3.3 Sanoat korxonalarida xom ashyo ta‟minoti
Paxta xom-ashyosini tayyorlash tizimining vazifalari.
Paxta tozalash
hissadorlik jamiyatlari paxta xom-ashyosini qayta ishlash bilan bir qatorda, uni
tayyorlash, g‗aramlash va saqlash ishlarini ham amalga oshiradi.
Paxta xom-ashyosi zavod hududida va tashqarisida joylashgan tayyorlash
maskanlarida to‗dalab qabul qilinadi. Seleksion va sanoat navi, turi hamda sinfiga
tegishli sifati to‗g‗risida ilova qilingan hujjat bilan rasmiylashtirishgan paxta
miqdori
to‘da
hisoblanadi.
Agar bu to‗dada turli seleksion va sanoat navlari turlari hamda sinflariga
tegishli paxta aralashtirilgan bo‗lsa, paxta shu to‗dada mavjud bo‗lgan eng past
nav, tur va sinflari bo‗yicha qabul qilinadi.
Paxta etishtiruvchi xo‗jaliklardan paxta xom-ashyosini harid qilish va uni
saqlashni tashkil etish maqsadida paxta tozalash sanoati tizimida tayyorlov tizimi
alohida tashkil etilgan.
Paxta tayyorlash maskani paxta tozalash hissadorlik jamiyatining tarkibiy
tuzilmalaridan biri hisobilanib, xo‗jalik hisobi bo‗yicha faoliyat yuritadi. U
murakkab xo‗jalik hisobilanib, o‗zining tarkibiga paxta xom-ashyosini qabul qilish
va saqlashga mo‗ljallangan yopiq omborlar va g‗aramlash maydonlarini, ortish-
tushirish ishlarini bajaruvchi mexanizmlar, tortish xo‗jaligi, yong‗inga qarshi
75
inshootlar va asbob-uskunalarni oladi. Paxta tayyorlash maskanlarida bundan
tashqari laboratoriya, ma‘muriy va turar-joy binolari hamda materiallarini saqlash
omborlari mavjud.
Asosiy qismi elektrlashtirilgan bo‗lib, ko‗pchiligida quritish-tozalash sexlari
(QTS) qurilgan.
Paxta tayyorlash maskanlari zavod
qoshidagi
va zavod
tashqarisidagi
kabi
ikki turga bo‗linadi.
Zavod qoshidagi paxta tayyorlash maskani xo‗jaliklardan zavod territoriyasi
yoki unga tutash hududda paxta xom-ashyosini qabul qiladi.
Zavod tashqarisidagi paxta tayyorlash maskani esa xo‗jaliklardan zavoddan
bir qancha uzoqroq hududda paxta xom-ashyosini qabul qiladi.
Paxta xom-ashyosi ikki-uch zonali tarkibda qabul qilinadi.
Ikki yoki uch zonali tarkibda qabul tartibi har bir maskanda paxta tozalash
zavodi hissadorlik jamiyati raisining buyrug‗i bilan amalga oshiriladi.
Uch zonali qabulda tayyorlov maskani hududi uchta zonaga bo‗linadi:
birinchi zonada
– xo‗jalikdan keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi;
ikkinchi
zonada
– paxta tortiladi;
uchinchi zonada
– paxta tushirilib, g‗aramlash
maydonchalari va omborlarga joylanadi. Quritish – tozalash sexi ham uchinchi
zonaga kiradi.
Ikki zonali qabulda qabul qilinayotgan paxtaning sifatini aniqlash va tortish I
zonada amalga oshiriladi.
Paxtani harid qilish bo‗yicha belgilangan rejalarni bajarish, uni o‗z vaqtida
qabul qilish, to‗g‗ri jamlash, markazlashgan usulda quritish va tozalash hamda
yaxshi saqlashni ta‘minlash maqsadlarida paxta zavodlari va tayyorlov
maskanlariga quyidagi
vazifalar
yuklanadi:
Paxtani davlatga sotish uchun xo‗jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomasi
tuzish va bu shartnomaning bajarilishi nazorat qilish;
Xo‗jaliklarda paxtani mashinada va qo‗lda sifatli terishni ta‘minlash va
tashkil etish hamda uni to‗g‗ri saralash bo‗yicha instruktaj o‗tkazish;
76
Xo‗jaliklarni amaldagi davlat standartlari, paxta harid narxlari bo‗yicha
preysko‗rantlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash;
Davlat standartlari, paxtaning harid narxlari bo‗yicha asosiy qoidalarni,
xavfsizlik texnikasi va yong‗inga qarshi ko‗rash bo‗yicha ogoxlantiruvchi
yozuvlarni davlat tilida yozib, ko‗rinadigan joylarga osib qo‗yish;
Paxtani qabul qilish, to‗plash, tashish va saqlashda mexanizmlardan
to‗laroq foydalanish;
Transport vositalari, omborlar, maydonchalar, tarozi xo‗jaligi, brezentlar,
laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar, o‗rov va boshqa xo‗jalik
materiallaridan unumli va tejab foydalanish;
Paxtani davlat standarti talablariga qat‘iy rioya etgan holda o‗z vaqtida
uzluksiz qabul qilish;
qabul qilingan paxtani seleksion va sanoat navlari bo‗yicha, terim turlari
belgisi bo‗yicha, urug‗lik paxta avlodi va dala guruhi ko‗rsatilgan holda bir
xil partiyalarga to‗plash;
Quritish-tozalash sexlarining to‗xtovsiz va unumli ishlashini ta‘minlash;
qat‘iy muhosib hisobi va hisobotini tashkil etish;
qabul qilingan paxta uchun xo‗jaliklar bilan hisob-kitobni o‗z vaqtida va
to‗g‗ri o‗tkazish;
barcha tayyorlangan paxtani to‗g‗ri saqlash va tayyorlov maskanidan paxta
zavodiga zarur miqdordagi va asortimentdagisini o‗z vaqtida jo‗natishni
tashkil etish;
saqlash, quritish, tozalash va tashish paytida paxtaning buzilishi va nobud
bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydigan tadbirlarni amalga oshirish;
Paxtani tayyorlov maskanida qabul qilish, saqlash, quritish, tozalash hamda
uni zavodga jo‗natish bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish tadbirlarini
ko‗rish;
77
Butun tayyorlov ishlari bosqichlarida maxsus yo‗riqnomalariga asoslanib,
yong‗inga qarshi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‗yicha
tadbirlarni o‗tkazish;
qabul qilingan va saqlanayotgan paxtani tayyorlov maskanidan zavodga
jo‗natishda albatta tortish va uning sifatini to‗g‗ri aniqlash orqali hisob-
kitobni olib borish.
Shunday qilib, paxta tozalash maskani keng kamrovli vazifalarni amalga
oshiradi.
|