165
ishchilarda bajariladigan ish hajmini yoki mahsulot ishlab chiqarish
hajmini ko‗paytirish imkoniyati mavjud bo‗lsa;
muayyan bo‗linmada mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish
zaruriyati tug‗ilganda;
bajariladigan ish hajmini (miqdorini) aniq hisoblash imkoniyati
mavjud bo‗lganda;
texnik asoslangan mehnat me‘yorlari qo‗llanilganda.
Mehnatga haq to‗lashning ishboy shakli xususiyatlariga ko‗ra quyidagilarga
ajratiladi:
ish bajarish rassenkalarining aniqlanishi (bevosita, bilvosita,
progressiv,akkord va pudrat);
ishchilar bilan hisob-kitob qilinishi (yakka tartibda va jamoa bilan);
moddiy rag‗batlantirish (mukofat to‗lovlari bilan yoki ularsiz).
Bevosita (to‗g‗ridan–to‗g‗ri) yakka tartibda ish haqi to‗lash tizimida
ishchining ish haqi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
i
i
ишб
P
Q
З
.
; (7.10)
bu erda:
i
Q
- ishlab chiqarilgan i- turdagi mahsulot miqdori,
natural birliklarda;
i
P
-bir birlik I - turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
to‗lanadigan ish haqi (rassenka), so‗m/natural
birlik.
Bajarilgan ish yoki mahsulot birligi uchun ish bahosi (rassenka) quyidagicha
hisoblanadi: