101
darajada ro‗y bermoqda. Binobarin, to‗qimachilik va engil sanoatlar uchun asbob-
uskuna hamda dastgohlar assoritmenti ham mos ravishda oshishi kuzatiladi.
To‗qimachilik dastgohlari o‗zining yuqori murakkab konstruktorlik
echimiga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yigiruv, eshuvchi va boshqa shu
kabi dastgohlarda shunday ishchi qismlari uchraydiki, ularning minutiga aylanishi
yuzlab, minglab sonni tashkil etadi. To‗quv va trikotaj dastgohlarida sekundning
yuzdan bir ulushi aniqligida ishlaydigan avtomatik mexanizmlar o‗rnatilgan.
Harakatdagi to‗qimachilik dastgohlari foydali ish koeffitsienti stanoksozlik,
transport tarmoqlariga nisbatan 1,5-2 marta ko‗pdir. To‗qimachilik sanoatida talab
qilinadigan mashinalardan foydalanishdagi ishonchlilik darajasi boshqa saonatning
qayta ishlovchi tarmoqlariga nisbatan 50-70% ga yuqoridir.
YUqorida sanab o‗tilgan sabablar to‗qimachilik mashinasozligida ilmiy-
texnik ta‘minotni yuqori darajaga ko‗tarish va uni sifat jihatdan yanada
kengaytirishni talab etadi.