Paxtani tayyorlov maskanidan tashib ketish va uni paxta zavodida
qabul qilish.
Paxta tozalash zavodi hissadorlik jamiyati raisi va tayyorlov maskani
mudiri paxta tashishni shunday tashkil etishlari kerakki, toki paxta zavodida
90
assortiment asosida 1,5-2 oy ishlashga, tola ishlab chiqarish rejasini bajarishga
etadigan miqdorda paxta zahirasi bo‗lishi lozim.
Birinchi navbatda havo ochiq kunlarda paxta zavodiga uruQlik paxta,
shuningdek paxta zavodi bilan tekis va ravon yo‗llar orqali boQlanmagan
maskanlardagi paxta tekshirilishi kerak.
Tayyorlov maskanlaridan zavodgacha paxta xom-ashyosi asosan avtomobil
transportida tashiladi.
Paxta zavodiga bir xil seleksion nav hamda sanoat naviga va bir xil terim
turiga mansub bir xil paxta partiyalari jo‗natiladi.
Sifati bir xil bo‗lgan va bitta tovar-transport nakladnoyi (№1 – T – XL
shakl) yozilgan ma‘lum miqdordagi paxta xom-ashyosi
paxta partiyasi
deb ataladi.
Paxta tayyorlov maskanidan zavodga jo‗natilishida uni mato yoki brezent
bilan yaxshilab yopish lozim.
Tayyorlov maskanidan jo‗natiladigan paxtani hisobga olish uchun
boshlanQich hujjatlarning quyidagi shakllari qo‗llaniladi:
13-XL shakli – avtomobil tarozisining o‗lchovnomasi (otves);
14-XL shakli – avtomobil tarozisidagi yuk o‗lchovini hisobga olish daftari;
1 – TXL shakli – paxtani tayyorlash maskanidan paxta zavodiga tashish
uchun tovar-transport nakladnoyi;
16-XL shakli - jo‗natilgan paxtaga tafsilotnoma (spetsifikatsiya);
25-XL shakli – paxta harakati haqida hisobot.
Tayyorlov maskani
buxgalteriyasi jo‗natilayotgan paxta partiyasiga 5
nusxada tovar-transport nakladnoyi to‗ldiradi.
Uning bir nusxasi o‗tish uchun ruxsatnoma hisoblanadi, ikki nusxasi paxtani
jo‗natuvchi maskanda qoladi, bittasi paxtani qabul qilib oluvchi zavodga, bitta
nusxasi esa transport tashkilotiga yuboriladi. Bu nakladnoylar aniq hisob-kitob
blankalari hisoblanadi.
Tayyorlov maskani nakladnoyiga tayyorlov maskanida №7-XL shaklda
paxta
harakati
hisobga
olinadigan
daftar
ma‘lumotlari bo‗yicha nav
91
ko‗rsatkichlarini, paxtaning ifloslanganlik va namlik bo‗yicha nav ko‗rsatkichlarini
esa uni tayyorlov maskanidan paxta zavodiga jo‗natish oldidan
tahlillar bo‘yicha
yozishi shart. Bu ko‗rsatkichlar paxta zavodi tomonidan bir kunda olib kelingan
mazkur partiyaning barcha nakladnoylariga yozib qo‗yiladi.
Tayyorlov maskanidan paxta zavodiga jo‗natilayotgan paxta albatta tarozida
tortilishi shart.
Paxta partiyasi jo‗natib bo‗lingach №11- XL shaklida uni qabul qilish,
saqlash va jo‗natish natijalari bo‗yicha tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Tayyorlov maskanlaridan paxta zavodiga tashib keltirilgan barcha paxta
qabul paytida tarozida qayta tortilishi kerak.
Tayyorlov maskanidan olib kelingan paxta zavodda quyidagi tartibda qabul
qilib olinadi:
paxtaning navi tayyorlov maskani bergan ko‗rsatkichlar bo‗yicha qabul
qilinadi;
paxtaning haqikiy vazni zavodda tarozida tortish yo‗li bilan aniqlanadi.
Paxtaning hisob-kitob va konditsion vazni uning ifloslik va namlik darajasini
zavod laboratoriyasida tekshirish yo‗li bilan aniqlanadi.
Tayyorlov maskani paxtani to‗xtovsiz qabul qilib olish, g‗aramlarga,
omborxonalarga bosish va zavodga jo‗natish uchun quyidagi hisob-kitobdan kelib
chiqqan holda mexanizatsiya vositalari bilan ta‘minlanishi kerak.
Har 10 ming tonna paxta hisobiga quyidagidan kam bo‗lmagan miqdorda:
qabul qilish va uzatish qurilmalari - 16
transportyorlar - 16
RBA garam buzgichlar - 3
Kuchma metall shotilar - 3
PU – 05 yuklagich traktor bilan - 1.
Bitta quritish-tozalash sexi 3 ta taktor va 6 ta tirkamaga ega bo‗lishi kerak.
92
Tayyorlov maskaniga kelayotgan har bir paxta partiyasi tarozida tortib qabul
qilib olingach, qabul qilish-uzatish qurilmasiga to‗kiladi. Bu qurilma paxtani
transportyor yordamida g‗aramga yoki omborxonaga uzatadi.
Paxtani traktor tirkamlaridan erga to‗kishga ruxsat etilmaydi.
Jo‗natilayotgan har bir to‗dadagi paxta massasini qayd etish uchun
saralovchi avtomobil tarozining 13-XL shaklidagi o‗lchovnomasi (otves)ni yozadi.
Ushbu shakl katta saralovchi tomonidan bir nusxada tayyorlanadi va tayyorlov
maskani buxgalteriyasiga yuboriladi. U tayyorlov maskanidan paxtani jo‗natishda
tovar-transport nakladnoyini yozish uchun asos hisoblanadi.
Paxtaning jo‗natilishi va borib tushishi ustidan nazorat yuritish uchun uni
o‗lchayotganda katta saralovchi yuklar avtomobil tarozisida o‗lchanishini hisobga
olish bo‗yicha 14-XL shaklni daftarni to‗ldiradi. Keltirilgan paxtani o‗lchashda
zavoda ham shunday daftar yuritiladi. Hisobga olish daftari (14-XL shakli)
raqamlangan, ip o‗tkazib bog‗langan, imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‗lishi
lozim.
Tayyorlov maskani buxgalteriyasi jo‗natilayotgan har bir to‗dadagi paxtani
tayyorlov maskanidan jo‗natish uchun mo‗ljallangan 1-TXL shaklidagi tovar-
transport nakladnoyi yozadi. Tovar-transport nakladnoyi 13-XL shaklli
o‗lchovnoma (otves) asosida besh nusxada yoziladi. Paxtaning naviga oid
ko‗rsatkichlar tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish bo‗yicha 14-XL
shaklidagi daftar ma‘lumotlari, paxtaning ifloslilik va namlik ko‗rsatkichlari esa,
tayyorlov maskanidan zavodga jo‗natilayotgan paxtaning jo‗natish oldidan
qilingan tahlil ma‘lumotlari bo‗yicha nakladnoyda ko‗rsatiladi.
Zavoda paxta navi tayyorlov maskani ma‘lumotlariga ko‗ra qabul qilinadi,
haqiqiy massasi esa, xom ashyoni o‗lchash yo‗li bilan aniqlanadi. Paxtaning
hisobiy va konditsion massasi uning zavod laboratoriyasida aniqlangan iflosligi va
namligi asosida hisoblab chiqiladi, ifloslik va namlik bo‗yicha zavod va tayyorlov
maskani belgilovi o‗rtasidagi tafovut belgilangan cheklangan me‘yordan oshmagan
hollarda konditsion massasini hisoblash uchun ifloslik va namlik yuzasidan
tayyorlov maskanida belgilangan ko‗rsatkichlar qabul qilinadi.
93
Korxona qoshidagi paxta tayyorlov maskani saralovchilari o‗zlariga
biriktirilgan zonada joylashgan paxta ekadigan xo‗jaliklardan paxtani qabul qilib,
o‗zlari uni asosiy ishlab chiqarishga beradi. Ular paxta korxonada qayta
ishlanganda tola va boshqa paxta mahsulotlarini me‘yoriy chiqishini ta‘minlashga
to‗liq mulkiy javob beradilar.
Tovar-transport nakladnoyi (I-TXL shakl) qat‘iy hisobot blankasi
hisoblanadi, u seriyalangan va raqamlangan bo‗ladi.
Jo‗natilgan paxta nakladnoyini qayd etish uchun tayyorlov maskanining
katta buxgalteri bu xom-ashyo tafsilotnoma (spetsifikatsiya) 16-XL shaklni tuzadi.
Paxtani o‗z paxta zavodiga yuklab jo‗natishda tafsilotnoma (spetsifikatsiya) har
haftada ikki nusxada tuziladi va zavod buxgalteriyasiga jo‗natiladi.
Tafsilotnomaning bir nusxasi paxta zavodi buxgalteriyasining haqiqiy
qabul haqidagi belgisi bilan tayyorlov maskaniga qaytariladi.
Paxtani boshqa paxta zavodiga jo‗natishda tafsilotnoma har bir jo‗natish
uchun to‗rt nusxada tuziladi. Ularning ikki nusxasi hisob (schet) bilan paxtani
oluvchi-zavodga, ikkinchi nusxasi o‗z zavodiga jo‗natiladi. Oluvchi-zavod
tomonidan haqiqiy qabul haqidagi belgi qo‗yib qaytarilganidan so‗ng
tafsilotnomaning bir nusxasi zavod kiritgan o‗zgarishlar bilan paxtani jo‗natuvchi
tayyorlov maskaniga qaytariladi.
Katta saralovchi paxtaning massasi va uni oluvchi-zavod tahlili
ma‘lumotlariga rozi ekanligini imzo qo‗yib tasdiqlashi shart.
Jo‗natilgan paxta uchun 16-XL shakldagi tafsilotnoma qat‘iy hisobot
blankasi hisoblanadi, seriyalangan va raqamlangan bo‗ladi.
Tayyorlov maskani buxgalteriyasida oy tugashi bilan paxta xarakati
haqidagi 25-XL shaklli hisobot tayyorlanadi. 25-XL shaklidagi hisobot tayyorlov
maskanida jamlangan har bir to‗dasi bo‗yicha tuziladi.
6-ustun o‗tgan oy uchun 25-XL shaklli hisobotdan (10-ustun);
7-ustun tayyorlov maskanidagi paxta harakatining hisobi bo‗yicha 7-XL
shaklli daftar ko‗rsatkichlaridan;
8-ustun jo‗natilgan paxtaning 16-XL shaklli tafsilotnomasi va paxta
94
harakati bo‗yicha 7-XL shaklli daftar asosida;
9-ustun quritish-tozalash sexida paxtaga ishlov berish natijalari haqidagi 24-
XL shaklli hisobot va 19-XL shakl - «Paxtani quritish va tozalash uchun
topshiriqnoma» ko‗rsatkichlaridan;
10-ustun paxta tashkilot tomonidan jo‗natilganida tayyorlov maskanida
xom-ashyo harakatini hisobga olishning 7-XL shaklli daftariga asosan to‗ldiriladi.
11-ustun arifmetik yo‗l bilan belgilanadi.
12 va 13-ustunlar paxta to‗dalarini qabul qilish, saqlash va jo‗natish
natijalarining 11-XL shakldagi dalolatnomasi asosida to‗ldiriladi.
Hisobot ikki nusxada tayyorlanadi. Uning birinchi nusxasi paxta zavodi
buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchisi tayyorlov maskanida qoldiriladi.
|