85
Saralovchi kunlik o‗rtacha namunalar solingan har
bir katta bankaga tahlil
natijalari yozilgan №2 – XL shaklidagi ma‘lumotnomani yopishtiradi. Bu
ma‘lumotnomaga namuna olgan saralovchi va xo‗jalik vakili imzo chekadi.
Laborant paxtaning navi, namligi va iflosligi uchun tahlil o‗tkazgandan
so‗ng natijalarni №2– XL shaklidagi ma‘lumotnomaga
va laboratoriya jurnaliga
qayd etib, imzo chekadi.
Ma‘lumotnomaning old tomoniga saralovchi va paxta topshiruvchi, orqa
tomoniga
namuna olgan saralovchi, laboratoriya mudiri (katta laborant) imzo
chekadilar.
Ma‘lumotnoma to‗lg‗azilganidan so‗ng buxgalteriyaga topshiriladi.
Kunlik o‗rtacha olingan namunalar paxtani qabul qilish tugagach xo‗jalik
kun bo‗yi topshirgan paxtaning umumiy hisobiga qo‗shiladi.
Tayyorlov maskani laboratoriyasi tomonidan partiyalar (xo‗jaliklar, bo‗lim,
brigadalar) bo‗yicha paxtaning namligi va iflosligini aniqlash uchun o‗tkazilgan
tahlil natijalari uning konditsion vazniga haq to‗lash uchun yakuniy xulosa deb
hisoblanadi.
Xo‗jaliklar bilan pul hisob-kitoblari hamda
rejani bajarish hisoblari
paxtaning har kuni aniqlab berilgan konditsion vazni asosida amalga oshiriladi.
Paxtaning kilogrammlar hisobidagi konditsion vazni quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
;
100
100
Wф
Wр
Мр
Мк
(3.6)
;
100
100
Зр
Зф
Мф
Мр
(3.7)
Bunda, Mr – paxtaning iflos aralashmalari hisobiy me‘yorga
keltirilgan vazni, kg;
Mf – qabul qilib olingan paxtaning fizik vazni, kg;
Wr – namlikning 9,0% - ga teng bo‗lgan vazniy
86
nisbatining hisobiy me‘yori;
Wf – haqiqiy namlikning vazniy nisbati; %;
Zr – iflos aralashmaning 2,0 % ga teng bo‗lgan hisob vazn
ulushi, me‘yori;
Zf – paxtaning iflos aralashmalarining % haqiqiy vazn
ulushi, %.
Konditsion vaznni hisoblash dastlabki o‗nlik belgisigacha aniqlik bilan
amalga oshiriladi va butun songa yaxlitlanadi.