173
savdosi bilan aslo tenglashtirilmasligi lozim. Agar savdoning asosiy ishi xaridorni
nima ishlab chiqarilgan bo‗lsa, shuni sotib olishga ishontirishdan iborat bo‗lsa,
marketingning vazifasi esa bozorga xaridor haqiqatdan ham ehtiyoj sezgan
tovarlarni etkazib berishdan iborat». Shuning uchun paxta tozalash korxonalarida
ham samarali marketing xizmatini tashkil etish lozim bo‗ladi.
Marketingni tashkil etish iqtisodiyotning boshqa sohalarini tashkil etishdan
o‗z xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Masalan, har bir korxona, transport
tashkiloti, aloqa yoki jamoa xo‗jaliklarining tashkiliy tizimi faqat o‗z xo‗jalik
faoliyatini yaxshilash, yuqori foyda olish, o‗z jamoa a‘zolarining manfaatiga,
ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan faoliyatdir.