Paxta mahsulotlari sotilishini tashkil etish




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/116
Sana14.05.2024
Hajmi4,06 Mb.
#232428
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Paxta mahsulotlari sotilishini tashkil etish. 
Butun o‗zbek paxta tolasi 
eksporti jahon paxta tolasi bozorida davlatning iqtisodiy manfaatlarini namoyish 
etadigan Tashqi Iqtisodiy aloqalar va investitsiya vazirligi orqali amalga oshiriladi. 
Uning 
tarkibiga 
kiruvchi 
«O‗zmarkazimpeks», «O‗zsanoatmashimpeks», 
«Innovatsi» uchta aksiyadorlik eksport kompaniyasi, shuningdek «O‗ztashqitrans» 
tranmport kompaniyasi kiradi. 
1992 yildan buyon paxta bo‗yicha Xalqaro Maslahat qo‗mitasi a‘zosi 
bo‗lgan O‗zbekiston ubilan bevosita hamkorlik qilmoqda. U to‗liq va ob‘ektiv 
axborot olish hamda paxta etishtirish, qayta ishlash va savdo qilish sohasida 
to‗plangan jahon tajribasini o‗rganish imkoniga ega. 
Paxta tolasini sotishda mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini ishonchli 
himoya qilish maqsadida va mahsulotni yuklashdan oldin sertifikatsiyalash uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq «Sifat» 
O‗zbekiston paxta tolasini sertifikatsiyalash markazi tashkil etildi. Markazning 
viloyatlardagi laboratoriyalari zamonaviy, jahon standartlariga javob beradigan 


183 
asbob-uskunalar bilan jihozlangan 2000 yil paxta hosilidan boshlab paxta tozalash 
korxonalarida ishlab chiqarilgan tolaning sifati va miqdori tola toylari bo‗yicha 
baholanmoqda. 
Jahon paxta bozorida mamlakatimiz maqeini mustahkamlash va tolaning 
raqobatbardoshligini baholash va uni oshirish maqsadida respublika standartlari 
xalqaro talablarga yaqinlashtirildi. 1993 yildan boshlab tolaning tashqi ko‗rinishi 
etalonlari Liverpul va Bremen paxta birjalarida ro‗yxatga olinmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi va «Paxtasanoat» hududiy aksiyadorlik 
birlashmalari bilan birgalikda eksportga yuklab jo‗natish uchun paxta tolasi 
turkumlarini jamlash uchun zahira yaratish maqsadida 2001-2002 yillarda 
mintaqaviy paxta terminallari faoliyat ko‗rsatishini tashkil etish belgilanadi. 
Kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishining belgilangan tartibiga rioya 
etilishi ustidan zarur nazoratni ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligining shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish 
bo‗linmasi mustahkamlandi, respublika apparatida, Qoraqolpog‗iston Respublikasi 
Adliya vazirligida va viloyat bo‗linmalarining har birida ular hodimlari soni 
tegishli ravishda 2 shtat birligiga ko‗paytirish belgilanadi.
Qabul qilingan Farmon va qarorlarga asosan 2001 yil 18 sentyabrda 
«Markazlashgan paxta tolasi eksportini tashkil etish tartibi to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi. Paxta 
tolasini ishlab chiqarish va uni sotishda bozor tamoyillarini kengrok joriy etish, 
respublika paxta tolasi bozorida raqobat muhitini yaratish, paxta va paxta 
mahsulotlarini sotishda jahon amaliyotida qo‗llanilib kelayotgan hisob-kitob shakl 
hamda tizimlarini keng miqyosda qo‗llash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyunda 240-sonli «Ishlab chiqarilgan va 
sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish 
to‗g‗risida»gi qarori qabul qilindi. Paxta tolasini ishlab chiqarish va uni sotishda 
keng miqyosda bozor tamoyillarini joriy etish maqsadida 2006 yil 29 avgustida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxta tolasini sotish va hisob-kitob 


184 
mexanizmini tartibga keltirish to‗g‗risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga 
muvofiq Davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyalari bilan hududiy 
«Paxtasanoat» hissadorlik birlashmalari hamda respublika miqyosidagi 
iste‘molchilar bilan hududiy «Paxtasanoat» hissadorlik birlashmalari bilan 
sotiladigan paxta tolasi bo‗yicha hisob-kitob ishlarini olib borish sxemasi belgilab 
berildi.
 
Qarorda Davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyalari tuzgan shartnomalari 
asosida hududiy «Paxtasanoat» hissadorlik birlashmalaridan paxta tolasini 
ko‗tarasiga sotib olib, kelgusida uni bozor kon‘yunkturasidan kelib chiqib, 
mustakil ravishda chet ellarga ekspgort qilish belgilanadi. Respublikamiz ichki 
bozoridagi iste‘molchilar esa paxta tolasini auksion savdo asosida O‗zbekiston 
Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali sotib oladilar. Qarorda paxta tolasini 
saqlash va uni eksport hamda respublika iste‘molchilariga etkazib berish faqat 
zonal maxsuslashtirilgan paxta terminallarida amalga oshirilishi belgilab qo‗yilgan.
Paxta tolasini eksportga yuklashda Davlat bojxona qo‗mitasi, Moliya 
vazirligi huzuridagi «Fond», Davlat soliq qo‗mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar 
agentligi, Davlat mulk qo‗mitasi, «Sifat» paxta tolasini sertifikatlash markazi, 
«O‗zbekiston temir yo‗llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Karantin 
inspeksiyasi, ekspertiza kompaniyasi va yuk tashish uchun ma‘sul ekspeditor 
kompaniyalar ishtirok etishadi. Paxta etishtiruvchi xo‗jaliklar bilan hududiy 
«Paxtasanoat» birlashmalari, Davlat aksionerlik tashhi savdo kompaniyalari bilan 
hududiy «Paxtasanoat» birlashmalari o‗rtasidagi tuzilgan shartnoma shartlari 
bajarilishi ustidan nazoratni O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi olib beradi.

Download 4,06 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta mahsulotlari sotilishini tashkil etish

Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish