Marketingni tashkil etish tamoyillari.
Marketing tashkil etishda, uning
tuzilishi qandayligidan qat‘iy nazar bir xildagi qonun-qoidalarga rioya qilinmog‗i
lozim.Ularning majmuiga
tamoyil
deb ataladi. Tamoyil lotincha «tamoyilium»
so‗zidan olingan bo‗lib, dastlabki asos, ya‘ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy
qoidasi, «rahbar», «g‗oya» degan ma‘noni bildiradi.
Marketingni tashkil etishda
quyidagi tamoyillarga
rioya qilinadi:
mehnat tamoyiliga rioya qilish;
rahbariyatga bo‗ysunish, intizom va tartibga rioya qilish;
boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik;
markazlashuv va ierarxiyaga rioya qilish;
mehnatni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish;
ishchi va xizmatchilarning doimiyligi, birligi va yagonaligi;
tashabbuskorlik va haqqoniylik;
ilmiylilik;
tejamkorlik va samaradorlik.
Marketing xizmati tarkibida mehnatning muqobil
taqsimlanish tamoyili
– bu
marketingni tashkil etishda bor bo‗lgan holatdir. Ushbu tamoyilning maqsadi
oqibatda ishlab chiqarish hajmi va sifatini birlamchi xarajatlar bilan oshirishdir.
174
Jamiyat taraqqiyoti bilan yangi tarmoqlar vujudga kelishi kishilar o‗rtasida mehnat
taqsimlanishini keltirib chiqaradi.
Rahbariyatga bo‘ysunish tamoyili
– bu buyruq va qaror qabul qilish huquqi
va bunga barchaninig bo‗ysunishidir. Hokimiyatni mas‘uliyatsiz, javobgarliksiz
tushunib bo‗lmaydi. Qaerda hokimiyat bo‗lsa, o‗sha erda mas‘uliyat bo‗ladi.
Mas‘uliyatni tushungan va uni o‗z zimmasiga olgan marketing bo‗limi boshlig‗ini
barcha hurmat qiladi. Yashi boshliq o‗z oldidagi mas‘uliyatni yaxshi tushunishi
kerak.
Marketing
boshqaruvchisi
o‗zida ushbu sifat va xislatlarni
mujassamlashtirgan bo‗lishi kerak. Hokimiyatni, amalni suiste‘mol qilmaslikning
eng yaxshi kafolati – bu boshliqning shaxsiy g‗ururi, yuksak insoniy tuyg‗usidir.
Intizom va tartibga rioya qilish tamoyili
– bu marketing xizmatchilari va
korxona kelishuviga muvofiq ularning o‗zini tutish, tashqi hurmat belgilari, xulq-
atvoridir. Intizom har bir ishning yaxshi bajarilishi uchun kerak bo‗lgan omildir.
Hech bir iqtisodiy sub‘ekt busiz rivojlanishi mumkin emas. Marketing ham bundan
mustasno emas. Tartibga rioya qilish deganda ikki xil tartib nazarda tutiladi:
moddiy va ijtimoiy tartib.
Moddiy tartibning qoidasi quyidagicha: har bir narsaga joy aniqlash kerak
va har bir narsa o‗z joyida bo‗ladi. Maqsadga to‗liq erishish uchun yana narsalarni
yaxshilab joylash kerak va tanlangan joy barcha jarayonlar engillashtirishini
ta‘minlashi lozim bo‗ladi. Ijtimoiy tartibning qoidasi quyidagicha: har bir kishining
joyi aniq va hamma o‗z joyida bo‗lishi kerak. Korxonada ijtimoiy tartib qaror
topishi uchun ushbu qoidaga amal qilish kerak. Ijtimoiy tartib, shuningdek ishchi
bilan joyning bir-biriga mos kelishishini talab etadi.
Buyruq berishning
yagonalik tamoyili
ham marketingni boshqarishda
muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyil buzilsa, u hokimiyatning, masalan,
marketing bo‗limi boshlig‗ining, korxona rahbarining obro‗siga putur etkazadi
hamda intizom yo‗ldan chiqadi va tartib buziladi. Bu esa, marketingni tashkil
etishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Marketingni tashkil etishdagi yagonalik princhipini
shunday tushuntirish mumkin: bitta yagona maqsadni ko‗zlagan yagona boshliq va
dastur. Bu faoliyatning samarali bo‗lishi uchun kerakli bo‗lgan shart – sharoit,
175
ammo yakkaboshchilik masalalarini hal qilishning
kollegialligini
inkor etmaydi.
Balki masalalarni kollegial hal qilish va javobgarlik yagona shaxsga
yuklatilganligini anglatadi. Bunda shaxsiy fikrlarning ommaviy fikriga bo‗ysunishi
nazarda tutiladi. Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha: korxona marketing guruhi
ishchi – xizmatchilarining manfaatlari korxona manfaatlaridan ustun qo‗yilishi
mumkin emas, umumjamiyat manfaati shaxs, shaxslar guruhi manfaatidan yuqori
bo‗lishi kerak. Agar marketing bo‗limida xizmatchi faqat o‗zining manfaatini
o‗ylab ishlasa, u korxonaning yuqori daromad olishiga to‗sqinlik qiladi. Oqibatda
korxonaning yaxshi yutiqlarga erishmasligi ishlovchilar manfaatlariga ta‘sir qiladi.
Rag‘batlantirish tamoyili
marketing xizmatlarini moddiy, ma‘naviy
taqdirlash, bajarilgan ishga haq to‗lash demakdir. Taqdirlash haqiqatga yaqin
bo‗lib, marketing xodimi va korxonani qoniqtirish kerak. Rag‗batlantirish o‗lchovi
xizmatchining ish sifati, bilimiga haq to‗lash shakliga bog‗liq.
Markazlashuv va ierarxiyalik tamoyili
ayrim boshliqlar tomonidan qabul
qilinishi yoki qilinmasligi mumkin, lekin u katta yoki kichik miqdorda albatta
faoliyat ko‗rsatadi. Marketingni tashkil etishda va uni amalga oshirishda
markazlashgan va markazlashmagan usullarni qo‗shib olib borish maqsadga
muvofiqdir. Markazlashgan topshiriqlar iqtisodiy manfaatdorlik davlat nuqtai
nazaridan va har bir iste‘molchi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi manfaatlari
nuqtai nazaridan boshqarib borilmog‗i lozim. Ierarxiya boshqarishda yuqoridan
pastga bo‗lgan boshqaruv organlari qatori bo‗lishini taqozo etadi.
Ishchi va xizmatchilar tarkibining doimiylik (muqimlik), birlikka moyillik
tamoyili
. Ishchi va xizmatchi yangi bir vazifani o‗rganib olishiga ozgina vaqt
qolganda almashtirilsa, bu xatti-harakat bilan uning korxonaga foyda keltirishi
imkoniyatini yo‗qga chiqaradilar. Agar bu kabi o‗zgartirishlar to‗xtovsiz va tez-tez
amalga oshirilsa, vazifa hech qachon yaxshi darajada bajarilmaydi. Bunday
xatoliklar ham qanday korxonalar uchun xavflidir, chunki u erda butun vazifani
qaytadan o‗rganib olish ko‗p vaqtni oladi.
Tashabbus ishchilar faolligini oshiradi, bu esa marketingni boshqarishda
ijobiy o‗rin tutadi. Boshliqlar ishchilar tashabbusi – bu katta kuchdir va korxona
176
uchun katta ahamiyatga ega. Bu asosan, qiyin paytda bilinadi. O‗z xizmatchilariga
tashabbus ko‗rsatadigan boshliq bu kabi vazifani bajara olmaydigan boshliqdan
ustun turadi.
Haqiqiylik
ham marketing faoliyatini amalga oshirishda muhim omildir.
Marketolog o‗z xaridori, tovar etkazib beruvchisini aldashi mumkin emas, aks
holda inqirozga uchraydi. Marketing bo‗limi xizmatchilari o‗z ishini puxta, sodiqli
va sidqidildan bajarishi uchun ularni rag‗batlantirishda adolat va haqiqat bilan
do‗stona munosabatda bo‗lishi kerak. Marketing bo‗limi xizmatchilari
iste‘molchilar haqiqatni va tenglikni talab qilishganda ular bilan maslahatlashishi
lozim. Ammo bu talablarni hech bir tamoyilni buzmasdan, umuman manfaatlarga
putur etkazmasdan bajarishi kerak. Buning uchun marketing bo‗limi boshlig‗i
barcha usullarni ishga solishi kerak.
Marketingni tashkil etishda
ilmiylilik tamoyili
alohida ahamiyat kasb etadi.
Marketing ob‘ektiv iqtisodiy qonunlarning talabini etiborga olgan holda amalga
oshiriladi. SHunday ekan, marketingni tashkil qilish har tomonlama chuqur ilmiy
izlanishlar asosida barcha ob‘ektiv shart-щaroitlarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Marketingni amalga oshirishda ilmiylilik har qaday qolipga qarshi, har
bir masalaga alohida yondashish va ustalik bilan faoliyat ko‗rsatishni nazarda
tutadi. Bunda ushbu masalalar ilmiy asosga ega bo‗lishi ko‗rib chiqilishi va hal
qilnishi lozim.
Marketingni tashkil etish va uni amalga oshirishda
samaradorlik tamoyili
har qanday marketing masalalarini qisqa muddatda kam xarajatlar bilan hal etishni
taqozo etadi. Marketing faoliyatida tejamkorlikni keng yoyish, resurslardan
oqilona foydalanishni tashkil etish, tovarlar zahirasini qisqartirish, tovarlar
aylanishini tezlashtirish, ular kam xarajatlar bilan xaridorga etkazish – bular
barchasi ushbu tamoyilning asosiy mazmunidir.
|