Marketing xizmati vazifalari
– uning o‗ziga xos tamoyillari asosida kelib
chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi:
korxona mahsulotini sotish, savdo, talab va taklif, raqobat, narx, bozor
taraqqiyotini oldindan o‗rganish va tadqiq qilish;
178
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini
baholash, uning assortimentini shakllantirishga oid takliflar berish, kelgusida
ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqidagi yangi g‗oyalarni izlab topish;
bozorga chiqarilgan mahsulotlarni tez sotish yo‗llarini belgilash, sotish va
saqlashni tashkil etish, turib qolganlikni va iste‘molchilarning e‘tiroznomalarini
o‗rganish;
korxonalarda
ishlab
chiqarilgan
mahsulotlar
va
bozor
haqidagi
ma‘lumotlarni to‗plash va uni qayta ishlash;
korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo‗jalik faoliyati, reklama
qilish, moliyaviy va boshqa jihatlar bo‗yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish
uchun zarur hisob-kitob ko‗rsatkichlarini tayyorlash;
reklama tadbirini yo‗lga qo‗yish orqali mahsulot sotilishini tezlashtirish va
aholi talabini shakllantirish;
korxona marketing xizmati faoliyatining qisqa, o‗rta va uzoq muddatlarga
mo‗ljallangan yaxlit dasturlari (rejalari)ni yaratish;
marketing xizmatining korxonadagi boshqa bo‗limlar faoliyati bilan aloqasi
va muvofiqlashtirilishiga doir takliflar berish;
korxona
ishchilarining
iqtisodiy
savdo
faoliyatidagi
yutuqlarni
rag‗batlantirish to‗g‗risida takliflar kiritish;
korxona faoliyati bilan bog‗liq marketing xizmatiga daxldor moliyaviy
hujjatlar va kadrlar masalasi;
korxonaning bozor faoliyatiga doir hisobot va istiqbolni belgilashga oid
hujjatlar loyihasini kelishish.
Marketing xizmati vazifalarining
asosiy maqsadi
korxona to‗la xo‗jalik va
tijorat faoliyatini bozor rivojlanishi qonunlariga bo‗ysunishdir. Bundan ishlab
chiqaruvchilar ham mahsulot iste‘molchilari ham manfaatdordirlar. Marketingni
boshqarish tashkiliy tizimi sxemalari 9.1-9.7-rasmlarda keltirilgan
9
.
9
Ғ
уломов С.С. Маркетинг асослари. –Т.: Шарқ, 2002
179
Marketing xizmati bo‗limlari o‗zaro jips bog‗langan. Ularning har biri o‗z
masalalarini echadi, bu esa bozor so‗rovini aniqlashdan istemolchilar talablarini
qoniqtirish, sotishni ta‘minlashni yo‗lga qo‗yishdan iboratdir
vazifaviy marketing bo‗limlarining tashkil etilishida marketing
bo‗limlari marketing faoliyatining xususiy vazifalari bo‗yicha ierarxik bo‗linadi.
Bu kabi tashkiliy tuzilmaga kichik ishlab chiqarish dasturi va tovar
assortimentiga, kam sonli milliy bozorlar va ular segmentiga ega kichik korxonalar
(marketing xizmatlari) kiradilar. Funksional tashkil etishning yutuqlari
bo‗linmalarni boshqarishdagi soddalik, bajariladigan vazifalarga yuqori
javobgarlik sanaladi. Lekin, tarkibiy tuzilmaning bunday tipi bir qator quyidagi
kamchiliklarga egadir:
tovarlar bo‗yicha mahsus bo‗limlarning yo‗qligi;
bozorning xududiy segmentlari bo‗yicha maxsus bo‗limlarning
yo‗qligi;
bozor talablarining o‗zgarishi va istemolchilar talablariga tezkor
ta‘sirining sustligi;
marketing tashkilotlari tadbirlarini moliyalashtirish masalalarini hal
etishning qiyinlashganligi.
Marketingni
boshqarish
vazifaviy
tashkiliy
tizimi
bo‗g‗inlarining
ma‘suliyatini ta‘minlashni belgilaydi va ularni marketing funksiyasiga bog‗liq
ravishda ixtisoslaydi.
Mahsulot tamoyili bo‗yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‗yicha
bo‗limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‗limlari bo‗yicha mustaqil qaror
qabul qilinadi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishining bu kabi bo‗lgan shakli
avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‗lgan firmalarga to‗g‗ri
keladi. Birinchi marta 1927 yilda «Prokter end Gembl» firmasi bu tashkiliy shaklni
qo‗llagan. Hozirgi vaqtda mahsulot tamoyili bo‗yicha ishni tashkil qilish tashkiliy
tizimi ko‗plab firmalarda, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, atir-upa va kimyo
tarmoqlarida keng tarqalgan (7.11, 7.12-rasmlar).
|