• 7.7-rasm. Sanoat korxonalari mehnat resurslari
  • -rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    7.6-rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli 
     
    Kuzatish ob‘ktlarining muhimligiga qarab ish kunlarini fotografiya qilish 
    quyidagi turlarga bo‗linadi: 
    Individual
    – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir ish 
    joyida ishlovchi ishchi olinadi; 
    Guruh uslubida
    – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun har 
    bir guruh ishchilar olinadi, chunki guruh a‘zolarining bajaradigan ishlari bir xil 
    bo‗lishi kerak. 
    Brigada shaklida
    – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir 
    brigada ishchilari olinadi. Ularning bajarayotgan ishlari umumiy ishlar bilan 
    bog‗liq bo‗lishi kerak. 


    153 
    Yuqorida aytib o‗tilgan usullardan tashqari ishchilar o‗zlarining ish bajarish 
    vaqtidagi sarf qilayotgan vaqtlarini o‗zlari fotografiya qilishlari mumkin. 
    7.2
     
    Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalari
    kadrlari tarkibi 
    Kadrlar yoki korxonaning 
    mehnat resurslari
    –korxona ro‗yxatida turuvchi 
    va faoliyat ko‗rsatuvchi turli kasb guruhlariga kiruvchi ishlovchilar majmuasidir. 
    Korxona ro‗yxatida ish qabul qilingan barcha ishlovchilar kiritiladi. Mehnat 
    resurlari ishlab chiqarishning moddiy buyum elementlarini harakatga keltiradi, 
    mahsulot yaratadi, foyda ko‗rinishida qo‗shimcha mahsulot va qiymat hosil qiladi 
    (7.7-rasm).
    7.7-rasm. Sanoat korxonalari mehnat resurslari 


    154 
    Sanoat korxonalari to‗g‗ridan- to‗g‗ri moddiy ne‘matlar yaratish jarayonidan 
    ishtirok etuvchi mehnat resurslari bilan birgalikda asosiy ishlab chiqarishga xizmat 
    ko‗rsatuvchi va boshqa vazifalarni bajaruvchi mehnat resurslariga ham egadir. 
    Paxta tozalash sanoati xodimlari quyidagi ikki yirik guruhga ajratiladi:
    -
    sanoat ishlab chiqarish personali;
    -
    nosanoat ishlab chiqarish personali
    Sanoat ishlab chiqarish personala tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish
    jarayoniga ishtirok etadigan barcha shaxslar kiritiladi.
    Asosiy faoliyatdan tashqari faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar nosanoat ishlab 
    chiqarish personali tarkibiga kiritiladi.
    Sanoat ishlab chiqarish personali
    o‗z navbatida quyidagi toifalarga 
    ajratiladi: ishchilar, o‗quvchilar, muxandis- texnik xodimlar va xizmatchilar; 
    kichik xizmat ko‗rsatuvchi personal; qo‗riqlash va yong‗indan muhofaza qilish 
    xodimlari.
    Ishchilarga bevosita moddiy qiymatlarni yaratuvchilar, asosiy vositalarni 
    ta‘mirlovchilar, yuk tashuvchilar, moddiy xizmat ko‗rsatuvchilar kiradi. O‗z 
    navbatida 
    ishchilar
    ham asosiy va yordamchi ishchilarga bo‗linadi. SHuningdek, 
    bajaradigan ishining tavsifiga qarab ishchilar quyidagi to‗rttga asosiy guruhga 
    bo‗linadi:

    mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida mehnat qurollari 
    yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar;

    mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni tashish, saqlash bilan 
    shug‗ullanuvchilar;

    asosiy fondlarni tiklash bilan shug‗ullanuvchi;

    ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot sifatini nazorat qiluvchilar.
    Birinchi guruhga kiruvchilar asosiy ishchilar, qolganlari esa yordamga 
    ishchilar sanaladi.
    O‗quvchilarga korxonada shogirdga tushgan brigada usulida o‗qidiganlar 
    kiradi. Rahbarlar, muxandis – texnik xodimlar xizmatchilar guruhiga kiritiladi.


    155 
    Rahbarlar jumlasiga paxta tozalash korxonasidagi barcha mansab 
    lovozimlarni egallab turgan xodimlar va ularning o‗rinbosarlari kiritiladi, xususan: 
    jamiyat raisi, bo‗lim boshliqlari, bosh mutaxasislar (bosh hisobchi, bosh muxandis, 
    bosh mexanik, bosh texnolog , bosh iqtisodchi va boshqalar).
    Mutaxassislar jumlasiga texnik-muxandislik, iqtisodiyot, buxgalteriya, 
    huquqiy va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha faoliyat yurituvchi xodimlar kiritiladi.
    Jamoaning ishlab chiqarish va maishiy zaruriyatlarini qoniqtirishda faoliyat 
    yurituvchilar kichik ishlab chiqarish personali hisoblanadi.
    Paxta tozalash korxonasi sanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga asosiy 
    ishlab chiqarish, xizmatchi ko‗rsatuvchi va yordamchi bo‗limlar (sexlar) ishchilari, 
    tashqi paxta tayyorlash maskanlaridan paxtani qabul qilib olish va uni zavodga 
    etkazib berish bilan shug‗ullanuvchi ishchilar, shuningdek korxonalarni boshqarish 
    va uning ishlab chiqarishiga xizmat ko‗rsatish xodimlari kiradi.
    Paxta tozalash korxonasi nosanoat personali tarkibiga tayyorlov tizimi 
    ishlovchilari (quritish-tozalash sexi bilan birgalikda), uy-joy kommunal xo‗jaligi, 
    bolalar bog‗chasi va shu kabi boshqa xo‗jaliklar xodimlari kiritiladi.

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish