O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/116
Sana14.05.2024
Hajmi4,06 Mb.
#232428
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Innovatsion maqsadlari. 
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, 
ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va 
tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi. 
U maqsadlar tizimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki 
ehtiyojlarining ta‘siri bilan belgilanadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan 
maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy 
salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini 
ko‗tarishdan iboratdir. 
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini 
yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir. 


68 
Innovatsion 
maqsadlar 
salohiyatini 
yangiliklarni 
ishlab 
chiqish, 
patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo‗yicha ishlarni o‗tkazish, nou – xaular, 
yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‗liqdir. 
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik 
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda 
mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‗tkazishni o‗z 
ichiga oladi. 
Innovatsion maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida 
tashkilotni o‗sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor 
tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib 
kirishni faol o‗sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har 
tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir. 
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va 
o‗zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni 
o‗zgartirishga o‗qitish, xodimlarni rag‗batlantirish va mukofotlash, ITTKI va 
yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo‗llari va 
uslublarini takomillashtirishdan iboratdir. 
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, 
ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi 
bilan bog‗liqdir. 
Innovatsion boshkarish maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy 
mezonlar bo‗yicha o‗tkaziladi: 

darajasi (strategik va taktik); 

muhit turlari (tashqi va ichki); 

mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.); 

ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an‘anaviy, bir martali); 

harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‗rtacha muddatli, qisqa muddatli); 

vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, 
marketing, menejment); 


69 

tashkilotning mavjud bo‗lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o‗sish, 
balog‗atga etish, pasayish va mavjud bo‗lish davrasini tugallanishi). 

Download 4,06 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti

Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish