O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/116
Sana14.05.2024
Hajmi4,06 Mb.
#232428
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

R = 
ч
Ни
Тст
/
 
; (7.11) 
 


166 
Bu erda, Tst-tarif stavkasi, so‗m/soat; 
Ni/ch –mahsulot vaqt birligida ishlab chiqarish
me‘yori, dona/soat. 
Mehnatga haq to‗lashning bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) 
jamoaga ishbay haq 
to‘lash 
tizimida ishchilarning ish haqlari jamoa amalda ishlab chiqargan mahsulot 
yoki bajarilgan ish hajmiga uzviy bog‗liq. Jamoa mehnatiga haq to‗lashni tashkil 
etish quyidagilar bilan yakka tartibli ish haqi to‗lash tizimidan farq qiladi: 
1.
Ish butun brigada uchun vaqt me‘yori va ishlab chiqarish me‘yori 
belgilangan naryad bo‗yicha bajarilishi; 
2.
Brigada har bir a‘zosining ish haqi brigadadagi har bir ishchi ishining 
natijasiga bog‗liqligi; 
3.
Haq to‗lash brigada rassenkasi bilan amalga oshirilishi. 
Mehnatga haq to‗lashning 
ishbay-mukofoti
tizimida ishchi mehnatga 
belgilangan sifat ko‗rsatkichlarini bajargani yoki oshirib bajargani uchun mukofot 
oladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqarishning mas‘uliyatli bo‗g‗inlarida ishlovchi 
ishbay ishchilarga ishlab chiqarish rejasini bajargani va rejaning oshirib bajarilgan 
har bir foizi uchun mukofot belgilanishi mumkin. Bu holda ishbay-mukofot ish 
haqi quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
Z
ishbay n.
= Qi x (1 + 
100
П
) ; (7.12) 
bu erda, P – mukofot foizi %. 
Bilvosita-ishbay
haq to‗lash tizimi birinchi o‗rinda asosiy ishchilarga xizmat 
ko‗rsatuvchi yordamchi ishchilarga nisbatan qo‗llaniladi va bilvosita ishbay 
rassenkalar (Rks) aniqlanadi: 
Rks = 
.
.
/
ёр
ч
Ни
Тст
; (7.13) 


167 
Bu erda, Tst. – yordamchi ishchining tarif stavkasi, so‗m/soat; 
Ni/ch yor.-yordamchi ishchilar xizmat ko‗rsatuvchi asosiy
ishchilarning mahsulot ishlab chiqarish
me‘yorlari, dona/soat. 
Ish haqi to‗lashning bu tizimida ishchining ish haqi quyidagi formula bilan 
hisoblanadi: 
Zks = Rks x Qosn (7.14) 
bu erda, Qosn-mazkur yordamchi ishchilar tomonidan xizmat ko‗rsatilgan asosiy 
ishchilarning ishlab chiqargan mahsulotlari (ishlari) hajmi, natural birliklarda . 
Ishbay-progressiv
ish haqi to‗lash tizimida belgilangan me‘yor bajarilgan 
ishga oddiy rassenkalar bo‗yicha me‘yordan ortiq bajarilgan qismiga orttirilgan 
rassenkalar bo‗yicha haq to‗lanadi. 
Paxta tozalash sanoatida ushbu ish haqi to‗lash tizimi odatdan tashqari 
hollardagina qo‗llaniladi. Rassenkani oshirish ishlab chiqarish me‘yorini bajarish 
darajasiga bog‗liq va uning uchun maxsus shkala ishlab chiqilgan. Masalan, ishlab 
chiqarish me‘yori 20% gacha oshirib bajarilganda ishbay ratsenka 1,5% marta 
ko‗payadi; 50% dan oshirib bajarilganda esa rassenka 2,5 marta ko‗payadi. 
Akkord 
ish haqi to‗lash tizimi muayyan hajmdagi ishni bajarishni va bu ish 
uchun ajratilgan umumiy ish haqi fondini nazarda tutadi. Bunda mehnatga haq 
to‗lash, bajarilish muddatidan qat‘i nazar, belgilangan ish hajmi to‗liq bajarib 
bo‗lganidan keyin amalga oshiriladi. 
Mehnatga haq to‗lashning 
vaqtbay
shaklida ishchiga to‗lanadigan ish haqi
amalda ishlangan vaqti va malaka razryadining tarif stavkasi yoki belgilangan 
oylik okladi bilan beriladi. 
Bajariladigan ish tavsifi va aniq tashkiliy-texnikaviy sharoitlarga bog‗liq 
holda vaqtbay ish haqi to‗lashning quyidagi tizimlaridan foydalaniladi: 
1.
Vaqtbay ishchilarga soatlik tarif stavkasi bo‗yicha va ishbay ishchilarga 
soatlik tarif stavkasi bo‗yicha yoki oylik maosh bo‗yicha haq 
to‗lanadigan oddiy vaqtbay tizimida: 


168 
2.
Vaqtbay-mukofot tizimida. 
Birinchidan, muayyan vaqt ichida ishchiga to‗lanadigan ish haqi 
quyidagicha aniqlanadi: 
Zvaqt = Tst x Q soat, (7.15) 
bu erda, Tst – razryadga mos keluvchi soatlik (kunlik) tarif
stavkasi, so‗m; 
Q soat, - haqiqatda ishlangan vaqt, soat (kun). 
Mukofotli-vaqtbay
ish haqi to‗lash tizimida ishga haq to‗lash formulasi 
quyidagicha: 
Z vaqt. M. = Tst x Q soat x (1 + 
)
100
П
К
Р


; (7.16) 
bu erda, R - belgilangan ko‗rsatkichlarni bajarganlik uchun tarif
stavkasiga nisbatan mukofot miqdori, %; 
K– belgilangan ko‗rsatkichlarni mukofotlash shartlarini 
har bir ortiqcha bajarilgan foizi uchun mukofot
miqdori, %; 
P-belgilangan ko‗rsatkichlarni va mukofotlash 
sharoitlarini ortig‗i bilan bajarganlik foizi. 
Shtat maosh (oklad)
tizimi bo‗yicha muxandis-texnik xodimlar va 
xizmatchilar mehnatiga haq to‗langanda asosiy muvofiqlashtiruvchi hujjat bo‗lib 
shtat jadvali hisoblanadi. Unda korxona, asosiy va yordamchi sexlar, ombor va 
transport xo‗jaligi va boshqa bo‗linmalarning barcha mansablari hamda ularga 
tegishli maoshlari ko‗rsatiladi. 
Muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning mansab maoshlari tarmoqda 
tasdiqlangan mansab maoshlarining yagona sxemasi bo‗yicha belgilanadi. 


169 
Paxta tozalash korxonasida mehnatga haq to‗lash uchun mansab 
maoshlarning bir qator sxemalarida mavjud. Masalan, raxbarlar va muxandis-
texnik xodimlar; chiziqli boshqaruv xodimlari; xizmatchilar va kichik xizmat 
ko‗rsatuvchi personal va boshqa xodimlar shular jumlasidandir. 
Ustalar mehnatiga haq to‗lash bo‗linmada tayyorlanadigan mahsulot 
murakkabligiga bog‗liq holda tabaqalashtiriladi. Bo‗linmalar uch guruhga 
ajratilgan va shunga mos holda maoshlarning uch xil darajasi belgilangan: I. O‗ta 
murakkab mahsulot ishlab chiqaradigan bo‗linmalar; II . Murakkab mahsulot 
ishlab chiqaradigan bo‗linmalar; III. Boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan 
bo‗linmalar. 
Ma‘muriyat buyrug‗i bo‗yicha belgilangan ish kunida (smenasidan) ortiqcha 
ishlangan vaqt uchun ishchi qo‗shimcha pul bilan taqdirlanadi. Bu rag‗batlantirish 
miqdori dastlabki ikki soat uchun tarif stavkasiningt 50% iga, keyingi soatlar 
uchun 100% iga teng bo‗ladi. 
Dam olish kunlarida bajariladigan ishlar pul bilan qoplanish mumkin emas. 
Buning uchun ishchi yaqin ikki xafta ichida dam olishi shart. Bayram kunlarida
bajariladigan ishlar vaqtbay ishchilar va xizmatchilarga tarif stavkasi bo‗yicha ikki 
baravar, ishbay ishchilarga esa ishbay rassenkasi bo‗yicha ikki barobar miqdorida 
to‗lanishi shart. Kasaba uyushmasi bekor turib qolishlarga haq to‗lash uchun uning 
sabablarini aniqlaydi va va u uch xil bo‗ladi: ishchi aybi bilan, ma‘muriyat aybi 
bilan va yangi ishlab chiqarishni o‗zlashtirish vaqtida ishchining aybi bilan bekor 
turib qolinganda haq to‗lanmaydi. Ma‘muriyat aybi bilan bekor turib qolinganda 
ishchiga uning vaqtbay tarif stavkasining 50% miqdorida haq to‗lanadi. YAngi 
ishlab chiqarishni o‗zlashtirish vaqtidagi ishchilarga bog‗liq bo‗lmagan bekor turib 
qolishlar vaqtbay tarif stavkasining 100% miqdorida haq to‗lanadi. 
Malakali ishchilardan kam malakali ishlarda foydalanilganda ularga 
razryadlar orasidagi farq qo‗shimcha to‗lanadi. 
Zararli ish sharoitlarda ishlaydiganlar uchun hma qo‗shimcha haq to‗lanadi. 
Masalan, paxta tozalash korxonalarida paxtani pnevmoquvurga uzatish, siklon va 
urug‗lik chigitini dorilash bo‗linmalarida ishlovchi ishchilarga tarif stavkasiga 


170 
qo‗shimcha 24%:, paxtani quritish tozalash sexi va tozalash sexi ishchilariga 16%, 
qolgan kasblarda 8% gacha qo‗shimcha haq to‗lanadi. 
Ishchining aybi bilan sifatsiz bo‗lgan, lekin tuzatiladigan mahsulotlar uchun 
pasaytirilgan rassenka bilan haq to‗lanadi. To‗lov miqdori vaqtbaychilar tarif 
stavkasining 50% dan oshmagan holda rahbariyat tomonidan belgilanadi. Ishchiga 
bog‗liq bo‗lmagan butunlay sifatsiz mahsulot uchun vaqtbaychilar tarif 
stavkasining 2/3 miqdorigacha haq to‗lanadi. 

Download 4,06 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti

Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish