54
1. Klaster modelini amalga oshirishga davlat, hududlar, korxonalar
tayyorligini baholash.
Shu o‗rinda klaster tushunchasiga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz, jumladan
klasterlar sinergetik samarani oshirish uchun
juda qulay vosita hisoblanadi,
modomiki sinergiya odatda alohida elementlarning etarli darajadagi integratsiyasi
tizimida vujudga keladi.
Bunday sharoitda senergetik samara asosi – bu elementlarning optimal
uyg‗unlashuvi, o‗zaro aloqalar samaradorligi va tizim elementlari sifati
hisoblanadi
5
.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, korxona qanchalik katta bo‗lsa u
sinergiyani joriy qilish bo‗yicha imkoniyatlari yuqori bo‗ladi
va ularda iqtisodiy
samaradorlikni oshirish yo‗llari ko‗payadi
6
.
Umuman olib qaraganda, bugungi kunda klasterlarni tashkil etish bo‗yicha
davlat tomonidan barcha huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan.
Hududlarda esa, paxta xom ashyosini etishtirish va uni qayta ishlash bo‗yicha
faoliyat yuritayotgan xo‗jalik yuritish su‘bektlari etarli salohiyatga ega. Demak,
ushbu xo‗jalik yuritish sub‘ektlar faoliyatini uyg‗unlashtirish imkoniyati mavjud
va buni bizning fikrimizcha klaster modeli asosida amalga oshirish maqsadga
muvofiq.
2. Paxtachilik-to‘qimachilik klasterning bosh maqsadini aniqlash.
Paxtachilik-to‗qimachilik
klasterlarning
bosh
maqsadi
zamonaviy
to‗qimachilik
sanoatini shakllantirish, paxta xomashyosini etishtirishda samarali
usullarni joriy qilish, respublikada birlamchi (paxta xom ashyosini qayta ishlash)
va chuqur (paxta tolasini qayta ishlash) qayta ishlovchi korxonalar bilan paxta
xomashyosini etishtiruvchi fermer xo‗jaliklarining uzviy bog‗liqligini ta‘minlash,
ushbu jarayonlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‗batlantirish,
qishloq
5
Бушуева М. А. Синергия в кластере Интернет-журнал
«НАУКОВЕДЕНИЕ» №4
2012. – С. 1-6.
6
Хасанова Г.Ф., Буренина И.В. Синергия как метод повышения эффективности деятельности
компании / Уфимский государственный нефтяной технический университет // Электронный
научный журнал «Нефтегазовое дело» - Уфа, 2011. – № 6.
55
xo‗jaligi hamda ushbu sohada mehnat unumdorligi
va ish haqini oshirish
hisoblanadi.
3. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish zanjirini shakllantirish.
Ushbu bosqichda asosiy xo‗jalik yuritish sub‘ektlari bu paxta xomashyosini
etishtiruvchilar (fermer xo‗jaliklari), birlamchi qayta ishlash (paxta xomashyosini
qayta ishlovchi korxonalar) va chuqur qayta ishlash (to‗qimachilik sanoati
korxonalari) korxonalar hisoblanadi.
Bugungi kunda ushbu xo‗jalik yuritish sub‘ektlari ichida asosan
to‗qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy jihatdan barqaror hisoblanadi. SHu
nuqtai nazardan ushbu uchta xo‗jalik yuritish sub‘ektlari faoliyatini uzviy bog‗lash
va uyg‗unlashtirish yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Shu
bilan bir qatorda, ular ayrim resurslar bilan ta‘minlash, ta‘lim va
innovatsiya yo‗nalishida qo‗llab-quvvatlash uchun bezash va boshqa butlovchi
qismlarni etkazib beruvchi firmalar, o‗quv va innovatsiya markazlari bilan o‗zaro
integratsiya asosida faoliyat yuritish maqsadga muvofiq. So‗nggi bo‗g‗in bu
iste‘mol bozorlari bo‗lib, bunda asosiy e‘tibor tashqi bozorga qaratiladi. Bunda
johon to‗qimachlik bozorida o‗zbek milliy mahsulotlari
ulushini oshirish va
raqobatbardoshligini ta‘minlashga asosiy e‘tibor qaratiladi.
4.
Paxtachilik-to‘qimachilik
klasterini
rivojlantirishning
strategik
yo‘nalishlarini aniqlash.
Ushbu bosqich yuqorida keltirilgan bosqichlarni davomiy qismi bo‗lib
bunda O‗zbekistonda paxtachilik-to‗qimachilik klasterlarini rivojlantirishning
asosiy mexanizmlari va chora-tadbirlarini quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha aks
ettiradi:
iste‘molchilar va ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi ishlab chiqarish
integratsiyasi;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mehnat unumdorligini
oshirish;
texnik va texnologik jarayonlarni shakllantirish;
56
ichki to‗qimachilik mahsulotlari bozorini himoya
qilish mexanizmlarini
optimallashtirish va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar va ularni amalga oshirishda quyidagi
omillar va ularning barqarorligini ta‘minlash chora-tadbirlariga alohida e‘tibor
qaratish lozim (3.2-rasm). Jumladan: