89
Dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Dalolatnomaning ikki nusxasi tashish
tugallangan sanadan hisoblanganda besh kunlik muddatdan kechiktirilmay
ko‗rib chiqish va u bo‗yicha qaror chiqarish uchun paxta zavodiga yuborilishi
shart. Bir nusxasi tayyorlov maskanida qoldiriladi. Saqlov davrida shu to‗dadagi
paxta boshqa to‗daga ko‗chirilgan yoki aksincha bo‗lgan hollarda bu, albatta,
hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga
olish daftarida va pasportida qayd etilishi shart.
11-XL shakldagi dalolatnomada paxta massasi, uning tayyorlov maskani
ichida to‗dadan to‗daga ko‗chirilishini va shu to‗dadagi paxtaning zavodda qabul
qilinishi natijalarini hisobga olgan holda ko‗rsatilishi lozim.
Tayyorlov maskanidan olingan dalolatnomalarni zavod direktori u
olinganidan hisoblaganda besh kunlik muddat ichida katta saralovchining
tushuntirish xati, tayyorlov va texnika nazorati bo‗limlari (TNB) boshliqlarining
xulosalarini, zavod bosh buxgalterining mulohazasini e‘tiborda tutgan holda
ko‗rib chiqishi, har bir dalolatnoma bo‗yicha amaldagi tartibga muvofiq
kamomadni hisobdan chiqarish va ortiqcha xom-ashyoni kirim qilish haqidagi
fikrini yozma ravishda bildirish darkor.
11-XL shakldagi dalolatnoma ko‗rsatkichlari paxta to‗dalarini qabul qilish,
saqlash va jo‗natish tekshiruvi natijalari da-lolatnomalarini qayd etish bo‗yicha
12-XL shakldagi daftarga yozuvlar paxta zavodi buxgalteri tomonidan yoziladi.
Bu daftarni paxta zavodi buxgalteri 2 nusxada to‗ldiradi va paxtaning har bir
moddiy-javobgar shaxs bo‗yicha saqlanish natijalari, paxta zavodi hissadorlik
jamiyati boshqaruvi raisi saqlash natijalari yuzasidan qabul qilgan chora-tadbirlar
tavsiflanadi. Daftarga 11-XL shakldagi dalolatnomaning birinchi nusxasi ilova
qilinadi. Ushbu dalo-latnomaning ikkinchi nusxasi zavod direktorining qarori
bilan tayyorlov maskaniga yuboriladi va u kamomadni chiqim, ortiqcha paxtani
kirim qilish yoki aybdor shaxslarga da‘vo bildirish uchun asos hisoblanadi.