• Marketingni boshqarish
  • Korxonada marketing xizmatini boshqarishnig tashkiliy tizimi




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Korxonada marketing xizmatini boshqarishnig tashkiliy tizimi. 
    Korxonada marketing konsepsiyasini tashkil etish shunday tizimni hosil qilishi 
    kerakki, u bu konsepsiyani amalga oshirishni ta‘minlasin. Hozirgi vaqtda 


    177 
    marketing xizmatisiz, marketing tadqiqotlarisiz ishlab chiqaruvchilarga keskin 
    raqobat muhitida o‗zini saqlab qolish ancha mushkul bo‗ladi. 
    Marketingni boshqarish
    – bu uni tashkil qilishda firma (korxona) oldiga 
    qo‗yilgan maqsadlarga erishishi, tahlil, rejalashtirish, amaliyotga tadbiq etish va 
    nazorat qilish bosqichlarini o‗z ichiga oladi. 
    Marketing faoliyatida samarali natijalarni ro‗yobga chiqarish, asosan, 
    mahsulot, uning narxi va bozorda qay darajada harakatlanishi hamda joylashishdan 
    iborat. Marketing boshqaruvi tashkiliy tizimi – butun organlar tizimi xo‗jalik 
    sub‘ekti oldiga qo‗ygan maqsadga erishishdagi unumli ishidan iborat. Marketingni 
    boshqarish tashkiliy tizimi, ma‘lum faoliyat turini alohida ishbilarmon menejer 
    yoki alohida tizimli qismlar o‗rtasida taqsimlashni belgilaydi. 
    Marketingni boshqarish jarayoni ajralmas uch qismdan iborat: 
    1. 
    Tashkiliy
    – korxona bo‗limlarini zaruriy bozor axborotlari bilan 
    ta‘minlovchi. 
    2. 
    Izlanishlar olib boruvchi
    – korxona marketing faoliyatidagi – bozor, 
    tovar, iste‘molchi, narx, reklama doiralarida uslubiy va tadqiqot ishlarini bajarish. 
    3. 
    Dasturiy
    – nazorat ishlarini - maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani 
    shakllantirish va bozor faoliyatining joriy nazoratini olib boradi. 
    Marketingni boshqarish uning maxsus xizmati orqali amalga oshiriladi. 
    Marketing xizmati har bir korxonada bajarilishi ko‗zda tutilgan o‗ziga xos aniq 
    vazifalar, ishlovchilarning huquq va burchlari, korxonaning boshqa bo‗limlari 
    bilan o‗zaro munosabati va boshqalar hisobga olingan. Nizom asosida tashkil 
    etiladi. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonada marketing xizmatini boshqarishnig tashkiliy tizimi

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish