140
Odatda mehnat ikki xilga, ya‘ni jonli va o‗tmishdagi mehnatga bo‗linadi.
Jonli mehnat
fiziologik jarayon bo‗lib, bunda ishchilar jismoniy va aqliy quvvat
sarflaydi. Aqliy energiya sarfi bilan jismonny energiya sarfining turli nisbatda
bo‗lishi esa mehnatning mazmuniga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Mehnat jarayonining murakkabligi va xilma-xilligi, mehnatning usul va
uslublari bajarilishini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish va rejalashgirish
imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o‗zgarishlar kiritadi. SHu bilan bir
qatorda mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni quyidagilardan iborat:
• korxonalarda texnika, texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil etish
ishining rivojlanishi;
• xodimlarning madaniy-texnik darajasi o‗sib borishi munosabati bilan
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirishi;
• ijrochilarni joy-joyiga qo‗yishni va ish vaqtidan foydalanishning eng
maqsadga muvofiq yo‗llarini belgilashi;
• ish joylarini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishni uzluksiz yaxshilab
borish, u joylarni ijrochining fiziologik va antropometrik ko‗rsatkichlariga mos
bo‗lgan asbob-uskunalar bilan ta‘minlash, ish joylariga ish vaqtining isrof
bo‗lishini yo‗qotadigan eng samarali xizmat ko‗rsatadigan tartiblarni joriy qilishi:
• mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini
joriy qilish; xodimlarning yuqori mehnat unumdorligini ta‘min etuvchi mehnat
jarayonini loyihalash va tadbiq qilish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini
aniqlash, o‗rganish, tanlash va joriy qilish;
• xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularning malakalarini oshirishni tashkil etish
ishini va shakllarini yaxshilash, texnika va texnologiya hamda pedogogika fanining
hozirgi zamon talablariga javob beradigan ta‘lim shakllari va usullarini tanlashdan
iborat.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish uchun bir qancha vazifalarning har
birini, bir vaqtning o‗zida va bir-biriga bog‗liq holda kompleks hal etish lozim. Bu