162
Demak, korxona ish haqiga 1ming so‗m sarflab 600 ming so‗m foyda ko‗rgan.
Bunda:
Dm =
N
F
=
6
,
0
1000
600
ming so‗m (7.9)
Demak, qo‗shimcha ish kuchini yollab ishlatish bir so‗m ish haqi sarfiga 0,6
so‗m foyda keltirdi, vaholanki oldin yollangan ishchilar mehnat 1 so‗m sarfiga 0,5
so‗m foyda bergani uchun qo‗shimcha mehnatni jalb etish uchun qulay bo‗lgan,
chunki 0,6 > 0,5. Agar qo‗shimcha mehnat 0,4 so‗m bersa, qo‗shimcha ishchi
kuchini jalb etish qulay emas, chunki 0,4 > 0,5 bo‗ladi.
Foydani maksimallashtirish qoidasi ishlovchilar sonini keragidan ortib ortib
ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni talab qiladi.
Bevosita paxta tozalash korxonasining o‗zida mehnatga haq to‗lashning
tashkil etilishi quyidagi asosiy elementlardan iborat:
ish haqi fondining shakllanishi;
mehnatni me‘yorlashtirish;
tarif tizimini belgilash;
ish haqi tizimi va shaklini belgilash.