Hosilni yig„ish: mexanizatsiyalashgan hosilni yig„ish usuliga asosiy e‟tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqich – paxta xom ashyosiga dastlabki qayta ishlov berish, paxta chigitiga keyingi ishlov berish natijasida chorvachilik majmuasi va issiqxona xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish. Paxta xom ashyosiga dastlabki
qayta ishlov berishda zamonaviy uskunalardan foydalaniladi.
4160 tonna paxta chigitini qayta ishlash natijasida iste‘mol bozoriga yog‗-
moy va boshqa mahsulot turlari etkazish,
shrot va sheluxalardan o‗z chorvachilik
majmualaridan foydalanish orqali 6000 bosh yirik shoxli qoramollar boqiladi.
CHorvachilik majmuasida
sut mahsulotlariga qayta ishlash natijasida
sariyog„, kefir, tvorog, muzqaymoq, quruq sut va boshqa mahsulotlar; go‗shtni qayta
ishlash natijasida esa
kolbasa, sosiska, go„shtli konserva mahsulotlari ishlab
chiqarilishi yo‗lga qo‗yiladi.
Uchinchi bosqich – yuqori qo„shilgan qiymat yaratuvchi pirovard mahsulotlar yaratish uchun zamonaviy texnologiyalar (Germaniya, YAponiya va
boshqalar) qo‗llash natijasida ko‗ylak, jinsi va trikotaj mahsulotlarini ishlab
chiqarish. Tikuv buyumlarining yangi modellarni yaratish uchun yaqin va uzoq
xorij mamlakatlarining etuk dizaynerlari jalb etiladi.
3.2 Innovatsion texnologiyalar samaradorligi Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e‘tibor
hozirgi jamiyatning hayotining o‗zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion
jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‗yobga chiqishi uning sotsial
– iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‗ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o‗zgarishlarni tayyorlash va amalga
oshirishdan iborat bo‗ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‗zaro bog‗langan
pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‗zgarish
natijasida innovatsiya paydo bo‗ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun
diffuziya – yangi sharoitlar va qo‗llash joylarda bir marta o‗zlashtirib va
63
foydalanib bo‗lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega.
Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va
boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida