar to‗lib qolganida tola o‗z-o‗zidan alangalanib 
    ketadi.
    Polga, shipga va devorlarga o‗tirgan paxta gardi ham yong‗in xavfini keltirib 
    chiqarishi mumkin. 
    Tayyorlash maskanlarida ham paxta omborlarini ma‘lum qoidaga muvofiq 
    bir-biridan uzoq qilib qurish kerak. Yоnayotgan paxtani o‗chirishda suv asosiy 
    vositaditr. Shu sababli paxta omborlari yonida maxsus hovuzlar kovlanadi. U
    erdan suvni motopompa yoki o‗t o‗chirish nasoslarida olinadi. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish