182
O‗z tovarlarini mamlakat va dunyo miqyosida sotadigan firmalarining
ko‗pchiligida sotuvchilar va xaridorlarning bog‗liqligi, ko‗pincha
geografik
tamoyil
bo‗yicha tashkil qilish shaklini oladi. Ma‘lumki bozorni hududiy sifatlar
bo‗yicha o‗rganish zaruriyati tug‗iladi, bu narsa har bir hududning milliy, siyosiy,
iqtisodiy va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Bularning barchasi geografik (hududiy) tamoyil bo‗yicha marketing
xizmatini tashkil etishni talab qildi. Bozor va geografik (hududiy) tamoyil tovar
tamoyili bo‗yicha tashkiliy tizimga o‗xshash bo‗lgani uchun bu ikki shaklning
ustunligi va kamchiliklari ham o‗xshashdir.
Marketing xizmatlarining yuqorida keltirilgan tarkibiy tizimlari ierarxik
usulda kombinatsiyalash (yirik korxonalarda) mumkin bo‗lgani kabi
matritsaviy
shaklini ham korxonalarda qo‗llash mumkin. Bunda barcha kamchiliklarni
yo‗qotish va alohida farq qiluvchi sifatlarning barcha ustunliklarini umumlashtirish
uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.