96
qilingan paxtaning haqikiy miqdorini yozib boradi. Kun oxirida kvitansiyaning I –
bo‗limini rasmiylashtirishni tugallashadi, navlar va partiyalar bo‗yicha yakunlarni
hisoblab chiqishadi. Tayyorlov maskanida №3 – XL shakli bo‗yicha qabul qilingan
paxta uchun kvitansiyalar ro‗yxatini tuzishadi. №PK – 17 shakli barcha uch
nusxadagi qabul kvitansiyalari va №3 – XL shaklidagi ikki nusxadagi qabul
kvitansiyalari ro‗yxati imzolanadi va №1 – SX (paxta) shaklidagi nakladnoylar
bilan hisob-kitob qilish uchun tayyorlov maskani buxgalteriyasiga jo‗natiladi.
Tayyorlov maskanining katta buxgalteri katta saralovchining №3–XL
shaklidagi qabul kvitansiyalari ro‗yxati bo‗yicha
hisoblarini tekshirib chiqqach,
ro‗yxatni imzolaydi va bir nusxasini katta saralovchiga qaytaradi.
So‗ngra katta buxgalter qabul kvitansiyasining I – bo‗limidagi yakuniy
ma‘lumotlar qanchalik to‗g‗ri hisoblab chiqilganligini tekshiradi va ularni
kvitansiyasining «Paxta navlari va to‗plash partiyalari bo‗yicha qabul qilinadi»
degan II – bo‗limiga o‗tkazadi.
Laboratoriya tahlillari ma‘lumotlariga asoslanib, har qaysi sanoat navi
bo‗yicha paxtaning amalda necha foiz ifloslanganligi va namligi yozib qo‗yiladi
hamda qabul qilingan paxtaning mo‗ljaldagi va konditsion vazni aniqlanadi.
Amaldagi «Paxta va g‗o‗zapoya xarid narxlari preyskuranti» bo‗yicha xarid
narxlari qo‗yib chiqiladi va qabul qilingan paxta qiymatining summasi belgilanadi.
Tayyorlov maskani katta buxgalteri paxta partiyalari va navlari bo‗yicha
hisoblarni tugatgach, kun mobaynidagi yakunlarni hisoblab chiqadi.
Qabul kvitansiyasining III – bo‗limidagi «Qabul
qilingan paxta uchun
to‗lanadigan haq» degan joyga tayyorlov maskanining katta buxgalteri qo‗shimcha
haq, ushlab qolingan pul summalarini yozib chiqadi va to‗lashga tegishli butun
summani aniqlaydi.
Qabul qilingan paxta xom-ashyosi uchun hisob-kitoblar uning tarkibidagi
tolaning sifati va miqdoriga ko‗ra
ikki bosqichda
amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich
- tayyorlash mavsumida paxta xom-ashyosining sifatini
hisobga olgan holda tiplari (seleksion navlari) va sanoat navlari bo‗yicha dastlabki
hisob-kitob qilish;
97
Ikkinchi bosqich
- paxta xom-ashyosini qayta ishlash tugallangach tola
chiqishiga ko‗ra uzil-kesil hisob-kitob qilish.
Paxta xom-ashyosi qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay amalga
oshiriladigan
birinchi
bosqichdagi
dastlabki
hisob-kitobda
№70-03-04
preyskurantining harid narxlari bo‗yicha xo‗jalikka xom-ashyo bahosining 90 foizi
to‗lanadi.
Xom-ashyoning xarid narxlarida 90 foiz miqdordagi to‗lov miqdorini
aniqlash uchun №PK – 17 qabul kvitansiyasining tegishli qatoridagi «Pul»
(summa) degan bandga kasr shaklida yoziladi:
- kasr suratiga – paxta xom-ashyosining 100 foiz xarid narxlaridagi bahosi;
- maxrajiga – hisoblab chiqilgan pul miqdorining xo‗jalikka to‗lanadigan 90
foizi.
Tola chiqishi hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining bahosi qabul
qilingan har bir seleksion va sanoat navi xom-ashyosi bo‗yicha
quyidagi formula
bilan hisoblanadi:
;
100
Вв
Мк
Ц
C
(3.8)
Bunda, S – mazkur seleksion va sanoat navi paxta xom-ashyosining
bahosi, so‗m;
S – amaldagi xarid narxi, 1 tonna uchun so‗m;
Mk – qayta ishlash paytida paxta xom-ashyosidan olingan
tolaning haqikiy konditsion vazni, tonna;
Vv – bitim –shartnomada ko‗rsatilgan me‘yoriy tola
chiqishi, %.
Xo‗jalik bilan tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-
ashyosining topshirilgani uchun uzil–kesil hisob-kitob qilishda sotilgan barcha
seleksion va sanoat navlari xom-ashyoning tola chiqishi ham hisobga olingan
98
holdagi bahosi bilan birinchi bosqichda amalda unga to‗langan pul o‗rtasidagi farq
ham to‗lanishi kerak.
Agar tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-ashyosining
umumiy bahosi preyskurant bo‗yicha xarid narxlaridagi
baholash miqdoriga teng
bo‗lsa, u holda xo‗jalikka to‗lanmagan (10 foiz miqdordagi) pul o‗tkazib beriladi.
Agarda tola chiqishi ham hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining
bahosi amaldagi xarid narxlarida baholanganligidan ham oshib ketsa, xo‗jalikka
to‗lanmagan 10 foiz miqdordagi mablaQ, shuningdek tolasi me‘yordan yuqori
darajada chiqqan paxtaning xo‗jaliklar va paxta zavodlari o‗rtasida 60 va 40
foizdan taqsimlanadigan (hisobiy) qiymatining tegishli qismi xo‗jalik
hisobiga
o‗tkaziladi.
Agar paxtaning tola chiqishi ham hisobga olingan bahosi amaldagi xarid
narxlariga ko‗ra baholanganidan kam, ammo amalda to‗langan pul miqdoridan
ko‗p bo‗lsa, u holda paxtaning preyskurantidagi xarid narxlari bo‗yicha bahosi
bilan tola chiqishi hisobga olingandagi bahosi o‗rtasidagi farq xo‗jalik
va paxta
zavodiga teng miqdorda tegishli bo‗ladi.