Paxta-to„qimachilik klasterlarini tashkil etish holati. Respublikamizda
paxta xom ashyosi miqdorining kamaytirilishi hamda unga chuqur qayta ishlashni
tashkil etish maqsadida paxta-to‗qimachilik klasterlarini tashkil etishga e‘tibor
qaratildi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 martdagi
158-sonli «Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba tariqasida paxta xom
ashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida» qaroriga
muvofiq respublikada qayta ishlovchi korxonalar bilan fermer xo‗jaliklarining
uzviy bog‗liqligini ta‘minlash orqali paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlashni
tashkil etish, qishloq joylarda engil sanoat tarmog‗ini yanada rivojlantirish uchun
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba maydonlarini kengaytirish maqsadida
«Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba tariqasida paxta xom ashyosini chuqur
qayta ishlashni tashkil etish yo‗lga qo‗yildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3279-
sonli «Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‗qimachilik klasterini tashkil
etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi
qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida
zamonaviy paxtachilik-to‗qimachilik klasterini tashkil etish yo‗lga qo‗yildi.
Buxoro viloyatida paxta-to‗qimachilik klasterini tuzish loyihasi quyidagi
bosqichlardan tashkil topgan:
60
Birinchi bosqich – Agrar. Paxta xom ashyosini etishtirish bosqichi. Paxta xom ashyosini etishtirishning asosiy bosqichlari:
Erni tayyorlash: erni lazer rejalash uskunasi yordamida loyihalash;
G„o„zani ekish: maxsus issiqxonalarda ko‗chatlar etishtirish va uni er
maydoniga ekish, bu esa o‗z navbatida paxta xom ashyosi pishish muddatini
15-30 kunga qisqartiradi;